Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


SH.Xolmirzaev esselari tasnifi



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə14/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

1.3. SH.Xolmirzaev esselari tasnifi
Mustaqillik yillariga kelib, esseistikaning rivojlanishi birmuncha tezlashib, yozuvchi va tanqidchilar bevosita adabiy jarayon bilan bog’liqlikda essening turli ko`rinishlarini yaratishga e`tibor qarata boshladilar. Bu janr, ayniqsa, SH.Xolmirzaev ijodida munosib o`rin egallaydi. esse, aytish mumkinki, adib ijodida yuqori bosqichga ko`tarildi. SHuning uchun o`zbek adabiyoti va tanqidchiligida o`ziga xos o`ringa va uslubga ega bo`lgan, iste`dodli o`zbek yozuvchisi, O`zbekiston xalq yozuvchisi SHukur Xolmirzaev esselarini tadqiq etish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Umuman, SH. Xolmirzaevning bu davrda ham yozuvchi, ham munaqqid, ham otashin publitsist, adabiyot jonkuyari sifatida ijodkorlar orasida faol ekanligini alohida ta`kidlab o`tish zarur. Adibning kizi S.Xolmirzaeva «Esselar» deb nomlangan 4 –jildga kirish suzi yozar ekan, otasi xakida «Adabiyotda bulsin, xayotda bulsin umrim yulida iz koldirgan SHaxslar xakida bir-bir esse yozib koldirishni ilgaritdan uylab yurardim», deb yozgan edilar bir makolalarida,- deb yozadi.
esse ilmiy va badiiy tafakkur uyg’unlashuvi hosilasidir. YOzuvchi tanqidi ham ko`pincha esse janrida yoziladi. Unda hayot va ijod tajribasidan kelib chiqqan xulosa, qarash, kuzatishlar aks etadi. esse taraqqiyoti adabiy tanqidning yangi kamolot pallasiga kira boshlaganidan, ilmiy va estetik tafakkur sintezining yangi bosqichga ko`tarilayotganidan darak beradi. esseda san`atkorning ijodi, shaxsiyati, tabiati, asarlarining yozilish jarayoniga aloqador fikrlar erkin ifodalanadi. SHu bois 70-yillardan e`tiboran ijodkorning hayot va adabiyot masalalariga doir adabiy o`ylar shaklidagi esselari faol yaratila boshlandi. Ularning markazida ijodkorning qat`iy va aniq nuqtai nazari turadi, ya`ni ijodkorning intellektual darajasi essening bosh qahramoni vazifasini o`taydi.
Tanqidchining adabiy-tanqidiy hamda estetik qarashlari esseda aks etsa-da, ularga ilmiy-estetik butunlik baxsh etuvchi narsa bu san`atkor “men”i prizmasidan o`tkazilgan va estetik baholangan voqelik, hayot hodisalari, adabiy jarayon hamda adabiy hodisalarning muayyan tarzdagi mohiyatining in`ikosi bo`lib, u avvalo, san`atkorning qat`iy nuqtai nazari, estetik bahosi orqali anglashiladi.
O`zbek adabiyotida yaratilgan esselarni tasnif qilish bu yo`nalishga e`tibor kuchayganligidan dalolat beradi. esse mazmun-mohiyatiga ko`ra tasnif qilingan6. Nazarimizda, bu tasnifda qorishiqlik hukmron. Aslida mazmun-mohiyatiga ko`ra, yuqorida qayd etganimizdek, falsafiy, tarixiy, publitsistik, ijtimoiy-siyosiy va h.k. turlarga ajratilsa, aniqlik ko`zga yaqqol tashlanadi. Keyin ularning o`zini ham ichki shakllar bo`yicha tasnif qilish imkoniyati tug’iladi. Masalan, janriga ko`ra sof belletristik esse: esse-roman, esse-qissa, esse-hikoya va h.k. YOki adabiy-tanqidiy essening o`zi asosan ikki xil ko`rinishda namoyon bo`ladi:
1) yozuvchi essesi (adabiy o`ylar);
2) tanqidchi essesi.
Ular ham, o`z navbatida, yana ichki turlarga bo`linadi. Masalan, janriga ko`ra, tanqidchilikda ham esse-roman, esse-qissa yaratiladi.
B.Paluanov esseni roman-esse (“Qoraqalpoqnoma”), reportaj-esse (“Qalbim qomusi”), interv’yu-esse (“Javob”) kabi turlarga bo`ladi. Bu bo`linishda ham faqat sof badiiy ijod namunalari hisobga olingan. Tadqiqotchi yana xotira-esse kabi turni ham eslatadi. Ba`zan esdalik-esse atamasi ishlatiladi( Said Ahmadning “Nazm chorrahasida” asari).
Adabiyotshunoslik ilmining bugungi taraqqiyoti, estetik tafakkur kamolotini essesiz tasavvur qilish qiyin. SHu bois esse ham mavzu mohiyati, ifoda maqsadiga ko`ra har xil bo`ladi. Sof badiiy esse, adabiy o`ylar, adabiy-tanqidiy esselar yozilishi mumkin. Tarixiy yoki adabiy esseda tanqidiy unsurlar bo`lishi mumkin, lekin bu ularning adabiy-tanqidiy essega tengligini anglatmaydi. Adabiy esse asosan yozuvchining hayot hodisalariga oid ijtimoiy kuzatishlari mag’zini chaqishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Adabiyotshunos SH.Axmedova yuqorida tilga olingan dissertatsiyasida hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligidagi esse taraqqiyoti uning turli shakllari mavjudligini ko`rsatishiga ko`ra quyidagi turlarini ajratadi.
a) adabiy o`ylar;
b) esse-roman;
v) esse-xotira;
g) esse-qissa.SHulardan ba`zilariga to`xtaladi7. SH.Axmedova o`z tadqiqotida sof belletristik esse haqida batafsil fikr yuritmaydi.
SHukur Xolmirzaev ijodida esa sof belletristik esse namunalari, shu bilan birga esse-xotiralar ko`p uchraydi.

Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin