Kun tartibiga rioya qiling



Yüklə 12,92 Kb.
tarix25.12.2022
ölçüsü12,92 Kb.
#77858
javharinoz


Kitob
Kitob-inson ma’naviy dunyosining boyishi,fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita.Uni doimo do’st tutish,undan ko’p narsalarni o’rganishga harakat qilish lozim.
Ko’p kitob o’qigan bola asardagi fikrlarni o’z qalbiga joylaydi.Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga,yaxshi insonlar qatoridan o’rin olishga harakat qiladi.
Kutubxona- nurxona.Kutubxonaga tez-tez boradigan bola,albatta,ko’p narsalarni biladi.Chunki kitoblar inson umrining sermazmun o’tishiga,ilmli,bilimli bo’lishiga yordam beradi.

Kun tartibiga rioya qiling


Ertalab uyg’ongach,o’rningizdan turing.Ertalabki jismoniy mashqni bajarish juda zarur.Sovuq suvda yuvining.U kishiga tetiklik bag’ishlaydi.
Shoshmay nonushta qiling.Darsga kechikmang.Tanaffusda ochiq havoda o’ynang.Darsdan so’ng kun tartibiga rioya qiling.Dam olgach ,dars tayyorlang va o’ynang.Kechqurun o’z vaqtida uxlashga odatlaning.

Vatan
Vatan-inson tug’ilgan muqaddas joy.Vatan tushunchasi va unga bo’lgan muhabbat abadiydir.Shuning uchun biz ona-Vatan deb ulug’laymiz.


Mashhur yozuvchi va shoir Oybek bobomiz Vatanni shunday ta’riflagan:
Bir o’lkaki ,tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki qishlarida shivirlar bahor.
Bir o’lkaki,sal ko’rmasa quyosh sog’inar…
Bir o’lkaki,g’ayratidan asabi chaqnar.
Vatanni sevish,ardoqlash,barchamizning insoniy burchimizdir.

Kasb
Kasn inson uchun juda zarur faoliyat.Kim qanday kasb tanlasa,unga mehr qo’yishi kerak.O’z kasbini yaxhi bilgan kishining ishi unumli bo’ladi.


Ota-ona kasbini egallash yana yaxshi.Chunki sizota-onangiz nimalar bilan shug’ullanishini yoshligingizdan ko’rib,o’rganib borasiz.Ularga bu ishda yordam ham berasiz.Katta bo’lgach,shu kasbda ishlasangiz,sizning ustozingiz ota-onangiz bo’ladi.
Har kasbning o’z mohiyati,qiziqarli tomonlari bor.Kasb-hunar inson umrini bezaydi,baxtli,saodatli qiladi.

Kuz tasviri


Kech kuz.Salqin shamol esdi.Sariq,qizg’ish burglar yerga sochildi.
Kuz tabiatini tomosha qilish uchun bog’ga chiqdim.Atrof jimjit,onda-sonda qushlarning cho’ziq tovushi eshitiladi.Ular bu joylar bilan xayrlashib,janubga yo’l olmoqdalar.
Bog’dagi mevalar allaqachon yig’ib olingan.O’t-o’lanlar sarg’
Ish tusga kirgan.Qurt-qumursqalar inlariga yashirindilar.Men tabiatni to’yib-to’yib tomosha qildim.Uni rasmda ifoda etish uchun bo’yoqlar hozirladim

Suv-obi-hayot


Suv-hayot manbayi.Inson uchun eng aziz tabiiy ne’mat.Obi hayotdan oqilona foydalanish lozim.Suvni musaffo saqlash kerak.Shunda inson salomatligi ham yaxshi bo’ladi.
Suvni iflos qilmaslik har bir insonning burchi.Atrofni go’zalligi noz-ne’matlarnig serob bo’lishi ham suvga bog’liq.Keyingi paytlarda suvga e’tibor susaydi.Ariqlardan toza suv oqmaydi.Chunki ariqlarga iflos narsalar tashlaydilar.Bu ish o’ta gunoh.Suvga munosabatni o’zgartirish kerak.Bu ishda o’quvchilar kattalarning yordamchisi bo’lishi zarur.
Yüklə 12,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin