Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə14/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Tarbiyachi: Bolalar insonlar o‘z Vatanlariga mehr qo‘yishlari, uni asrab-avaylashlari, gullatib yashnatishlari kerak. Biz xam qo‘limizdan kelganicha Vatanimizni asrab-avaylashimiz kerak. Qanday qilib deysizmi? Uyimizni, ko‘chamizni ozoda tutsak, o‘simliklar, jonzotlarga mehribonlik qilsak, ularni parvarishlasak Vatanimizni asragan bo‘lamiz.
Vatan — odamlar uchun eng aziz dargoh. Hech kim Vatanidan judo bo‘lib yashashni hohlamaydi. Nafaqat odamlar, hayvonlar ham, qushlar ham o‘z Vatanida, o‘z uyida yashashni yaxshi ko‘radilar. Men sizga hozir «Bir kabutar» nomli hikoyasini o‘qib beraman. Diqqat bilan eshiting.
“Bir kabutar” hikoyasi
Bir tezuchar kabutar bor ekan. U juda uzoq-uzoqlarga uchib borar ekan. Kunlardan bir kuni bir podsho uni tutib olibdi va qafasga qamab qo‘yibdi. (Qafas juda chiroyli ekan. Kabutarga don va suv berishibdi. Lekin kabutar donni yemabdi, suvdan ichmabdi. Chunki u juda xafa ekan. Ko‘zlarini yumib, o‘z uyining atrofida osmonda maza qilib uchib yurgan kunlarini eslab, yig‘labdi.) Falakning gardishi bilan bechora qush ko‘p yillar qafasda qiynalibdi. Bir kuni (qafasning eshigi ochiq qolgan ekan), kabutar (paytdan foydalanib) qochib ketibdi. U osmonga chiqib, xursand bo‘lganidan gir-gir aylanibdi. Keyin o‘z uyi tomon uchib ketibdi. Kabutar bir necha kunlik yo‘lni birpasda bosib o‘tibdi. Uyiga yetib kelibdi... Qarasa, uychasi buzilib, vayron bo‘lgan ekan.
Kabutar qattiq xafa bo‘lib-di. Ammo qaytib podshohnikiga bormabdi. "Podshohning qafasida nima qilaman? U yer menga begona. Bu yer esa buzilgan, vayrona bo‘lsa ham, o‘z uyimdir" debdi kabutar o‘ziga-o‘zi. (U uyini tuzatishga kirishibdi.)


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
1.Vatan so‘zining ma’nosini tushundingizmi? Vatan qaerdan boshlanadi?
2. Bizning Vatanimizning nomi nima?
3. Bizning xalqimizning eng yaxshi urf odatlaridan qaysilari haqida suhbatlashdik?
4.Men sizga qanday hikoya o‘qib berdim?
5.Nima uchun kabutarga oltin qafas yoqmadi? Nima uchun kabutar uyiga uchib ketdi?

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin