Olchilov Davron 74-20-guruh talabasi



Yüklə 17,93 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#98965
Olchilov Davron 74.test

Olchilov Davron 74-20-guruh talabasi


Test.
1. Qaysi olim «Insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga qarab boradi» deb aytgan?
a.) Burxoniddin Zarnudjiy.
b) Abu Rayhon Beruniy.
c) Yan Amos Komenskiy.
d) Abu Ali Ibn Sino.
2 Ta’limning maqsadi.
a.) Yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
b) Aniq mavzuni o‘quvchilarga bildirish.
c) Yoshlarni bilimlar bilan qurollantirish.
d) Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish.
3. Tarbiya – bu:
a.) Maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon bo‘lib, bu jarayon insonni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan bo‘ladi.
b) Axloqiy e’tiqod va xatti-harakatlarni shakllantirish jarayoni.

c) Maxsus tashkil etilgan va ongli amalga oshiriladigan jarayon.


d) Bunda insonlarning bir-biriga tafsif etadigan jarayoni.
4. Islom Karimovning: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”, - degan iborasi qayd etilgan asarni aniqlang.
a) Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori.
b) Barkamol avlod orzusi.
c) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik.
d) O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat.
5. Ma’lumot – bu:
a) Maqsadga qaratilgan jarayon bo‘lib, bunda o‘quvchilar bilimlar tizimini, malaka va ko‘nikmalarni egallab, ilmiy dunyoqarashi shakllanib borish bilan birga, axloqiy fazilatlari kamol topadi.
b) O‘quv ko‘nikmasi va malakasini egallash orqali tarbiyaviy ta’sir o‘tkaziladi.
c) Tarbiyaning bir qismi bo‘lib, bunda bolalar bilimlar tizimini egallab boradilar.
d) O‘quvchilar tomonidan ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayoni.
6. «Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish demakdir. Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni o‘rganishdir. Ushbu ta’rifning muallifi kim?
a) Forobiy.
b) Al- Xorazmiy.
c) Beruniy.
d) Ibn Sino.
7. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan qaysi alloma birinchi marta bolalarni jamoa bo‘lib, maktabda o‘qitishning ahamiyatini ilmiy asoslab bergan?
a) Ibn Sino.
b) Forobiy.
c) Beruniy.
d) Al-Xorazmiy.
8. «Juvonmardlik asli 3 narsadir: biri ulkim, aytgan so‘zigni o‘zing qilsang, ikkinchisi ulkim, xayrli ishni ilgari tutsang, odamdan qilgan barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadur. 9Ushbu fikrning muallifi kim?
a) Kaykovus.
b) Yusuf Xos Hojib.
c) Ahmad Yugnakiy.
d) Koshifiy.
10. Turkiy tilda yaratilayotgan dastlabki ta’limiy-axloqiy asar qaysi?
a) «Devoni lug‘otit-turk».
b) «Qutadg‘u bilig».
c) «Hibbat-ul haqoyiq».
d) «Mahbub-ul qulub».
11. Didaktika – bu:
a) Ta’lim nazariyasi.
b) O‘quv tillarini tashkil etishning formalarini takomillashtirish.
c) Ta’lim qonuniyatlari, prinsiplarini va mohiyatini tadqiq etadi.

d) Ilmiy fan bo‘lib, ta’limning nazariy asoslarini o‘rgatadi.


12. «Buyuk didaktika» asari qaysi pedagog olim tomonidan yozilgan?
a) Yan Amos Komenskiy.
b) Abu Rayhon Beruniy.
c) Abu Ali Ibn Sino.
d) Pestalotsi.
13. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997-y) so‘zlagan. “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?
a) Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash.
b) Tadbirkor shaxsni tarbiyalash.
c) Umuminsoniy va milliy tarbiY.
d) Mehnatsevarlik tarbiyasi.
14. Shaxs – bu:
a) Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi.
b) Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga soluvchi.
c) Har qanday odam shaxs hisoblanadi.
d) Yangi tug‘ilgan chaqaloq.
15. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
a) Mikro muhit, mezo muhit, makro muhit , irsiyat, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faoliyat.
b) Mikro muhit, iste’dod, xotira.
c) Shaxsiy faoliyat, mafkura.
d) Irsiyat, iste’dod, xotira.
16. Nazariya – bu:
a) Bilimlarning haqqoniy ekanligi.
b) Harakatlar yig‘indisi.
c) Fikrlar tizimi.
d) O‘qituvchi va o‘quvchilarning xususiyatlarini o‘rganish.
17. Dars tiplari.
a) Aralash darslar, yangi materiallarni bayon etish, takrorlash, bilimlarni tekshirish va baholash, mustahkamlash darsi.
b) Aralash darslar, yangi bilimlarni bayon etuvchi va leksiya darslari.

c) O‘tilgan materiallarni mustahkamlash, umumlashtirish darslari.


d) O‘yin darslari, press-konferensiya, mohir qo‘llar darsi.
18. Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar nimalardan iborat?
a) Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar.
b) Kohinlar va oqsoqollarning maqsadga muvofiq faoliyati.
c) Bolalarning kattalarga taqlidi.
d) Kishilarning o‘z nasl-nasabini davom ettirishda tabiiy-biologik negizga asoslanishi.
19. Bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlariga qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Keyinroq odat bo‘lib, qolganidek hayotga hozirlanibgina qolmasdan, shu bilan birga o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib ham ketaveradi, kattalar bilan birga ularning rahbarligida mehnat qilishga va hayot kechirishga o‘rganar edi. Mazkur fikr qaysi tarixiy davrda bola tarbiyasini yoritayapti?
a) Ibtidoiy jamiyatda.
b) Quldorlik jamiyatida.
c) Feodal jamiyatda.
d) Ibtidoiy jamoaning yemirilish davrida.
20. Eng qadimgi davrlardagi ma’naviy madaniyatimiz, xususan, bolalar tarbiyasi tizimini o‘rganishda asos bo‘lgan manbani ayting.
a) «Avesto».
b) Quro‘ni Karim.
c) Ibn Sino. «Axloq haqida risola».
d) Ma’rifatparvarlarning ish asarlari.
21. Xalq ommasi tomonidan yaratilgan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisi.
a) Xalq pedagogikasi.
b) Pedagogika.
c) Tarbiya nazariyasi.
d) Didaktik.
22. «Axloq-odob, rasm-rusum, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilish uchun insondan zo‘r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yo‘l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishdir» Bu ta’rifning muallifi kim?
a) Forobiy.
b) Al-Xorazmiy.
c) Beruniy.
d) Ibn Sino.
23. Sog‘likni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib, keyin ovqat tadbiri va uyqu tadbiri bo‘lganidan, so‘zni badantarbiyadan boshlaymiz. Badantarbiyaga odam ish jarayonida qiladigan harakatlari va maxsus badantarbiya harakatlari kiradi. Bu yerda biz keyingisi ustida to‘xtalamiz, Chunki shu keyingisi badantarbiya bo‘lib, undan keladigan manfaatlar tufayli u bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Badantarbiyaning turlariga kelsak, ular quyidagilardan iborat: tez harakatli, nozik va yengil, kuchli badantarbiya turlari. Mazkur fikrning muallifi kim?
a) Ibn Sino.
b) Beruniy.
c) Davoniy.
d) A.Navoiy.
24. Ta’limning qanday turlari uchun Davlat talablari (DT) joriy etiladi?
a) Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtlaridan keyingi, malaka oshirish va qayta tayyorlash.
b) Ta’lim turlarining barchasi uchun.
c) Maktabgacha, malaka oshirish va qayta tayyorlash.
d) Faqat malaka oshirish va qayta tayyorlash.
25. Har bir dars nimalar asosida tuziladi?
a) Ta’limiy va tarbiyaviy funksiyalar va ta’lim prinsiplari asosida tuzilgan ta’limning tashkiliy formasi.
b) Ta’lim prinsiplari asosida.
c) Reja asosida.
d) Ta’limiy funksiyalar asosida.
26. Qaysi qatorda pedagogik fanga taalluqli asosiy bo‘limlar berilgan?
a) Umumiy pedagogika, ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, maktabshunoslik, pedagogika tarixi.

b) Umumiy pedagogika, ilmiy tadqiqot metodi, ta’lim nazariyasi.


c) Umumiy pedagogika, bolalar ijodini o‘rganish, meditsina pedagogikasi.
d) Umumiy pedagogika, shaxs muammosi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi.
27. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning maqsadi nima?
a) Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.
b) O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish.
c) Ta’lim sohasiga o‘zgartirish kiritish.
d) Ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash.
28. «As-sahih» to‘plami qaysi muhaddis – vatandoshimiz ijodiga mansub?
a) Imom Ismoil al-Buxoriy.
b) Imom Ismoil al-Nishopuriy.
c) Imom ibn Mojj.
d) Imom ibn Iso at-Termiziy.
29. Isrof – o‘rinsiz va foydasiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol-davlatiga ta’ma va hasad qilish kelib chiqadi. Ushbu pandning muallifi kim?
a) Abdulla Avloniy.
b) Dovoniy.
c) Abdurahmon Jomiy.
d) Alisher Navoiy.
30. Ushbu satrlar qaysi otinning qalamiga mansub va undan ta’lim jarayonida nima uchun foydalanilgan? “Ul nadurkim, poyi yo‘q, yursa boshi birla yurar, yurganda xok surmay ancha ustolik qilar”.
a)Anbar otin.
b) Jahon otin.
c) Dilshod otin.
d) Samar otin.
Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin