Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

Idioadaptatsiya. 
Biologik 
progressga 
olib 
keladigan 
ikkinchi 
yo`nalish 
idioadaptatsiyadir. Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy
juz’iy moslanishlar paydo bo`lishidan iborat. Lekin bu o`zgarishlar organizmlarning tuzilish 
darajasi, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko`tarmaydi ham, pasaytirmaydi ham. 
Idioadaptatsiya yo`li bilan paydo bo`ladigan o`zgarishlar, odatda, organizm hayot faoliyati 
uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega organlar, qismlarga ta’lluqlidir. Idiodaptatsiya 
natijasida organizm garchi tuzilishi jihatdan o`z ajdodlari bilan bir darajada turadigan bo`lsa 
ham, muhitning ma’lum o`zgarishlariga ularga nisbatan yaxshi moslashadi. Har bir hayvon 
yoki o`simlik turiga mansub organizmlarda idioadaptatsiya bo`lishi tabiiy bir hol. Masalan, 
toshbaqalar reptiliyalarning filogenetik tomondan eng qadimgi shoxobchasi bo`lib,
katilozavrlardan kelib chiqqan va Perm davriga kelib, hayot sharoitining o`zgarishi, yashash 
uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ostki va ustki qalqonlarga ega bo`lgan. Evolyutsion
rivojlanishda toshbaqalar xilma-xil sharoitga moslashib, o`zaro farq qiladigan guruhlarni
hosil qilgan. Masalan, quruqlikda yashovchi Testudo greacea, botqoqda yashovchi Emuz 
lutaria, chuchuk suvda yashovchi Sphargiz va pelegik toshbaqalar Sphargischelon 
kosasining rangi, qalinligi, oziqlanishi kabi belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardagi 
bu o`zgarishlarning hammasi adaptiv xarakterga ega bo`lsada, tuzilish darajasining boshqa 
sudralib yuruvchilarga nisbatan ustun bo`lishiga imkon bermagan. Shunga o`xshash, suyakli 
baliqlar har xil turining vakillari ham tanasining shakli, rangi, suzgich-qanotlarining tuzilishi va 
shakli kabi belgilari bilan o`zaro farq qiladi. Cho`rtanbaliq, karp, kambala, dengiz shaytoni kabi 
baliqlarni olsak, ularning hammasi suyakli baliqlarning tuzilish darajasi bo`yicha bir xil. 

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin