Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi


Morfologik-fiziologik progress, ya’ni aromorfoz



Yüklə 311,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix21.05.2023
ölçüsü311,37 Kb.
#118483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'Ochiq dars ishlanma-29.10.2019

Morfologik-fiziologik progress, ya’ni aromorfoz. Seversov aromorfoz deganda, 
organizmlar tuzilishining ajdodlarga nisbatan birmuncha yuqoriroq pog`onaga ko`tarilishiga 


sabab bo`ladigan universal xarakterdagi o`zgarishlarni tushungan. Aromorfozlar ayrim 
organlarning emas, balki butun organizmning takomillashishi bilan xarakterlanadi. Oqibatda 
organizmlarda funktsional va strukturali o`zgarishlar ro`y berib, ular muhitning shart-sharoitiga 
to`laroq mos keladigan tuzilish va funksiyalarga ega bo`ladi. Bu esa organizm bilan muhit 
o`rtasidagi munosabatlarning kengayishiga sabab bo`ladi. Aromorfoz yo`nalishdagi o`zgarishlar 
organizmni xilma-xil sharoitga moslanishga olib keladi. Bu tipdagi o`zgarishlar universal 
xarakterga ega bo`ladi . Seversov faraziga ko`ra, tuban cho`tka qanotli baliqlardan umurtqali 
hayvonlarning progressiv shoxobchasi — havo bilan nafas oluvchi va quruqlikda yashovchi 
umurtqalilar kelib chiqqan. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikka chiqishiga imkon 
bergan aromorfoz o`zgarishlar juft o`pka xaltachalarining rivojlanishi, yurak bo`lmasida to`siq 
paydo bo`lishi, o`pkaning havo bilan nafas olishga moslanishidan iboratdir. Dastlabki amfibiya 
— stegotsefallarda oyoqlar paydo bo`lishi, nerv sistemasining takomillashishi ham aromorfoz 
usulda amalga oshgan. 
Umurtqali hayvonlar hayot faoliyati uchun zarur energiyaning ko`payishiga imkon bergan 
yurak evolyutsiyaning aromorfoz yo`li bilan bo`ladigan filogenetik rivojlanishga misoldir. 
Ma’lumki, yuragi ikki: kamerali baliqlarda vena qoni yurak bo`lmasiga, undan qorinchaga 
tushib, so`ngra aortaga o`tadi va jabralarga oqib boradi. U yerda oksidlanib, butun tana bo`ylab 
tarqaladi.Amfibiyalarga kelib, yurak bo`lmasi ikkiga bo`linadi. O`ng bo`lmaga vena qoni, chap 
bo`lmaga arteriya qoni to`planadi. Arteriya va vena qonlari yurak qorinchasida aralashib, butun 
gavda bo`ylab harakatlanadi. 
Qushlar va sut emizuvchilarda esa yurak qorinchasi ham ikkiga bo`linadi. Oqibatda 
arteriya qoni bilan vena qoni yurak qorinchasida aralashmaydi va barcha organlar oziq hamda 
kislorodga boy qon bilan ta’minlanadi. Bu esa moddalar almashinuvining kuchayishiga sabab 
bo`ladi, to`qima va organlarni ko`proq energiya bilan ta’minlashga imkon beradi (45-rasm).
Umurtqali hayvonlarda nafas olish organlarining evolyutsiyasi gazlar almashinuvi sathining 
ortishi hisobiga amalga oshgan. Seversov reptiliyalardan sut emizuvchilar kelib chiqishida 
progressiv o`zgarish miya hajmining ortishi, ayniqsa, miyacha va katta yarim sharlar hajmining 
ortishi bilan bog`liq, bu murakkablanish shartsiz reflekslar hosil bo`lishiga olib kelgan, deb 
ko`rsatdi. Taxtadjyan fikricha, o`simliklarda o`tkazuvchi naylar sistemasi, barglarda og`izchalar 
va ular bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar paydo bo`lishi yuksak o`simliklar quruqlikda 
yashashiga imkon yaratgan. 
Chang naychalarining hosil bo`lishi urug`lanish uchun suv muhiti zarurligidan xalos etgan. 
Bunday moslanishlar ham aromorfoz tipidagi o`zgarishlardir. Binobarin, aromorfoz o`zgarishlar 
tufayli organizmlar ko`p sharoitga moslashganligi uchun turg`un hisoblanadi. Organizmlar 
tarixiy rivojlanishida aromorfoz o`zgarishlar vujudga kelar ekan, ular uzoq vaqt saqlanadi. 
Aromorfoz belgilar organizmlar uchun foydasiz bo`lib qolgandagina, o`zgarishi mumkin, Lekin 
bu evolyutsiya jarayonida kamdan-kam uchraydigan hodisa. Masalan, reptiliyalardagi geterodont 
tishlar tuzilishi takomillashgan hozirgi juda ko`p sut emizuvchilarda saqlangan. Lekin 
kitsimonlarda ular reduksiyaga uchragan. Bu ular oziqlanishining turli xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi. 
Progressiv evolyutsiya to`g`risida gap borar ekan, morfologik-fiziologik progressning 
mezonlarini tavsiflash zarur. Ularsiz morfologik-fiziologik progress tushunchasiga bir xil ta’rif 
berish mumkin emas. Hozirgacha tuzilish va funksiyaning yuqori darajadaligini aniqlash 
bo`yicha 40 ta mezon ishlab chiqilgan. Ularni uchga — sistemali, energetik va axborot guruhlariga 
bo`lish mumkin.
Sistemali mezon tuzilish va funksiyaning murakkablik va integratsiya darajasini ifodalaydi. 
Organizm, to`qima va organlar tabaqalanishining ortishi, ko`p tomonlama hayotiy funksiyalar 
bilan ta’minlanishi, gomologik organlar oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi. 
Energetik mezon bir butun organizm va uning qismlari funksiyasining samaradorligi iqtisod 
qilinishi darajasi tavsifini belgilaydi. Masalan, oziq iste’mol qilib ko`p energiya beruvchi 
organizm takomillashgan hisoblanadi. Bu fermentlar sifati, kaloriyaga boy oziq iste’mol qilish, 
atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan ifodalanadi. 


Axborot mezoni axborot to`plash darajasini aks ettiradi, bunga umurtqali hayvonlarning 
tobora murakkablanish evolyutsiyasi natijasida genetik axborotning izchillik bilan orta borishi 
misol bo`ladi. Chunonchi, sut emizuvchilar DNK si miqdoriga nisbatan dastlabki xordalilar 
genomida DNK 6%, bosh skeletsizlarda 17%, to`garak og`izlilarda 38%, baqalar va 
toshbaqalarning ba’zi turlarida 80 % ni tashkil etadi. Tuzilishninig takomillashganligi ota-ona 
organizmlardan olingan (shartsiz refleks), shuningdek, shaxsiy rivojlangan (shartli refleks) 
tufayli hosil bo`lgan xatti-harakatda namoyon bo`ladi. U yuqori sut emizuvchilarda, ayniqsa, 
yirtqichlarda juda rivojlangan. 

Yüklə 311,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin