Yun. ἤθος ( ētos ) „odat



Yüklə 81,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.12.2022
ölçüsü81,76 Kb.
#76845
  1   2
Etika - Vikipediya



Etika
Etika (
yun.
 ἠθική [φιλοσοφία] - „axloq falsafasi“, yun. ἤθος (ētos) - „odat“) shaxs yoki jamiyat
odatlarini, 
axloq
normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi 
falsafiy
 tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-
"notoʻgʻri", 
„yaxshi“
-
„yomon“
 tushunchalarini 
tahlil
qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari),
normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish)
boʻlimlaridan iborat.
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini
oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir
didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan
donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi,
kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy
qonunqoidalarni oʻrgatadi.
E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va
yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning
maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va
h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador.
Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi
sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi,
sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita
yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E.
nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har
ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din
— vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi
xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan.
Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki,


E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan
chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular
faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra,
axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash
mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining
nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi
taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E.
psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam
aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari
muhim ahamiyatga ega.
E.ga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me“ qonunlar majmuida uchraydi. Undagi
„namlul“ tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi
Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari“, „Misr mayyitlar kitobi“, Avesto kabi qadimiy
yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan;
Hindistonning „Manuqonunlari“, „Dhammapada“, „Patanjali“ kabi yodgorliklarida esa
pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning
bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha
yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini
taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz
boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar,
qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va
Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi
taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu
ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet
singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt
muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar E.sida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy,
Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays
Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar
E. taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy
qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr
axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi
maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning
axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida
ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling,
Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe)
oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel
axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy
xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar.


Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin
emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan
berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik
yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-
asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan
yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan
yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq
tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (qarang 
gedonizm

evdemonizm

utilitarizm
).
Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim
ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi —
terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik,
ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom
yoki universal E. (A.Shveyser), yangi tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga
dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir
jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab
etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning
muhimligini isbotlab beradi.
Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy
muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri
vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi
xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy
kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining
zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda.
Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning
oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham
axloqiy aralashuvga muhtoj.
Oʻzbek milliy E.si boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari
Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal
yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek E.si uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib
keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va
maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati
axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy
xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi
masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek E.sida
nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi
pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub ulqulub“ asari noyob hisoblanadi. Keyingi


davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht „Zarbulmasal“ asaridir. Jadidchilik harakati
davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini
xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning „Qarolar falsafasi“,
Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq“, Fitratnit „Najot yoʻli“, „Oila“ asarlarida shaxs axloqiy
hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi
masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan
shoʻrolar davri E.si soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy
tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, E. fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi,
E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov).
Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida E.
fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va
boshqalar) E. tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib
bormoqda.
LL. Aristotel, Nikomaxovaetika (soch. v 4x t., t. 4), M., 1983; N avoi y A., Mahbub ulqulub
(Mukammal asarlar toʻplami, 20 j.li, 14j.), T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993;
Avloniy A., Turkiy Guliston yoxud axloq, T., 1992; Jum a b o ye v yil, Oʻzbekistonda falsafa va
axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997: Yusupov E., Inson kamolotining maʼnaviy asoslari,
T., 1998; Zagritdinova F., Nekotorne problemn biomeditsinskoy etiki, T., 2005.
Abdulla Sher.

Yüklə 81,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin