Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

Ixtisoslashish, idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo`lib hisoblanadi. Ixtisoslashish 
organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga yalqovlar, chumolixo`rlar, 
gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol bo`ladi. Ixtisoslashgan organizmlar, 
odatda, muhitning juda tor doirasida hayot kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat 
qiluvchi organizmlar kam uchragani uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan. 
Idioadaptatsiya o`simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug`, mevalarning 
tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi o`zgarishlar deb 
ta’riflash mumkin. 
Senogenez. Senogenez embrion yoki lichinkalik davrida vujudga keladigan moslamalar 
hisoblanadi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik ta’sirlardan himoya 
qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, tuxumdagi sariqlik, reptiliya, qushlar 
va sut emizuvchilarda embrionni tebranish va zarbalardan saqlovchi amnion, sut emizuvchilarda 
embrion, nafas olishga yordam beradigan allantois va yo`ldosh senogenezga yaqqol misoldir. 
Senogenetik moslanishlar bir nechta xil bo`lishi mumkin: ulardan biri tuxum va lichinkaning 
himoya rangi, ikkinchisi embrion va lichinkaning oziqlanishini ta’minlaydigan (sariqlik) va uni 
adsorbtsiya qilishga yordam beradigan qon tomirlar, uchinchisi embrion, lichinkalarning nafas 
olishiga yordam beradigan jabra iplari — allantois va boshqa moslamalardan iborat. Hayvonlar 
ontogenezining keyingi davrlarida bunday senogenetik moslanishlar keraksiz bo`lganligi uchun 
reduksiyaga uchraydi. Senogenezning biologik ahamiyati katta. Chunki u embrion va lichinkalar 
individual rivojlanishda xavfli hisoblangan yoshlik davrini birmuncha xavf-xatarsiz o`tkazishi 
uchun imkoniyat yaratadi. Bu ularni biologik progressga olib keladi
2.Evolyutsion jarayonning turli yo`nalishlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik.


A. N. Seversov qayd qilishicha, organizmlarning tarixiy rivojlanishida, odatda, biologik 
progressniig turli yo`nalishlari ya’ni adaptosiomorfizm almashinib turadi. Darvin ta’limotiga ko`ra, 
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omili tabiiy tanlanishdir. Tabiiy tanlanishning yo`nalishi, 
demak, evolyutsiya jarayonining yo`nalishi organizm va muhit o`rtasidagi murakkab 
munosabatlar zaminida belgilanadi. 
Bir tur tarqalgan arealda muhit sharoiti turli-tuman, deb taxmin qilaylik. U holda 
turning ayrim organizmlar guruhi areal doirasida migratsiyaga uchrab, muhitning xilma-xil 
abiotik va biotik omillariga duch keladi. Bunday holatda organizmlar orasidagi "muhitning 
xususiy sharoitida emas, balki xilma-xil sharoitida yashashga imkon beradigan adaptatsiyalarga 
ega formalar nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Agar tanlanish bosimi organizmlarning xilma-xil 
sharoitda hayotchanligini oshirishga qaratilgan bo`lsa, u holda organizmlarda keng doiradagi 
adaptatsiyalar bilan bog`liq holda tuzilish bo`yicha murakkablashish ro`y beradi. Chunonchi, 
mezozoy erasida yashagan dastlabki sut emizuvchi hayvonlar uncha yirik hayvonlar bo`lmasa 
ham, chamasi, serpusht bo`lgan va oziq bilan yaxshi ta’minlangan. Lekin tirik tug`ish xossasi 
hali rivojlanmagani uchun ular o`sha davrda yashagan yirtqich dinozavrlar va boshqa hayvonlar 
ishtirokida ko`plab qirilgan. Yashash uchun kurash avj olgan bunday sharoitda rivojlanishning 
xilma-xil yo`nalishi ular tuzilishi (bosh miya, nafas olish organlari, qon aylanish organlari, tirik 
tug`ish) ning murakkablashishiga olib kelgan va nisbatan qisqa vaqt ichida sut emizuvchilar 
rivojlanishining yuqori bosqichiga ko`tarilgan. Tarixiy rivojlanishda bunday aromorfoz 
(orogenez) tipidagi o`zgarishlar sodir bo`lishi sut emizuvchilarning kamroq qirilishiga, ular 
sonining ortishiga sabab bo`lgan. Son jihatdan ko`payish esa, o`z navbatida, yangi territoriyalarni 
ishg`ol
qilishga, differensiyalanishga sababchi bo`lgan va oqibatda idioadaptatsiya (allogenez) 
amalga oshgan. Shu yo`l bilan yashash uchun shiddatli kurash birmuncha bartaraf qilingan. 
Boshqa hollarda organizmlar yashayotgan muhit uzoq tarixiy davr ichida o`zgarmay, 
nisbatan turg`un holatda bo`ladi. Bunday hollarda yashash uchun kurashda va tabiiy 
tanlanishda mazkur sharoitga moslashgan formalar kelib chiqadi hamda idioadaptatsiya 
(allogenez) yo`nalishi tufayli biologik progress vujudga keladi. Tarixiy rivojlanishda biologik 
progressning turli yo`nalishlari o`zaro o`rin almashinib turadi. Lekin shunga qaramay, 
degeneratsiya hamda ixtisoslashib rivojlanish yo`nalishiga o`tgan organizmlar keyinchalik qayta 
aromorfoz bo`yicha rivojlana olmaydi. Bu holat degeneratsiya va ixtisoslashish evolyutsion 
rivojlanish yo`nalishining boshi berk ko`chani tupiki ekanligi bilan sharhlanadi. 
Shunday qilib, paleontologiya, qiyosiy embriologiya, qiyosiy morfologiya dalillariga 
asoslanib, A.N.Seversov hayvonot dunyosining tarixiy rivojlanish yo`nalishlarini tahlil qildi. 
Uning mulohazasiga ko`ra, aromorfoz evolyutsion rivojlanishning asosiy yo`nalishi hisoblanadi, 
chunki u hayvonlar tuzilishining murakkablashuviga sabab bo`ladi. Tarixiy jarayonda aromorfoz 
idioadaptatsiya bilan o`rin almashinadi. Barcha hayvonlar o`z tarixiy rivojlanishida ertami-
kechmi idioadaptatsiya tipidagi yo`nalishni boshidan kechiradi. Organik rivojlanishning 
boshlang`ich davrida prokariotlardan eukariotlar, ularning ba’zilari o`zgarishi natijasida esa 
dastlabki ko`p hujayrali organizmlar aromorfoz yo`l bilan rivojlangan. Ko`p hujayralilarning ba’zi 
guruhlari aromorfoz yo`li bilan yanada rivojlanib, chuvalchanglar va umurtqasizlarning yanada 
takomillashgan tiplarini vujudga keltirgan. Qayd etilgan organizmlarning boshqa guruhlari esa 
keyinchalik bu yo`l bilan rivojlanmay, idioadaptatsiya yo`li bilan tevarak-atrof muhitga 
moslashgan. Hayvonlar va o`simliklar guruhi ichida tuzilish darajasi har xil bo`lgan prokariotlar, 
sodda hayvonlar, ibtidoiy ko`p hujayrali organizmlar, yassi, yumaloq, halqali chuvalchanglar 
yoki o`simliklardan ko`k-yashil, yashil, qo`ng`ir, qizil, diatom suv o`tlar hozirgi kunda ham 
mavjudligi yuqoridagi fikrlarni isbotlovchi dalildir
Evolyutsiyaning turli yo`nalishlari o`zaro almashinib turishini umurtqali hayvonlarda ham 
yaqqol ko`rish mumkin. Baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, 
qushlar, sut emizuvchilarning har biri o`zidan oldingi formalarga nisbatan murakkab tuzilgan. 
Ular aromorfoz yo`li bilan rivojlangan. Ayni vaqtda har bir sinf vakillari aromorfozdan keyin, 
muhitning xilma-xil sharoitiga idioadaptatsiya yo`li bilan moslashgan. Seversov evolyutsiya 


jarayonining turli yo`nalishlari tarixiy jarayonda qanday amalga oshganligini isbotlash uchun 
quyidagi sxemani keltiradi. 
Tarixiy rivojlanishning ma’lum davrida A guruhiga mansub formalarda aromorfoz ro`y 
beradi va ularning tuzilishi murakkablashib a
1
a

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin