Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə16/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Bolalar, bahorda o‘lkamizda uchib kelgan qanday qushlarni kuzatdik?
Biz qushlarga qanday yordam berdik?
Sizga qanday hikoya o‘qib berdim?
Bog‘ qoravuli qush bolasining hayotini qanday saqlab qoldi?
Suhbat natijasida bolalarda rahmdillik, g‘amxo‘rlik, mehribonlik kabi hissiyotlar vujudga keladi.


Mavzu: «Halollik va o‘g‘rilik» haqida suhbat.
Suhbat maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar” mazmunidagi 47-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga halol odamlar haqida so‘zlab, halollik tushunchasiga izoh berish.
Bolalarda halollik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. Hikmatli so‘zlardan misol keltirish bilan asar g‘oyasini bolalar qalbiga yetkazshp va ma’naviy tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish. O‘zgalarning narsalarini ruxsatsiz olmaslik kerakligi haqida tushuncha berish, birovlarning mulkiga hiyonat qilish kabi nojo‘ya harakatlar o‘g‘rilik hisoblanishi, o‘g‘rilik esa og‘ir jinoyat ekani, birovlarning mulkini o‘g‘rilagan odam jazosiz qolmasligani tushuntirishga harakat qilish. Inson o‘z maqsadiga halol mehnati bilan erishmog‘i lozimligini tushuntirish. Halol, poklik, rostgo‘ylik, osoyishta, hayotning garovidir, degan iborani bolalar ongiga singdirish.


Kutilayotgan natija:Bolalar o‘zgalarning narsalarini ruxsatsiz olmaslik kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Birovlarning mulkini so‘ramasdan olish o‘g‘rilik hisoblanishi, inson o‘z maqsadiga halol mehnati bilan erishmog‘i lozimligini tushunadilar.
Suhbatning borishi: Bolalar men sizga ertak, hikoyalar o‘qib berganimda halol odam ekan, halol mehnati bilan kun kechirar ekan degan gaplarni epshtgansiz.
Halollik, halol odam deganda kimni tushunasiz? Rost gapiradigan, o‘g‘rilik qilmaydigan odamni tushuniladi.
To‘g‘ri, birovning haqqiga hiyonat qilmaydigan, o‘z mehnati bilan maqsadiga yetadigan to‘g‘ri, rostgo‘y odamlarni halol odamlar deyiladi. Halollik haqida hikmatli so‘zda shunday deyilgan: «Halol rizq topish har bir mo‘min uchun vojibdir».
Buning ma’nosi shuki, birovning narsasiga tegma, birovning haqiga tegma, o‘g‘rilik qilma, yolg‘on so‘zlama. Nima olishni istasang o‘z mehnating bilan topgan, pulingga ol. Birovning haqiga tegma, halol mehnat bilan odam o‘z maqsadiga erishadi. Nopok yo‘l bilan topilgan rizq yaxshilikka olib bormaydi:
Bugun men sizga Ravshan degan bola haqida o‘qib bermoqchiman. Diqqat bilan eshitsangaz. Ravshan degan bola qanday bola ekan? U to‘g‘ri ish qildimi? Hozir shularni bilib olasiz.
Tarbiyachi asarni ifodali o‘qib beradi:
Ravshan qaerda aylanib yurgan edi?
U qurilishda nima ko‘rib qoldi?
Uning hayoliga qanday fikrlar keldi?
Shu fikrlar bilan nima ish qiddi?
Ravshanning bog‘cha opasi nima degan edi?
Ravshan nima ish qildi?
To‘g‘ri ish qildimi?
To‘g‘ri, bolalar, Ravshan to‘g‘ri ish qildi. G‘isht davlat mulki, qurilishga qarashli. Agar Ravshan do‘stlari bilan bitga-bitta g‘ishtni uyiga olib ketganda, ularning bu nojo‘ya harakati o‘g‘rilikka olib kelar edi. O‘g‘rilik eng ogar jinoyat.
Davlat yoki begonalar mulkini o‘g‘rilagan odam jazosiz qolmaydi.
Bu harakati bilan Ravshan ota-onasini mahalla oldida, odamlar orasida uyaltirib qo‘ygan bo‘lar edi, oilasining sha’niga dog‘ tushirgan bo‘lar edi.
Bundan buyon biz ham Ravshanga o‘xshagan yaxshi, odobli bola bo‘lamiz. Bog‘chamizdan uyimizga o‘yinchoqtarni cho‘ntagimizga solib olib ketmaymiz. Guruhimizdagi barcha o‘yinchoqdar davlatniki. Ularni asrab-avaylab o‘ynab, keyin joy-joyiga qo‘yib qo‘yamiz. Bu o‘yinchoqlarni sizning ukalaringaz ham bog‘chaga kelganda o‘ynashadi. Hozir hammamiz o‘rnimizdan turib, mana bu g‘ishtchalar-u kubiklardan katta bir uy quramiz. Bolalar kurilmalar asosida o‘ynaydilar.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin