Ertalabki suhbatlar


-mavzu: “Mehmonga borish odobi



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə7/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

15-mavzu: Mehmonga borish odobi


O‘zbek oilalarda mehmonga borish, mehmon kutish qadimiy urf –odat ekani haqida tushuncha berish. Bolalarga mehmonga borish odobi haqida tushuncha berish. Bolani mehmonga olib borilganda o‘zini qanday tutishi kerakligi, mehmonda dasturxon atrofida chiroyli, odob bilan ovqatlanmog‘i, kattalardan avval taomga qo‘l cho‘zmasligi, ovqat paytida kattalar suhbatlariga aralashmasliklari, mehmonda xontaxta atrofida ovqatlansa, xontaxtaga tiranib, yonboshlab yoki cho‘zilib ovqatlanish mumkin emasligini tushuntirish. Mehmonda to‘polon qilmasdan o‘z tengquri bilan ahil bo‘lib o‘yinlar o‘ynashlari kerakligi haqida tushuncha berish.
Bolalarni “Mehmon-mehmon” o‘yini davomida mehmondo‘stlikni odat qilishga, mehmondan qaytishda xursandchilik bilan kulib xayrlashish, mezbonlarga minnatdorchilik bildirish, “Rahmat”, “Yaxshi qolinglar”, “Biznikiga ham mehmon bo‘lib boringlar” kabi so‘z va jumlalarni ishlatib o‘ynashlariga e’tibor berish.


16-mavzu: “Mehmon kutish odobi”


O‘zbek oilalarda mehmon kutish qadimiy urf –odat ekani, mehmon kutish odobi haqida tushuncha berish. Ularga mehmondo‘stlikni odat qilishga, mehmonni xursandchilik bilan kulib kutib olish, oldiga noz-ne’matlar qo‘yib, yeb-ichib o‘tirishga undashga o‘rgatish. Bolalarni “Mehmon-mehmon” o‘yini davomida “Iltimos, oling”, “Rahmat”, “Kechirasiz”, “Marxamat”,“Labbay”, “Xush kelibsiz”,“Yaxshi yetib oling”, “Yana mehmon bo‘lib keling” kabi so‘z va jumlalarni ishlatib o‘ynashlariga e’tibor berish.


17-mavzu:Navro‘z bayrami suhbat
Bolalarni Navro‘z bayrami haqida tushunchalarini kengaytirish. Qadim-qadimdan Navro‘z e’zozli bo‘lib kelgani: yangi kun, yangi yil, yangi fasl deb nomlangani, bayramning o‘ziga xos xususiyatlari, udumlari haqida so‘zlab berish. Bolalarda milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat uyg‘otish.


18-mavzu: “Hashar” mavzusida suhbat

Bolalarga hashar — qadimdan o‘zbek xalqi hayotida muhim o‘rin tutib kelgan udum ekani, hashar bu ko‘pchilikning bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda birgalashib harakat qilishi ekani haqida tushuncha berish. Hashar —kishilarni o‘z yaqinlari, mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihat, mehr-oqibatli bo‘lib yashashga imkoniyat yaratadigan udum ekani haqida tushuncha berish. Bolalarga hashar mavzusini mazmunli suratlar orqali tushuntirish.





Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin