Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə2/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Ovqatlanish gigienasi:


  • to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish;

  • mustaqil ravishda ovqat yeyishga intilishni namoyish etish;

  • qoshiqni o‘ng qo‘l bilan ushlagan holda, ovqatni shoshmasdan, yaxshilab chaynab yeyish, suyuq ovqatlarni, choynito‘kmaslik;

  • ovqatlanish stoli atrofida to‘g‘ri o‘tirish, gaplashmaslik va oshxona asboblaridanfoydalanish;

  • ovqatlanib bo‘lgach, “rahmat”aytish;

  • stol ustini yig‘ishtirishda kattalarga yordamberish.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun


(5-7 yosh)
Madaniy-gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola o‘zini parvarishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Mustaqil yuvinadi, tozalikka rioya qiladi. Bolani ozodalikka va tartibga odatlantirish, tashqi ko‘rinishdagi kamchilikni o‘z vaqtida bartaraf qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchilikni tuzatish ehtiyojini tarbiyalash. Tengdoshlarining kiyimlaridagi tartibsizliklarni to‘g‘rilashga ko‘maklashadi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolada uyushqoqlikni va maqsadga qaratilganlikni, madaniy axloq ko‘nikmalarini shakllantirish. Uyqudan turgandan so‘ng yuvinish, uyquga yotishdan oldin oyoqni yuvish, qo‘llarni ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin va ifloslanganda yuvish, ovqatdan keyin og‘iz va tomoqni chayish, tishlarni to‘g‘ri tozalash, sovundan to‘g‘ri foydalanish, kiyimlarni joyiga ilish, oyoq kiyimni taxlash va ipini bog‘lashgao‘rgatish.
Bolani nonushta uchun stol bezashga, o‘rin-joylarini yig‘ishtirishga, ko‘rpa-yostiqlarning jildini kiydirish, choyshablarni tekislab chiqish, ularni almashtirishda kattalarga yordam berish, shaxsiy buyumlari (dastro‘mol, paypoqlar va sport kiyimlari solinadigan xaltachalar)ni ehtiyotlash va toza saqlash ko‘nikmasini mustahkamlash.

Shaxsiy gigiena:


  • kun davomida tanasi tozaligi, kiyimlari, sochlari, ust-boshi ozodaligini kuzatibturish;

  • mustaqil ravishda xonasini yig‘ishtirish va o‘yinchoqlarini o‘z joyiga teribqo‘yish;

  • sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha suhbatlaro‘tkazish;

  • gavdasini to‘g‘ri tutishini kuzatish, yassitovonlikning oldini olish;

  • gigiena va etika mavzularida sahna ko‘rinishi tashkil etishga, infeksiyalar nimaligi va ularning qanday yo‘llar bilan yuqishinitushuntirish;

  • nima uchun bolalikdanoq sog‘liqni saqlash to‘g‘risida qayg‘urish lozimligi haqidagi tushunchalarnikengaytirish;

  • vanna, hojatxonadan mustaqilfoydalanish;

  • shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalarinitushuntirish.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin