Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

Cheklanmagan progressda organik olam guruhlarida individlar miqdori hamma vaqt orta 
bormaydi. Ko`p hollarda «tuban» organizmlar miqdor jihatdan yuqori tuzilishga ega 
organizmlarga nisbatan ko`p sonda bo`ladi. Yuqori tuzilishga ega organizmlar takomillashgani 
uchun miqdor jihatdan ko`p bo`lish hisobiga emas, balki individlari yashovchanligining ortishi 
hisobiga gullab-yashnagan. Biroq bunday yo`l katta guruhlar taqqoslanganda ko`zga tashlanadi. 
Ayrim turlarning yashash uchun kurashdagi muvaffaqiyati ko`p hollarda populyatsiyada 
individlar, tur doirasida populyatsiyalar miqdorining ortishi, arealining kengayishi bilan 
aloqador. 
Gruppali (cheklangan) progress. Har qanday hayvon, o`simlik guruhi tuzilish rejasi 
bo`yicha boshqa guruhlardan farq qiladi. Evolyutsiya jarayonida mazkur guruhda tuzilishning 
takomillashuvi gruppali (cheklangan) progress mazmunini tashkil etadi. Masalan, arxegoniyli 
o`simliklarda gruppali progress ontogenezda gametofitdan sporofitga o`tishga, o`tkazuvchi 
naylarning rivojlanishiga, epidermis «og`izchalari»ning rivojlanishiga sabab bo`lgan. 
Evolyutsion progressning yuqorida qayd etilgan shakllari alohida-alohida sof holda emas, 
birgalikda bir-biriga murakkab ta’sir qilgan holda namoyon bo`lgan. 
Evolyutsiya jarayonining cheklanmagan shakli bir tekis bo`lmay, balki ko`p hollarda 
o`zgarish bilan davom etgan. Uning ijobiy davom etishi, bir tomondan, organizmlardagi har xil 
organlar sistemasining o`zgarishi, ikkinchi tomondan, doimiy murakkablashayotgan va xilma-xil 
muhitda gruppalarning yashab qolishi bilan bog`liq bo`lgan. Bu esa o`z navbatida guruhlar 
hayot tarzining chuqur o`zgarishiga, evolyutsiya imkoniyatlarining kengayishiga sabab bo`lgan. 
Biologik regressda tarixiy rivojlanish natijasida u yoki bu sistematik guruhga mansub 
organizmlar soni kamayadi areali torayadi va ular sekin-asta qirila boshlaydi. Paporotniklarning 
ayrim guruhlarini, hayvonlardan bir qancha suvda hamda quruqda yashovchilarni, sudralib 
yuruvchilarni biologik regress holatida bo`lganlarga misol qilib ko`rsatish mumkin. 
Morfologik-fiziologik progress biologik progressdan shu bilan farq qiladiki, bunda 
organizmlarning tuzilishi va funksiyasi progressiv o`zgara boradi. Natijada tuzilishi tuban 
formalardan tuzilishi murakkab formalar paydo bo`ladi. 

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin