Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019



 
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
GENETIKA VA EVOLYUSION TA’LIMOT 
 
FANIDAN 
AZIMOV IBROHIM TOSHPО‘LATOVICHNING 
EVOLYUSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
 
 
mavzusidagi 
OCHIQ MA’RUZA MASHG‘ULOTI
ISHLANMASI 
 
 

Toshkent-2019 


Mavzu: « 
Evolyution asosiy yo’nalishlari
»
Ochiq dars o’tkaziladigan sana: 29-oktyabr 2019 yil. 
Dars turi: amaliy 
Vaqti: soat 13
50
Mashg’ulot o’tkaziladigan auditoriya: 3-14 
Guruh: Biologiya o’qitish metodikasi 401 guruh 
Talabalar soni: 24 nafar 
Darsning maqsadi: 1) O’quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarda 
Evolyutsion 
asosiy yo’nalishlari
to’g’risida tushuncha hosil qilish.
2) Mavzuni innovatsion texnologiya usullarini qo’llagan holda yoritish. 
oshirish. 
Darsning ta’minlanishi: Tarqatma materiallar, kampyuter, payektop, kartochkalar va 
boshqalar. 
Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 
Bosqichlar 
Vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O’qituvchi 
Talaba 
1- bosqich 
Kirish 
(5 minut) 
1.1.O’quv mashg’ulotining mavzusi, 
maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni 
o’tkazish rejasini aytadi. 
1.2. 
Mashg’ulot 
munozara 
ko’rinishida o’tishini aytadi 
1.1. Diqqat bilan tinglaydi va 
yozib oladi 
2-bosqich 
Bilimlarni 
faollashtirish 
(10 minut) 
2.1. Mavzu bo’yicha qisqa savol javob 
o’tkaziladi.
2.1. Birma-bir doskaga chiqib, 
o’z fikrlarini yozadilar
3-bosqich 
Asosiy 
(55 minut) 
3.1. Talabalarni 3 guruhga ajratadi va 
har bir guruhga alohida mavzuchalar 
tarqatadi. 
Vazifani 
bajarishda 
qo’shimcha material va adabiyotlardan 
foydalanish mumkinligini aytib o’tadi 
3.2. 
Mavzu 
qay 
darajada 
o’zlashtirilganligi: blits savollar,
blits-o’yin va klaster usuli orqali 
nazorat qilinadi.
3.3. 
Prezintatsiyalarni 
taqdim 
etishlarini taklif etadi va munozarani 
shakllantiradi.
3.1. Mayda guruhlar bilan 
ishlashga o’rganadilar. 
3.2. O’z olgan bilimlarini 
mustahkamlaydilar va bilish 
darajalarini 
aniqlashni 
o’rganadilar. 
3.3. Taqdimot va munozarani 
o’rganib, kerakli joylarini 
yozib oladilar. 
4-bosqich 
Yakuniy
(10 minut) 
4.1. Ishga yakun yasaydi va talabalarni 
baholash maqsadida blits-o’yin va 
klaster usulini qo’llaydi.
4.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: 
4.1. 
Tinglaydilar, 
test 
yechadilar, va savol beradilar 
4.2. Qo’shimcha adabiyotlar 
bo’yicha ma'lumot berishni 


yangi 
mavzuga 
oid 
materiallar 
to’plash.
so’raydi
Organik olamning tarixiy taraqqiyoti bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan murakkabga, 
takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon rivojlanganligi namoyon 
bo`ladi. Bu ayniqsa, paleontologiya dalillarini tahlil qilganda ko`zga yaqqol tashlanadi.  
Odatda, organizmlarning oddiydan murakkabga tomon rivojlanishi progress termini bilan 
ifodalanadi. Biroq progress tushunchasi uning tub mohiyatini ochib bermaydi. Umuman, 
organizmlarning tuzilish darajasini ifodalovchi mezonlar hali yaxshi ishlab chiqilmagan. 
Masalan, to`rt oyoqli sudralib yuruvchilardan ilonlarning kelib chiqishini progress yoki regress 
deb hisoblash mumkinmi? Shunga ko`ra, «progress» muammosi Darvin uchun juda murakkab, 
organizmlarning tuzilish darajasi haqidagi mulohazalar esa nisbatan, chalkash bo`lib tuyulgan. 
Shuning uchun u o`z asarlarida juda «takomillashgan mavjudotlar» iborasini ishlatmaslikka 
harakat qilgan. Chunki ko`p hollarda organizmlar biror qismining progressiv o`zgarishi boshqa 
qismining regressiv o`zgarishi bilan uzviy bog`liq. Bu esa progress mezonlari haqidagi masalaning 
murakkabligiga sabab bo`ladi. Progress haqidagi tushunchaga dastlab Darvin ilmiy tomondan 
yondashgan olimdir. U progressiv rivojlanishning asosiy omillaridan biri tabiiy tanlanish bo`lib 
u ma’lum muhit sharoitida organizmlarning takomillashuviga sababchi, deydi. Darvin fikricha, 
organizmlarning raqobat qilish qobiliyati turli organlarining differensiyalanish va ixtisoslashish 
darajasi progress mezonlaridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar progress tushunchasi uchun 
yetarli emas. Ular progressiv evolyutsiyadagi qarama-qarshiliklarni ifodalay olmaydi. 
Biror organ tuzilishining murakkablashuvi darajasi evolyutsion progressni aniqlash uchun 
ishonchsiz mezon hisoblanadi. Ba’zi bir boshoyoqli mollyuskalar ko`zining tuzilishi sut 
emizuvchilar ko`zining tuzilishiga nisbatan anchagina murakkab. Lekin boshoyoqli 
mollyuskalar sut emizuvchilarga qaraganda yuksalgan deb aytib bo`lmaydi. Organizm 
guruhlarining tuzilishi «yuqori» darajada ekanligini aniqlash uchun, uning to`plagan axborot 
zahira hajmi, ontogenezning avtonomizatsiyasi, individlarining yashab qolishi, umumiy 
aktivligining ortishi diqqat markazida turmog`i kerakligidan dalolat beradi. 
Organik olamda progressiv rivojlanishning har xil shakllari mavjud. Ularga cheklanmagan 
biologik, morfologik-fiziologik progresslar kiradi. Prokariotlardan tortib bir qancha 
evolyutsion jarayonlar tufayli sut emizuvchilar va nihoyat odamzotning kelib chiqqanligi 
cheklanmagan progressga misol bo`ladi. Albatta bu tarixiy rivojlanish bir qancha organik 
formalarning paydo bo`lishi, almashinuvi orqali amalga oshgan. Materiya harakat formasining 
bunday yuqori bosqichga o`tishi tirik tabiat rivojlanishining birgina shoxobchasida ro`y bergan. 
Organik olam tarixiy rivojlanishining boshqa shoxobchalari esa rivojlanishning u yoki bu 
darajasida to`xtab qolgan. Ma’lumki, eralardan eralarga, davrlardan davrlarga o`tgan sari 
organik olamning xilma-xilligi orta borgan. Bu esa organizm guruhlari yashayotgan biotik
muhitning murakkablashuviga sabab bo`lgan. Bunday o`zgargan sharoitda yashashga 
moslashgan organizmlar paydo bo`lar ekan, ular avvalo kam sonda, ko`zga tashlanmaydigan 
holatda bo`lib, keyinchalik son jihatdan ko`payib, xukmron holatga o`tgan. Xuddi shunday 
holatni silur davrida jag`sizlar, devonda baliqlar, karbonda suvda va quruqda yashovchilar, 
Permda sudralib yuruvchilar, mezozoy va kaynozoyda sut emizuvchilar sinfiga mansub
bo`lgan hayvonlarda ko`rish mumkin. Yangi paydo bo`lgan organizm guruhlari biosferada
hukmron holatni egallashi uchun ular shu yerdagi mavjud turlar bilan raqobatda bo`lishi va 
ularga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi kerak edi. U yoki bu hayvon, o`simlik 
guruhlari cheklanmagan progress asosida rivojlanishi uchun asosiy to`siq tor doiradagi 
ixtisoslashishdir. Tarixiy rivojlanish-da organizmlarda tor doiradagi ixtisoslashishning tarkib 
topmasligi uchun yashash muhiti tez-tez o`zgarib turishi kerak. Bunday sharoitda yashagan 
organizmlarda tor doirada ixtisoslashish amalga oshmagan va ular har gal o`zgargan yashash 
sharoitiga tuzilishining murakkablashuvi bilan javob qaytar-gan, oqibatda ular


evolyutsiyasida cheklanmagan progress muntazam ravishda amalga osha borgan. 
Cheklanmagan progress organizmlar tuzilishining takomillashuvi bilan bir qatorda
populyatsiya tarkibining o`zgarishiga ham sabab bo`lgan. Bir hujayrali organizmlar 
populyatsiyasida individlar orasidagi munosabat juda sust, har bir organizm mustaqil 
ravishda muhitning o`zgarishiga javob beradi. Poda yoki gala bo`lib yashovchi, tuzilishi 
murakkab bo`lgan hayvonlar populyatsiyasida esa har bir individning muhit o`zgarishiga 
javob reaksiyasi har xildir. Ularning ba’zilari muhitga bevosita emas, balki bilvosita bog`liq 
bo`ladi. Yosh organizmlar oziq topishda, dushmandan himoyalanishda bevosita ishtirok 
etmasligi shular jumlasidandir. Populyatsiyada ro`y bergan bunday o`zgarish individni 
muhitning tobeligidan, tasodifiy noqulay sharoitdan himoya qilishga qaratilgan. Organik olam-
dagi progress muammosi birinchi marta Seversov tomonidan mukammal o`rganilgan. U 
evolyutsion nazariya uchun eng qiyin bo`lgan: «Nima uchun hozirgi vaqtda tuzilishi juda 
murakkab bo`lgan hayvonlar va o`simliklar bilan bir qatorda, juda qadim zamonda paydo 
bo`lgan tuzilishi oddiy organizmlar (bakteriyalar, sodda organizmlar) mavjud? Nima sababdan 
ayrim organizmlar tarixiy rivojlanishda takomillashib ketgan-u, boshqalari esa sodda tuzilishini 
saqlab qolgan?» degan muammolarni hal etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. 
Yuqoridagi masalalarni hal qilishda, avvalo, evolyutsiya jarayonida ro`y beradigan biologik 
progress va morfologik-fiziologik progress tushunchalari farqlanishi zarurligini ta’kidladi. 
Biologik progress deganda, Seversov turning avj olib rivojlanishini, keng tarqalishini, ravnaq 
topishini tushungan, ya’ni: 1) turga mansub individlar soni ortadi; 2) natijada tur keng 
tarqalib, yangi areallarni ishg`ol qiladi; uning areali kengayadi; 3) yangi sistematik guruhlar 
paydo buladi va intensiv divergensiya ro`y beradi. Hozirgi vaqtdagi gulli o`simliklar, suyakli 
baliqlar, qushlar va sut emizuvchilar biologik progressga misol bo`ladi. 

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin