Ertalabki suhbatlar


- mavzu: “Xotira va qadrlash kuni”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə8/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

19- mavzu: “Xotira va qadrlash kuni”

Xotira va Qadrlash kuni haqida tushuncha berish. Bolalarga Xotira va Qadrlash kuni eng muqaddas kun hisoblanishi, xotira kuni kimdir Xotira maydonida urushdan qaytmagan yaqinlarini eslashi, kimdir qarindoshlari qabrini ziyorat qilishi, kimdir nuroniy ota-onasini, buvi, buvalaridan xabar olishi, ularning ko‘nglini ko‘tarishi – oilaviy qadriyat ekani haqida tushuncha berish.


“Tinchlikni kuylaymiz” she’rini mazmunini suratlar orqali tushuntirish.


20- mavzu: “Tejamkorlik- yaxshi odat”
Tejamkorlik — bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash, har bir narsani o‘z me’yorida ishlata bilish, tejash, maqsadli foydalanish ekanligi xaqida tushuncha berish. Davlatimiz, oilamiz boy bo‘lishi uchun har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga odatlanish. Isrofgarchilik — yomon illat ekani, tejalmagan — suv, non, elektr energiyasi va boshka ne’matlarni isrof qilish yomon oqibatlarga olib kelishi haqida tushuncha berish. Reja bilan ish tutish har bir oilaga qut-baraka, baxt-saodat olib kelishi, isrofgarchilikning oxiri nochorlik, xor-zorlikka olib kelishlishini rivoyat, hikoyalar, maqollar orqali tushuntirish.
Nonni uvol qilmaslik haqida tushuncha berish: insoniyat uchun barcha noz-ne’matlardan ulug‘i non ekanligi, uning inson hayoti uchun suv va havodek zarurligi, nonning uvog‘i ham non ekanligi, o‘zbek xalqi qadim-qadimdan nonni ulug‘lab ko‘zga surtishi, non dasturxon ko‘rki, oila farovonligining belgisi ekanligi, uni hech qachon uvol qilmaslik kerakligini tushuntirish.
20- mavzu:Suv muqaddasdir”
Bolalarga suv-bu hayot manbai ekanligi, suvsiz hayot bo‘lmasligi, insonlarning suvdan ichish uchun, yuvinish uchun, dehqonchilik, chorvachilik, qurilish va barcha kundalik turmushimizda foydalanishi haqida tushuncha berish. Bolalarga suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, uni asrash, oqar ariqlarni toza saqlash, axlat tashlamaslik, suvni isrof qilmaslik har birimizning burchimiz ekanini tushuncha berish. Suvning inson hayoti uchun zarurligi, insonga huzur, tabiatga go‘zallik bag‘ishlashi, eng bebaho boylik ekanligi haqida tushuncha berish. Suvni isrof qilmaslik, uni asrashga oid maqol, hikoyalar aytib berish, videolavha va rasmlar orqali tushuntirish.



Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin