Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə17/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Qanday odamlarni halol odamlar deymiz? (o‘z mehnati bilan maqsadiga yetadigan to‘g‘ri, rostgo‘y odamlarni halol odamlar deyiladi)
Ravshan degan bola haqidagi hikoyada Ravshan degan bola qanday bola ekan? U to‘g‘ri ish qildimi?
Siz bog‘chada o‘yinchoqlarni qanday o‘ynaysiz?


Mavzu: «Ko‘cha qoidalari»


Maksad:Bolalarga ko‘cha haqida, yo‘l harakati qoidalari haqida ma’lumot berish. Bolaga yo‘l qoidalariga rioya etishni o‘rgatish. Ko‘chaning mashina yuradigan qismi bilan piyodalar yuradigan yo‘lkani farqlash ko‘nikmasini shakllantirish. Svetoforning ranglari va ularning vazifalarini tushuntirish.
Kutilayotgan natija:Bolalar yo‘l qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Bolalarda ko‘chaning mashina yuradigan qismi bilan piyodalar yuradigan yo‘lkani farqlash ko‘nikmasini shakllanlanadi. Svetoforning ranglari va ularning vazifalarini tushunadilar.
Kerakli jixozlar:Ko‘cha, yo‘l, transport qatnaydigan yo‘l, piyodalar yurishi uchun ajratilgan o‘tish joylari tasvirlangan suratlar. Svetofor maketi.
Suhbatning borishi:Tarbiyachi: Bugun bolajonlar, "Bizning ko‘cha" mavzusida suhbatlashamiz. Men sizga "Bizning ko‘cha" mavzusida maket olib keldim.
Diqqat bilan qarang. Bu ko‘cha. Ko‘chada yurishning o‘z qoidalari bor. Avtomobil, troleybus, avtobus yo‘lning qaysi qismida harakatlanyapti? To‘g‘ri, yo‘lning qatnov qismidan mashinalar yurmoqda. Piyodalar qaerdan yurishyapti? To‘g‘ri yo‘lning chap, o‘ng tomonida piyodalar uchun joy ajratilgan. Bu joy yo‘lning cheti deb ataladi. Piyodalar doimo yo‘lning chetidan yurishlari kerak. Yo‘lda ketayotganda ziyrak bo‘lib, shoshmasdan yurish kerak. Ko‘chada yurganda faqat yo‘lakdan yoki yo‘lning chetidan yurish kerak. Yo‘lning transport harakatlanadigan qismidan zinhor yurish kerak emas. Yo‘lning narigi tomoniga o‘tishda piyodalar uchun mo‘ljallangan joydan o‘tish kerak. Piyodalarning ko‘chadan kesib o‘tish joylari yo‘lning transport yuradigan qismida chizilgan chiziqlar bilan ajratiladi. Bu piyodalar o‘tish joyining belgisi. Ko‘chani faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan joyidan kesib o‘tish kerak. Piyodalar o‘tish joyi “zebra” shaklidagi chiziqlar bilan belgilangan.



Mana bu svetofor.





Svetoforning qizil chirog‘i piyodaga nima deydi? (“To‘xta” ).



Svetoforning sariq chirog‘i piyodaga piyodaga nima deydi? (“Hozir ko‘chadan o‘tishga ruxsat beriladi”)







Svetoforning yashil chirog‘i piyodaga piyodaga nima deydi? (“Yo‘l ochiq”).
Tarbiyachi: Bolalar, ko‘chaga chiqqaningizda qaerda o‘ynash mumkin?







Bolalar: Bolalar uchun maydonchada yoki stadionlarda
Tarbiyachi: Bolalar, ko‘chaning qatnov qismida chana, samakat uchmang. Koptokni ko‘chaning qatnov qismiga yaqin joyda o‘ynamang.







Sizga svetofor haqida topishmoq aytaymi?

To‘rt tomonda bor ko‘zi,


Tez o‘chib, yonib turar.
Gapirmasa ham o‘zi,
“To‘xta!”, “Yur!” deb buyurar.
(svetofor)
O‘zi bitta ko‘zi uchta
(svetofor)

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin