Boshlovchi: Assalomu Aleykum aziz bolajonlar hamda mehmonlar. Bugun munis onajonlarimiz mehribon buvijonlarimiz go'zal latofatli qizlarimizni 8-mart "Xalqaro Xotin-Qizlar Bayrami" bilan chin ko'ngildan tabriklaymiz



Yüklə 13,52 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü13,52 Kb.
#123820
8-mart


Boshlovchi:
Assalomu Aleykum aziz bolajonlar hamda mehmonlar. Bugun munis onajonlarimiz mehribon buvijonlarimiz go'zal latofatli qizlarimizni 8-mart "Xalqaro Xotin-Qizlar Bayrami" bilan chin ko'ngildan tabriklaymiz.
Onajonim azizam
Mehribonim yolg'izam
Kechalari uxlamay
Alla aytgan munisam

Erkalatib quvnatib


Xafa bo'lsam ovutib
Bilim odob o'rgatib
Tarbiya qilmoqdasiz
Muqaddasim onajon
Baxtimga bo'ling omon
Boshlovchi:
- Mana biz kutgan bahori fasli ham yurtimizga kirib keldi. Bahor bu fasllar kelinjagi deb e'zozlangan. Ushbu fasl uyg'onish yasharish yangilanish davri hisoblanadi.
Qani bolajonlar davramizga Bahoroyni taklif qilaylik.
Musiqa ostida bahoroy kirib keladi.
Bahoroy:
- Salom bolajonlar mana fasllar aylanib bahor fasliga ham navbat keldi. Men bahor fasli haqida bolalarga savol beraman. Qani javob beringlarchi bahor faslida qanday ob-havo o'zgarishlari bo'ladi.
Birinchi bo'lib qaysi qush uchib keladi?
Boshlovchi:
- Xush kelibsiz bahoroy bizning davramizga marhamat sizga bolajonlarimiz ajoyib she'r va raqslar hamda qo'shiqlar ijro etib berishadi.
___ _____ guruh ijrosida qo'shiq
Buvijonlar bayramga tashrif buyurishadi.
Nevara:
- Buvijon yuring bizni bog'chamizga bayram bo'lyapti.
Buvisi:
- Voy buncha hamma joyda chiroyli gullar ochilipti. Bahoroy ham tashrif buyuribdi bu yerda nimalar bo'lyapti?
Boshlovchi:
- Assalomu aleykum ha marhamat xush kelibsizlar davramizga qo'shiling bolajonlarimizni sizlarga bayram sovg'alari bor ko'rib zavqlanib tomosha qilinglar.
___ _____ guruh tarbiyalanuvchilaridan raqs
Boshlovchi:
- Bolalar qizil qalpoqcha ertagini ko'p bor eshitganmiz to'g'rimi? Keling ko'p bor eshitgandan bir bor ko'rgan yaxshi.
Musiqa ostida Qizil qalpoqcha keladi.
Boshlovchi:
- Kelinglar mehmonlar sizlar bilan qiziqarli o'yin o'ynaylik! Shar sharti. 2 ta buvijon qatnashadi.1-shart qo'shiqqa o'ynash. 2-shart onalarga tabriklar.
Boshlovchi:
- Bahoroy va qizil qalpoqcha ham zerikib qoldi shekilli keling ular bilan ham shartli o'yin o'ynaymiz.
___ _____ guruh tarbiyalanuvchilari ijrosida qo'shiq.
Yüklə 13,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin