Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Ishning talab darajasida rasmiylashtirilishiga izoh



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə6/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Ishning talab darajasida rasmiylashtirilishiga izoh_________________________
Ishning himoyaga loyiqligi________________________________________
Rasmiy hakam: f.f.n. BuxTI dotsenti G.Kurbonova

BuxDU filologiya fakul’teti Uzbek adabiyoti kafedrasi magistri Zoyirova Guzalning «YOzuvchi essesida mahorat masalasi (SH.Xolmirzaev ijodi misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining


ANNOTATSIYASI
Adabiy tanqid badiiy asarning, adabiyotning yuksakligi uchun xizmat qiladi. Bu jabhada adabiy tanqid janrlaridan biri esse va uning turli ichki ko`rinishlari, xillari, taraqqiyotining o`rni va roli muhimdir. Har bir davr, har bir yozuvchi, tanqidchi essenavisligi o`ziga xos xususiyatlari va taraqqiyot yo`llari bilan ajralib turadi, shu bois adabiyotshunoslikda esse janri rivojlanishi, shakllanish yo`llari, bosqichlarini o`rganish muhim vazifalardan biridir. SHu bilan birga har bir munaqqid, yozuvchi badiiy asar haqida maqola, taqriz, esse yozar ekan, o`ziga xos uslubga va qarashlarga ekanligini namoyon etadi, adabiy tanqidiy asarlari bilan bu jarayonni boyitishga hissa qo`shadi. Bu silsilada O`zbekiston xalq yozuvchisi SH.Xolmirzaev esselari alohida sahifanim tashkil etadi. SHundan kelib chiqib, yozuvchi esselarini tadqiq etish essenavislik tarixining taraqqiyot bosqichlarini belgilashda muhimdir.
Ishning asosiy ob`ekti sifatida SHukur Xolmirzaev esselari olindi. SHu bilan birga adib bilan bir davrda yashagan ijodkorlar tomonidan yaratilgan esselarga ham murojaat qilindi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida o`zbek adabiyotining etuk vakili, adib SHukur Xolmirzaev yaratgan esselarni monografik tarzda o`rganish maqsad qilib olingan. Bu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni echish belgilandi: o`zbek adabiyotida yozuvchi essenavisligi taraqqiyotini o`rganish va SH.Xolmirzaevning essenavislikda tutgan o`rnini ko`rsatish; yozuvchi esselarining mavzular va obrazlar olamini tadqiq etish; adibning esselarini tasnif qilish; obrazlar olamini yoritib berish; adib esselarini tahlil etish jarayonida uning o`ziga xos uslubini belgilash; uslubi va mahoratini o`rganish orqali mahoratini ochib berish.
O`zbek tanqidchiligining rivojiga katta hissa qo`shgan adib SHukur Xolmirzaevning essenavislik faoliyati o`zbek adabiyotshunosligida yaxlit holda tadqiq etilmoqda. Etuk adib esselari va maqolalari mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan monografik tarzda yoritib baholanmoqda. Birinchi navbatda, mazkur ish SHukur Xolmirzaevning ko`p jihatdan to`laqonli ilmiy biografiyasini yaratishga xizmat qilishi bilan muayyan qiymat kasb etadi. Bularning barchasi ishning mustaqil jiddiy tadqiqot sifatidagi ilmiy yangiligini belgilaydi.
Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalaridan o`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida yozuvchi va munaqqidlarning essenavislikdagi mahorati muammolarini o`rganishda, o`zbek adiblari va tanqidchilari ijodiga kengroq baho berishda nazariy manba tarzida foydalanish mumkin.
Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari akadem litsey va kollejlarda o`zbek adiblari ijodini o`rganish bo`yicha ma`ruzalar o`qish, amaliy mashg’ulotlar olib borish, oliy o`quv yurtida adabiyotshunoslikda adib va munaqqid mahorati muammolarini o`rganish, yozuvchi, shoirlar, adabiyotshunos va tanqidchilar haqida esselar, adabiy portretlar yaratish mavzularida kurs ishlari, referatlar yozishda qo`l keladi.



Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin