Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


III BOB. SH.XOLMIRZAEVNING eSSENAVISLIKDAGI MAHORATI MASALASI



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə22/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

III BOB. SH.XOLMIRZAEVNING eSSENAVISLIKDAGI MAHORATI MASALASI


3.1.Esselarda muallif “men”i talqini

esselar turli xil shaklda namoyon bo`lsa-da, ularga yaxlit estetik butunlik baxsh etuvchi narsa, bu san`atkor “meni”, ijodkor dunyoqarashidir. “Ana shu san`atkor “meni” nuqtai nazaridan estetik baholangan voqelik jarayonlarini, adabiy hodisalar mohiyatini anglaymiz. Bunda ma`naviy-intellektual tayyorgarligimiz ham hal qiluvchi rol’ o`ynaydi. SHu boisdan ham turlicha tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilarda birgina essening o`zi turfa tahayyullar uyg’otmasa-da, turlicha ta`sir ko`rsatishi, o`y-mushohadalar uyg’otishi tabiiydir”,-deb yozadi N.Rahimjonov1.


Munaqqidning ijodkorlar haqidagi essesi XX asrning 70-yillarida alohida yo`nalishda rivojlana boshladi. Ularda san`atkorning tabiati, ijodining nozik jihatlari, o`ziga xos qirralarini ilg’ab, obrazli va ilmiy tafakkur chig’irig’idan o`tkazib berish tamoyili kuchli. Bu xususiyat, ayniqsa, esse-romanda yorqin aks etgan. Ilmiy tadqiqot bilan badiiy asar oralig’ida shunday bir adabiy-tanqidiy janr borki, uni esse -roman deb atash mumkin. Tanqidchi A.Rasulov uni "ilmiy-ommaviy, tanqidiy-biografik asar" deb ataydi. Roman-badiiy asar sifatida yozuvchining obrazli tafakkuri hosilasi, esse-roman esa - tanqidiy asar, to`g’rirog’i, ilmiy tadqiqot bilan badiiy tadqiqot o`zaro uyg’unlashgan oraliq shakldir.
Evropadan farqli o`laroq, bizda ham ancha ilgari avliyolar haqidagi manoqiblar, adib va tarixiy shaxslar haqida ("Makorimul-axloq", "Temurnoma") memuarlar shaklidagi asarlar mavjud edi. Aslida madaniyat arbobi, ijodkor shaxs haqidagi roman tipi Evropa adabiyotida o`tgan asrda shakllangan, unga frantsuz yozuvchisi Andre Morua asos soldi. XX asrning 30-yillarida M.Gor’kiy taklifi bilan bir qator yozuvchi va olimlar shu tipdagi adabiy tarixiy-biografik romanlar ijod qila boshladilar. SHu tariqa “Ajoyib kishilar hayoti” seriyasiga asos solindi.
O`zbek adabiyotshunosligida ham XX asrning 60-yillarining oxiridan yuzaga kela boshlagan bunday esse-romanlarda ilmiy-nazariy tadqiqotchilik yo`nalishi bilan birga ilmiy-ommaboplik va ma`rifiylik xususiyatlari ustuvor. SHu ma`noda “Ajoyib kishilar hayoti” turkumidagi asarlarda adabiyotshunoslik va tanqidchilik “fikrlari kamolining yorqin izlari” ko`rinadi.
Sof belletristik esse hajman chegaralanmagan, erkin kompozitsiyali, sinkretik tarzda yaratiladi. Ammo adabiy-tanqidiy mavzuda yoziladigan esse, ayniqsa, esse-roman ham sinkretik hususiyatga ega, ammo unda ko`pincha kompozitsiya qat`iy bo`ladi. Tanqidchining barcha mulohazalari, ular erkin, xayolotga to`yingan bo`lsa-da, aniq bir yozuvchining hayoti va ijodi muammolari atrofida jipslashadi. essening o`ziga xos etakchi fazilati - erkin va bemalol fikr mulohaza yuritish tamoyiliga ega bo`la turib, mustaqil syujet yo`nalishi va qahramonga ega ichki lavha - epizodlar asosida tarkib topishidir. Bu xususiyat, ayniqsa, esse-romanda yaqqol namoyon bo`ladi. SH.Xolmirzaevning M.Qo`shjonovga bag’ishlangan asarini esse-roman deb atash mumkin.
Haqiqatan ham bu silsiladagi asarlar orasida SH.Xolmirzaevning esse-romanlarida janrga xos xususiyatlar etakchidir. Oldingi faslllarda ta`kidlab o`tilganidek, adabiyotshunoslikda XX asrning 70-80-yillarigacha yaratilgan tanqidiy-biografik yo`sindagi tadqiqotlarda ijodkorning asarlariga ko`proq e`tibor qilinar edi. Asarni yaratgan ijodkor shaxsning inson sifatidagi, tabiatidagi muhim xususiyatlar, ijodkor sifatida shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan muhitning o`ziga xosligi, ijodkor ruhiyati bilan bog’liq masalalarga kam e`tibor berilar edi. Mustaqillik yillarida yaratilgan esse-romanlarda bu kamchiliklar ma`lum darajada tuzatilayotganligini ko`rish mumkin.
SH.Xolmirzaev akademik M. Qo`shjonovga bag’ishlangan essesini e`lon qildi (adibning o`zi uni esse-qissa deb atagan). O`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodi haqida adabiy portretlar, esse, esse-romanlar, tanqidiy-biografik ocherklar, monografiyalar ko`plab yaratilgan. Ammo o`zbek munaqqidlari ijodi haqida bu fikrni aytish qiyin. I. Sulton, H.YOqubov, M.Qo`shjonov, O. SHarafiddinov, N.Karimov, U.Normatov singari ulkan olimlarning hayoti va ijodiga doir turli janrlarda ko`plab asarlar yaratish imkoniyati bo`lsa-da, tanqidchilik bu sohaga kam e`tibor berib keldi. Bu adabiy-tanqidiy esse-roman hisoblanadi.
Adib boshidanoq o`z oldiga aniq maqsad qo`yadi: «U holda, «Bu odamning o`zi kim? Qanday shaxsu qanday adabiyotshunoski, bunchalar Ustozlik qilgan bo`lsa? degan savol tug’ilmasmi? Tug’ilar-ov... Nihoyat meni yanada chuqurroq o`ylashga majbur etgan hol - Olimning Olamga-yu Adabiyotga qarashi, ya`ni bu boradagi aqida-yu qanoatlarining o`z hayotida - umrguzaronligida namoyon qilishi (pirovardi, ularning bir-biriga chirmashib bir butunlik hosil qilgani), alqissa, Uning menga bo`lgan munosabatlarida ham, demak, bu holning namoyon bo`lishi tarzida esse yozishga qaror qildim».
Asardagi essega xos -chegara bilmaslik, erkin fikr yuritish kabi xususiyat uning sarlavhasidanoq ko`zga tashlanadi. « U kishim- ustoz, Men- shogird» deb nomlangan asarda bosh qahramon M.Qo`shjonov va yozuvchining o`zi bo`lsa ham, esse adibning hayotdagi boshqa ustozlari: SHukur Burhondan tortib, N Fozilov, T.Jalolov, maktabdagi adabiyot o`qituvchisi, otasi, onasi, qalbiga yaqin kishilar haqidagi xotiralarga o`ralgan samimiy mulohazalar, eng muhimi, Mehr, Ustozlarga ulkan ehtiromdan iborat.
essega xoslik fazilatlaridan biri hayotdagi kishilar bilan yozuvchi orasida «kechgan- kechirmishlar»ning tabiiy tasviri bo`lib, u asarga joziba baxsh etib turadi. Asarning kompozitsion tuzilishi ham o`zgacha: 8 qism va ular ham o`z sarlavhalariga ega kichik-kichik fasllardan iborat. Bu usul o`quvchi diqqatini o`ziga tortish xususiyatiga ega ekanligini birinchi «O`zbek Belinskiysi» degan sarlavha bilan boshlangan fasldayoq ko`rish mumkin. Bu sarlavhani o`qigan bilan M.Qo`shjonovning qanday olim ekanligi va adabiyot oldidagi xizmatlari qay darajada ekanligini darhol anglab etadi.
essening boshidayoq M.Qo`shjonov portretining muhim chiziqlari tortiladi. Asarni o`qigan sari olimning qiyofasi ko`z oldingizda yuksalaveradi. SHogirdning Ustozga munosabati, unga havas qilishi, har bir gapiga, qilig’iga e`tibor berishi kabi epizodlar tasviri juda tiniq va tabiiy chiqqan. SHu bois essenavis qalamidan chiqqan so`zlar sehri qalbimizga yaqin bo`lib qoladi. SH.Xolmirzaev Ustozining hayotini tasvirlar ekan, uning asarlari, adabiyotga munosabati, haqiqiy yozuvchilar ijodini qadrlay olishi, iste`dodli yoshlarga e`tiborini diqqatidan qochirmaydi. eng avvalo, shogirdni Ustozining shaxsiyati, qanday odamligi qiziqtiradi. SHuning uchun hamma joyda, hatto uning uyiga borganda ham, ikkalovlari ovga chiqqanda ham Ustozini sinchiklab kuzatishdan charchamaydi. Kuzatishlari asosida M.Qo`shjonovning tashqi portretini ham chizadi. Ustozu shogird qaerda, qay vaziyatda bo`lmasinlar hamisha ijod haqida, Adabiyot haqida suhbatlashishadi.
Ustozu shogird qaerda, qay vaziyatda bo`lmasinlar hamisha ijod haqida, Adabiyot haqida suhbatlashishadi. M.Qo`shjonov talabasiga shunday deydi: «Bilishing kerak. YOzuvchi uchun tabiatni bilish- hayot mamot masalasini bilish bilan tengdir, degim keladi. Tabiatning bir bo`lagimiz-da, o`zimiz ham SHukurvoy». Ustozining so`zlariga amal qilgan shogird tabiat haqida eng zo`r yozadigan o`zbek yozuvchilaridan biri bo`lib etishgani bugun hammaga ayon. Bunda M.Qo`shjonovning ta`siri ulkan ekanligi ko`rinib turibdi.
“Ayni chog’da barcha esselarda yozuvchining "men"i - shaxsi ham "mana men" deb bo`y ko`rsatib turibdi. Tilga olingan har bir voqea-hodisada adibning sinchkov nigohi yaqqol seziladi"1. SHu bois asarning barcha o`rinlarida- darsda, repititsiyada, qishloqda, kvartirada-qaerda bo`lishidan qat`i nazar- hamma joyda SHukurning-shogirdning o`y-xayollari doimo Ustozi bilan, Adabiyot bilan bog’liq holda kechadi: repititsiya paytida salobatli, o`z so`ziga ega, teatr jonkuyari SHukur Burhon bilan M. Qo`shjonovga xos mushtarak tomonlarni qiyoslaydi; qishloqda ham, qaerda bo`lmasin, shunga bog’liq holda ustozining gaplarini eslab yuradi, tafakkur chig’irig’idan o`tkazadi. Adabiyot bilan bir umrga bog’liq ekanini ham yozuvchi sifatida tanilmay turib his etadiki, bu ham buyuk inson- M.Qo`shjonovning iste`dodli shogirdiga ishonchi natijasidir.
SH.Xolmirzaev bir adabiy suhbatida esse janrining «yozuvchiga behad keng erkinliklar berishi haqida gapirgan edi, bu haqda yuqorida to`xtalgan edik. Haqiqatan adibning o`zi ham tasvirlanayotgan voqea-hodisa haqida fikr yuritar ekan, o`z ko`nglida tug’ilgan his-hayajonini, shaxsiy mulohazalarini ham bemalol bayon etish yo`lidan boradiki, bu so`zlar barcha shogirdlarning sevimli Ustozlariga qalb ehtiromi sifatida namoyon bo`ladi, u shogirdlar qalbida Mehr, Hurmat kabi insoniy tuyg’ular uyg’otishga qodir.
Ilmiy tadqiqot bilan badiiy asar oralig’ida bir tanqidiy janr borki, uni esse-roman deb atash mumkin. Tanqidchi N.Xudoyberganov uni "ilmiy-ommaviy, tanqidiy- biografik asar" deb ataydi. Avvalo roman bilan esse-roman o`rtasida qanday farq bor degan savolni echish zarur. Roman-badiiy asar, yozuvchining obrazli tafakkuridir. esse roman esa - tanqidiy asar, to`g’rirog’i, ilmiy tadqiqot bilan badiiy tadqiqot o`zaro uyg’unlashgan asar oralig’idagi shakldir. "Mashhur kishilar hayoti" turkumida yaratilgan esse - romanlar o`zbek adabiyotida juda ko`plab yaratilayapti. Ularning yuzaga kelishi tarixiy, ilmiy va ma`rifiy ahamiyatga ega. SHu nuqtai nazardan qaraganda SH.Xolmirzaevning mazkur asari esse-roman janrida yozilgan deb hisoblagan ustozimizning qarashlariga qo`shilamiz. Haqiqatan ham asarda obrazlar ko`lamining kengligi, voqea-hodisalar tasvirining keng diapazonda berilishi, makon (voqealar Surxondaryoda, Toshkentda, Xorazmda tasvirlanishi), zamon (o`tmish va bugun) nuqtai nazaridan ham asarni esse-roman deyish imkoniyati kuchli.
3.2. Adib uslubiga xos xususiyatlar ifodasi.
Badiiy asarlarda ijodkor uslubi qanchalik aks etsa, esseda ham yozuvchi-tanqidchining betakror qiyofasi aniq aks etib turadi. Munaqqid asarida ilmiy mantiq aniq sezilib turadi. YOzuvchi essesida adabiy tanqidning san`atlik xususiyati yarq etib ko`zga tashlanadi.
SH.Xolmirzaevning "Binafsha hidlang, amaki" asari alohida syujet va kompozitsiyaga ega bo`lgan to`rtta essedan iborat: "Binafsha hidlang, amaki" (O`lmas Umarbekov haqida), "Farg’ona yo`llarida" (Uchqun Nazarov haqida), "Binafsha hidlang, amaki" (Botir Zokirov haqida), "Issiq jon" (SHukur Xolmirzaev bilan Abdulla Oripov haqida). Bu esse-xotiralarda O`lmas Umarbekov obrazi markaziy o`rinda turadi. "Binafsha hidlang, amaki" turkum esse-xotiralar syujeti kontsentrik va retrospektiv syujet tizimiga ega. CHunki xotiralarning boshidan oxirigacha O`lmas Umarbekov maishiy, ijodiy voqealarni, gurung suhbatlarni bitta joyga uyushtiradi. SH.Xolmirzaev 90- yillarda turib, 60-70-yillarda bo`lib o`tgan voqealarni eslaydi. Demak, yozuvchi orqaga, ya`ii o`tmishga qaytadi. Mazkur xususiyatga ko`ra, bu esse-xotiralar retrospektiv syujet asosiga kurilganligini qayd etish mumkin.
Bu turkum esselarda yozuvchi esse-xotiralari uslubiga xos jihatlardan biri - eng mayda detallargacha erinmasdan tasvirlash. X.Do`stmuhammedov "Hozirgi o`zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi" mavzusidagi iomzodlik dissertatsiyasida yozuvchi SH.Xolmirzaevning so`nggi yillarda yaratgan hikoyalari tahlilida batafsil tasviriylik printsipini qo`llayotganligini ta`kidlab o`tadi. Aynan shu fikrni SH.Xolmirzaevning esselariga nisbatan ham qo`llash mumkin. Hatto yozuvchi ayrim o`rinlarda qavs ichida shaxslarga, hatto mayda predmetlarga izoh beradi. Jumladan, "SHu bo`yi shkaf ustidagi (tug’ilgan kunimda Umarbekov sovg’a qilgan) soatga qarab oldim" - SH.Xolmirzaev yarim tunda qaragan soatining turgan joyini, hatto uni kim sovg’a qilganligini izohlaydi. Albatta, bu bilan essenavis O`.Umarbekov bilan o`zi o`rtasidagi samimiy do`stlik munosabatlariga urgu beradi. Bu tipdagi o`rinlar esseda juda ko`p uchraydi: "Botir bizning uyimizga (u konservatoriyaning orqasida yashardi, biz esa yo`lning bu betda...), ... men esa Botirning behad hurmat qiladigan rafiqasi erkli Malikboeva bilan adabiyot haqida (u kishi ayniqsa Paustovskiyni yaxshi ko`rar edi.) suhbatlashardik...", To`lan Qo`ziboevning ("Tabassum"ning eski muharriri) to`yiga borib edik", "Ertasi tabiiy, Turg’un Azizov rulda (moshina Umarbekovniki edi)..." va h. zo.
SH.Xolmirzaev uslubining ikkinchi jihati qahramonlar harakatini jonli tarzda go`yoki hozir yuz berayotgandek tasvirlashida ko`rinadi. Jumladan: "Qaltirab nima qilishimni bilmay turganimda, yotog’idan xotinim ko`zini uqalab peshonasi tirishib chiqib keldi"(247-bet). SHu tasvirni "Telefon qo`ngirog’idan xotinim ham uyg’onib ketib, yotog’idan turib-chiqib keldi" - desayam bo`lardi. Ammo bunday tasviriy ifodada yarim tundagi besaranjomlik, vahimali holat maromiga etmagan bo`lardi. Kitobxonga ham ta`sir doirasi kam bo`lib qolardi. Uyquda yotgan odamning yarim tundagi telefon chaqirig’idan peshonasi tirishib, afti bujmayib, uyqusiragan ovozda chiqib kelishi tabiiy holat.
"Bir vujudda ikki jon" essesida tuzum etkazgan jarohat tufayli shaxsiy hayoti yo`kotilgan ayollar fojeasi kichik xotira lavhalarda mohirona aks ettirilgai.
esse-xotirada boychechak detali katta ramziy ma`noni ifodalagan. essening ekspozitsiya kismida yozuvchi oiasiga bir dasta boychechak terib kelganligini, ukasi Xayrullo bilan bo`lgan bir og’iz suhbatidan buni bilib olamiz: "-O`g’lingga ayt, mashinani yuvsii. Bagajda ul-bul narsa bor, ol. Bir dasta boychechak xam bor". SHu bilan butun boshli esse matnida boychechak umuman esga olinmaydi. esse echimida Xayrulla akasi keltirgan boychechakni momoga uzatadi. "- Mang, muni iskang! Boychechak. Akam terib kelgan ekan sizga deb... Oling-e!
- ebi, boychechak-ku! - oriq barmoqlari bilan olib goziga bosib hidladi. - Omonliq, omonlik...'". Boychechak - detali esseda chiroyli bir echim bo`lib xizmat qilgan. Boychechak — bu dunyoning soxta e`tiqodlaridan poklanish, soxta va yolg’onlardan yuz burib, yangilik tomon talpinish ramzlarini ifodalagan. Xullas, esse syujet chizig’ida boychechak detali mantiqiy uzviylikni tashkil etgan. esseda ikkita syujet chizig’i ko`rinadi. Birinchisi, bu asosiy syujet chizig’i bo`lib, Oysha momo bilan bog’liq voqea, xarakterlar tasvirini o`z ichi­ga oladi. Ikkinchi, syujet chizig’i - yozuvchining bolaligi va ulg’aygan davri. M.Qo`shjonov, O.SHarafiddinov kabi adabiyotshunos olimlarimiz ta`kidlaganidek, SH.Xolmirzaev ijodida tabiat, jamiyat va inson uzviy aloqadorlikda tasvirlanadi. Adabiyotshunos I.Mirzaev o`zining doktorlik dissertatsiyasida bu haqda shunday deydi: "Umuman, SH.Xolmirzaev ijodida jamiyat va tabiat munosabatlarining markazida xamisha inson obrazi, uning murakkab kechinmalari va ezgu ideallari turadi. ... Tasodifiy emaski, adib yaratgan turli obraz va personajlarning tabiatga, go`zallikka karashlari o`rtasida katta o`xshashlik mavjud"1.
Ma`lumki, SH.Xolmirzaevning bolalik va o`smirlik yillari Surxonning Boysun tumanida kechgai. Uning ijodida Boysun tog’lari, tabiati, ayniksa, ovchilik bilan bog’liq lavhalar nafaqat esselarida, kichik nasriy hikoyalaridan tortib, yirik polotnodagi roman va kissalarida ham mahorat bilan chiziladi. Ayniqsa, yozuvchi tun, oy, archalar, so`qmoklar tasvirini mehr bilan aks ettiradi: "Tun, oy, archalar, so`qmoklaru qirlar - meniki edi:
Bulardan - ko`rqish.
O`zingnikidai ham qo`rqasanmi kishi? Bularga tobora mehrim ortar edi'".
Birinchi turkum "Binafsha hidlang, amaki" essesi yozuvchining favqulodda kutilmagan tadorik tasviri bilan boshlanadi. YAngi kitob nashri muiosabati bilan U.Nazarov uyidagi ijodkor do`stlar O`.Umarbekov, A.Oripov, B.Zokirov, T.Azizov, N.Komilov, M.Burhonov, Dilbar (U.Nazarovnnig xotini), A.Maqsudov, SH.Xolmirzaevlar yig’ilishib osh qilishadi. Osh pishguncha bo`lgan jarayonda o`zaro suhbat va gurunglar "Binafsha hidlang, amaki" turkum esse-xotiralarning syujetini tashkil etadi. SH.Xolmirzaev ilk bor U.Nazarov uyida­gi o`z davrining "adabiy yulduzi" bo`lgan O`.Umarbekov bilan tanishib, suhbatlashish baxtiga muyassar bo`ladi. essenavis turkum xotiralarda O`.Umarbekov xarakteri, ijodiga urg’u berib boradi, o`zining hayajonlarini, o`sha gurung va davralarda tug’ilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oshkoro ifodalaydi. Hatto ijodkorlarning ijodiy qiyofasi haqida izoxdar ham beradi. SH.Xolmirzaev essening ekspozitsiya qismida U.Nazarovning O`.Umarbekov bilan telefon orqali muloqotini bayon etar ekan, bevosita o`zining shaxsiy kechinmalarini ifodalaydi: "Men Uchqunning jasoratidan (ha, uning bu murojaatlari mening uchun jasorat edi) hayratda edim. O`lmas Umarbekovni "O`lmas" deb atadi. Buning ustiga bemalol gaplashdi" (145-bet). Muallif U.Nazarovning O`.Umarbekov bilan samimiy munosabatlariga xavas qiladi. SHuning uchun qavs ichida U.Nazarovning katta bir adib bilan erkin muloqotini "jasorat" deb ataydi. Hatto yozuvchi kavs ichida ta`kidiy izoh ham berib o`tadi. essenavis O`.Umarbekovning 60-yillar adabiyotida tutgan o`rniga alohida to`xtaladi: "... U o`shanda adabiyotga kirgan yangi avlodning oldi yozuvchisi, xususan, "Sevgim, sevgilim", qissasi uni mashhur qilib yuborgan, bundan tashqari, u radiokomitetda mas`ul lavozimda ishlardi'"(145-bet). SH.Xolmirzaev mashinada keta turib ham bu ijodkor xaqidagi xotira-xayollarini, O`.Umarbekov bilan tanishishdagi shodliklarini va hayajonlarini ifoda etadi: "Biroq bu shodlikning naryog’ida boshqa bir qizg’in quvonch ham bor edi: Umarbekov bilan o`tiraman. Qanday yaxshi! Tanishaman. O`tirishda o`zini kanday tutar ekan? ... Ko`cha-ko`yda juda jiddiy ko`rinadi. So`zga chiqqanda ham kulmaydi. SHu harakatlaridan biroz sun`iylik ham seziladi..."(146-bet). YOzuvchi adib bilan tanitnuvini xayol qilarkan, xatto O`.Umarbekov itaxsi haqidagi shaxsiy taassurotlarini xam, xususan, uning harakatlarida sun`iyliklar sezilishini ochiq aytadi. Bu esa esse-xogira yozishning xolislik va haqqoniylik tamoyilini o`zida aks ettirib turibdi.
essenavis U.Nazarov hovlisidagi har bir tasvirni, holatni, xarakatni erinmasdap batafsil tasvirlaydi. U o`zining markaziy qahramonini eshikdai kirib kelishidan boshlab batafsil tasvirlay­di: "Ko`chada "Volga" signal berdi. Keyii ko`cha eshik ogzida to`xtagani bilindi" (147-bet). SH.Xolmirzaev hovlida o`tirib, tashqaridagi xarakatni ichki intuitsiya bilan O`.Umarbekovga diqqatini qaratadi. Nihoyat, kutilgan mehmon - O`.Umarbekov hovliga kirib kelishini xotiranavis qanday ko`rgan bo`lsa shunday tasvirlaydi.
CHoyxonadagi suhbat asosida O`.Umarbekov qalamiga mansub "Qiyomat qarz" asarining yaratilishiga sabab bo`lgan omillar haqida ham ma`lumot olamiz. Hatto SH.Xolmirzaev shu davrada U.Nazarovda "Qiyomat qarz" hikoyasini fil’m qilish badiiy nnyat sifatida tug’ilganligini e`tirof etadi. essenavis bu turkum esselarda o`z ijodiga ham xolis yondoshib, ilmiy mulohazalarini beradi: "... Kechagi kun — kecha" dedik. Nima u? O`sha: kechagi kun - kechada, u - bugun bo`lolmaydi. YOxud "yovvoyi gul" madaniy gullar orasida o`sa olmaydi: so`liydi-quriydi. YOxud: har kim o`z o`rnida bo`lgani yaxshi-da...'". Ko`rinib turibdiki, SH.Xolmirzaev xotiralarda xotira bayon uslubining turli xil turlaridan foydalanadi: xotira-mulohaza, kuzatuv-mulohaza, ilmiy- mulohaza. Aslida bular psixologik tasvir vositasining ichki monolog turiga yaqin keladi. Qaysidir ma`noda, esse-xotiralardagi muallif bayoniga tegishli o`rinlardagi o`ziga xos ichki monolog deyish mumkin.
Hatto ayrim o`rinlarda SH.Xolmirzaev essening markaziy qahramoni O`.Umarbekovga taqlidan xatti-harakatlar qilganligini ham ta`kidlab o`tadi: "Men ham Umarbekovga taqlidan qo`limdagi tesha bilan o`tinga ishora kilgan bo`lib jilmaydim". essenavis butun diqqat-e`tiborini O`.Umarbekovga qaratgani holda, esse-xotiralarda o`ziga xos o`ringa ega bo`lgan boshqa qahramonlarning harakatini, holatini, ular haqida shaxsiy mulohazalarini ham ifodalashda ham davom etadi. Ammo xotiralar markazidagi qahramon O`.Umarbekov xarakter va voqealarni ulovchi vosita bo`lgan. Xususan: "mening xayolim asosan, O`lmas Umarbekovda esa-da, uning — chin bir o`zbek yigiti, mahalla bolasi sifatida bemalol savzi to`g’rayotganidan zavqlaiganim holda Botir Zokirovga ham e`tibor qila boshladim..." Demak, yozuvchi O`.Umarbekovga bo`lgan kuchli e`tiborini ta`kidlab, boshqa shaxslarni ta`riflash va tavsiflashga o`tadi. Xotiralar muallifi suhbatlar jarayonida O`.Umarbekovniig xatti-harakatini ichki intuitsiya bilan kuzatadi: " - Ja, shinavandasiz-de, Anvar, - dedi Umarbekov (sezib turibman) chin dildan'"(164-bet). essenavis shaxsiy his-tuyg’ularini, kuzatuvchanligini qavs ichida izohlaydi. O`. Umarbekovniig Anvarga murojaati, ular o`rtasidagi o`zaro suhbatdan so`ng SH.Xolmirzaev A.Maqsudov shaxsiga to`xtaladi. SHu o`rinda A.Maqsudov, O`.Umarbekov, T.Azizov, U.Nazarov, B.Zokirovlarning moddiy ahvoli xakida qistirma shaxsiy mulohaza va kuzatishlarini hikoya qiladi. O`zining o`sha davrdagi mod­diy ahvoli, oilasi, ijodiy ishlari haqida ham qisqacha ma`lumotlar beradi. Bunday qistirma epizodik tasvir va mulohazalar essega yopishmagandek, muhim emasdek ko`rinishi mumkin. Biroq bu yuzaki taassurot. Aksincha, esse-xotiralardagi bunday kistirmalar, epizodik tasvirlar qahramonlar xarakteri va fe`l-atvorini, hayotini o`rganishda muhim manba. SHuningdek real hayotiy-maishiy, ijodiy voqealarini ulovchi kompozitsion butunlik sifatida ishtirok etadi.
SH.Xolmirzaev mazkur esseda davraga O`.Hoshimov, A.Oripovlar kirib kelishi, O`.Umarbekov U.Nazarovning yangi kitobini ko`liga olib zavqlanishini bayon etar ekan, A.Oripov haqida qisqacha ma`lumotlar beradi, yana xotiranavis diqqatini O`.Umarbekovga qaratadi: "Umarbe­kov yana kitobni qo`lga olib, o`rnidan turdi... SHu narsani yana ta`kidlashni istar edimki, bu ijodkor yigitlarning Umarbekovga muomalasini keyinchalik ham beixtiyor kuzatib ko`rdim-bildim: aksar hollarda u kishining rayiga qarashar va o`zaro hal bo`lib bo`lgan narsalar xakida ham unga maslahat solishar, Umarbekov ham unga ular muomalasining qadriga etar va ulardan oshirib dildorlik ko`rsatar edi. Bundoq davralarda esa birinchi so`z, albatta, O`lmas Umarbekovga berilardi'"(178-bet). De­mak, SH.Xolmirzaev esse-xotiraning markaziy qahramoni O`.Umarbekov va umuman 60-yillar avlodi munosabatini yillar davomida kuzatadi. esse-xotiraning avj nuqtasida O`.Umarbekov bilan SH.Xolmirzaev osh qilishadi, qozonboshida adabiyot haqida, xususan, O`.Umarbekovniig "Gulchi qiz" hikoyasining badiiy-g’oyasi xususida o`zaro fikr almashishadi. YOzuvchi esse-xotiralarda real maishiy, ijodiy gurunglarni bayoi etar ekan, ularda muallif hikoyachi, kuzatuvchi, kichik personaj kaxramon sifatida ko`rinish beradi, O`.Umarbekov bilan xotiranavis muloqoti jarayonida har ikkalasining keng dunyoqarashi, o`ziga xos xarakteri ochiladi: "- Lekin menga shu hikoyaning yoqinkiramagan joyi ham bor edi, - dedim-u, yozuvchiiing yuziga qaradim. Uning manglayi tirishib ketgan. Bu achchiq-alamdan ko`ra, pinhona uyalishning iztirobli ajinlari edi...". YUz ifodasiga qarab, xotira muallifi kahramonning psixologik portretini yaratadi.
SHodmon Otabek: SH.Xolmirzaev memuaristikasi, "Saylanma" kitobning IV jildi hakida: "SHukur aka qaysidir maqolasida "Adabiyotda bo`lsin, hayotda bo`lsin umrim yo`lida iz qoldirgan shaxslar haqida
bir-bir esse yozib koldirishni ilgaritdan o`ylab yurardim", deb yozgan edi. CHindan ham bu kitobda adib turli xil shakllarni uzok yillar mobaynida kuzatishi natijasida yorqin xotira asarlar yaratdi. Darhaqiqat, essenavis hikoyalaridagi sinalgan ijodiy tajribasini esselarida ham qo`lladi. "Binafsha hidlang, amaki" esse-xotiralarida izohlash, batafsil tasviriylikdan unumli foydalanadi: "Ha, ha, keyinchalik ham ko`p marta sezdim: Umarbekov asari biron bir kitobxonga ma`qul bo`lmaganini eshitsa ham, qattik aziyat chekar, ko`p vaqt qovog’i ochilmay yurardi. SHuning uchun Uchqun ham: "O`lmas bilan avaylab gaplashish kerak", der edi-da, keyin: "O`lmas juda orli, ko`ngli nozik adib, - deb qo`yardi. - Tagi beklardan chiqqan-da. Toshkent beklaridan. Aristrokratligiyam shundan. Qo`li ochiqligiyam. Mardligiyam. Genlarida bor-da...". essenavis qahramon xarakteridagi noziklikni xotiradagi boshqa kahramon mulohazalari bilan ham dalillaydi. Bu qismda ziyofat chog’idagi gurunglar, davraga M.Burhonovning kirib kelish tasviridan so`ng markaziy qahramoni O`.Umarbekovni yana kuzatishda davom etadi: "Piyolalar bo`shagach, Uchqun O`lmas Umarbekov bilan o`choqboshiga ketishdi". YOzuvchi asar oxirigacha o`z maksadidan chalg’imaydi,qahramonini tinimsiz "ta`qib etadi". U 60-yillar avlodi hakidagi shaxsiy ichki kechinmalarini bayon etar ekan, shu usulda yana O`.Umarbekovga urg’u beradi: "Ha, bu avlod vakillari bilan o`tirish, tanishish, engil va og’ir mavzularda gurunglashish, ularni
bilish men uchun qanchalik zavqli, faxrli bo`lmasin, baribir o`zimni tortibroq yurishni dilimga tugdim. Va shu damning o`zidayoq munglanib, go`yo hayot kamsitgan muiglig kishi holatiga tusha boshlagapimni sezdim: axir kanday uzoqlagay - o`zim yaqinlashishni orzu kilganlarimdan, xususan, O`.Umarbekovdan?"(158-bet).
SH.Xolmirzaev tasvirlarni bo`rttirib tasvirlash maqsadida ayol kishining ro`molidan detal’ sifatida juda yaxshi foydalangan. “Bir vujudda ikki jon” essesida onasining shol ro`molining hilpirab, shamolda o`ynab osilib kelishi tasvirni yanada kuchaytirgan. esse-xotiralardagi individu­al tasvir va bayon uslubiga ko`ra SH.Xolmirzaev har bir predmetni erinmasdan izohlaydi. U shunchaki, onamning shol ro`moli
osilib kelar edi, demaydi. Aksincha, muallif "Totor dugonasi to`qib bergan shol ro`mol" deb ta`kidlaydi. esse qahramoni Oysha momo nutqida sof Surxon shevasi qo`llanilgan: "- Dog’ingdi ko`rmayin. SHunday- shunday kep turmaysanmi, balam? O`tir. Xayri, ko`rpacha to`sha, xoda juttingma?".
Adib “U kishim ustoz, men-shoigrd” essesida turli-tuman: lirik chekinish, o`z-o`ziga murojaat, retrospektiv tasvir, qahramonlar nutqi orqali portret chiziqlarini chizish kabi usullarni mohirlik bilan qo`llaydi, o`y-xayollari orqali ustozga ehtirom ko`rsatish yo`lidan boradi, bular birlashib Ustozining mukammal qiyofasini yaratishga xizmat qiladi. Hayotda tirik bo`lgan Ustoz haqidagi tirik xotiralar yurakdan chiqqani uchun tabiiy ko`rinadi. SH.Xolmirzaev Ustozining «Badiiy mahorat masalalari» maqolasini o`qigandagi holatini shunday tasvirlaydiki, go`yo «O`tgan kunlar»ni o`qib hayratga tushgan kitobxonni ko`rganday bo`lasiz. Bu «Adabiyot- hayot ko`zgusi» degan iborani jo`n tushungan talabaning munaqqid so`zining sehridan hayratlar va go`zalliklarga oshno bo`lgandagi qalb ifodasidir.
YOzuvchi SH.Xolmirzaev uslubiga xos bir ajib xususiyat uning esselarida ham yorqin ko`rinadi: yuqorida aytganimizdek asarda bosh qahramon M.Qo`shjonov bo`lsa-da, ba`zi qismlarda adibning o`z hayoti, sevgisi yoki SHukur Burhon bilan bog’liq voqealar, do`stlari bilan kechirmishlarini ham zavq bilan o`qiymiz. Ayniqsa, Saida bilan bog’liq lavhalar badiiy asardagidek o`quvchini o`ziga tortadigan darajada jozibali chiqqan.
Adabiyotda yozuvchi maktublari borki, ular ijodkor hayotida muhim o`rin tutadi. SHu bilan birga shogirdning ustozga, ustozning shogirdga maktublari ularning ijodida katta ahamiyat kasb etishi mumkin ekan, bundan tashqari ularning maktublari orqali ijod jarayoni ustidagi ishlari, mahorat sirlari va boshqa juda ko`p jihatlarni o`rganish mumkinligini yuqoridagi xatlar yorqin ko`rsatib turibdi.
Abdulla Qahhorning yosh iste`dodli ijodkorlarga yozilgan hajman qisqa, bo`lsa-da, ular ijodi uchun katta ahamiyat kasb etgan maktublari mavjud. Uning SH.Xolmirzaevga yozgan maktubi haqida essening “Ana yangilik, mana yangilik” qismida adib to`xtaladi. A.Qahhorning maktubi qisqa va aniqlikka ega: «Hurmatli SH.Xolmirzaev!
«SHarq yulduzi»da bosilgan «To`lqinlar» povestingizni o`qidim. Povest’ yaxshi taassurot qoldirdi. Ma`murjonni boshda tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka intilasiz. YOzuvchilikda ko`zingiz ochilib kelayotganligi ko`rinib turibdi. Nazarimda, povestning nomi to`g’ri emas.
Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin!
Salom bilan Abdulla Qahhor»1
Bu xat va e`tiborning SH.Xolmirzaev ijodi va hayotida qanchalik katta o`rin tutganligini keyinchalik ham, esseda ham yozuvchining o`zi ham e`tirof etadi. Ustozi M.Qo`shjonovning Til va adabiyot institutiga direktor bo`lib tayinlangani, Saidaning unga turmushga chiqishga rozilik bildirgani uning uchun natijalar bo`lib hisoblanadiki, adib xursandligidan “O`n sakkizga kirmagan kim bor” qissasini yozayotganligini ham aytib o`tadi.
Xulosa qilib aytganda, adib esselarida badiiy kuchli bo`yoqlarda beriladi, uning hikoya, qissa va romanlari kabi esselar ham yozuvchi dunyoqarashini, samimiyatini tabiiy tasvirlashi jihatidan SH.Xolmirzaevning essenavislik mahoratini ko`rsata oladi. Ayniqsa, M.qo`shjonovga bag’ishlangan esseda shogirdning ustozga bo`lgan samimiy hurmati juda yuksak pardalarda tasvirlangani o`quvchi e`tiborini tortmay qolmaydi.



Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin