Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


YOzuvchi mahoratining esse tilida aks etishi



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə23/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

3.3. YOzuvchi mahoratining esse tilida aks etishi

SH.Xolmirzaev hikoya, qissa, romanlarida tilga alohida e`tibor bilan qaraydi. YOzuvchi asarlarida o`zi tug’ilgan vohaning milliy koloriti, ruhi, barcha qadriyatlari til orqali namoyon bo`ladi. Adibning esselarida ham bu xususiyat yorqin namoyon bo`lganini ko`ramiz.


SH.Xolmirzaev esse-xotiralarida qahramon nutqida dialekt xususiyatlaridan, dialog, ichki monolog, avtor bayoni singari badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanadi. essenavis qahramon xarakterini ochishda batafsil tasviriylik tamoyiliga amal qiladi. (SH.Xolmirzaev "Binafsha hidlang, amaki").
SH.Xolmirzaevning "Farg’ona yo`llarida" essesida tasvirlanayotgan voqealarda Uchqun Nazarovning rejissyorlik va yozuvchi sifatidagi qiyofasi, shuningdek, uning fe`l-atvoriga xos bo`lgan cho`rtkesarlik va keskin xarakterlilik tasvirlanadi. Bu turkum esselarda yorqin anglashiladigan xarakter - qahramonlarning o`zaro suhbatida ruscha so`zlarning haddan ziyod ko`p ishlatilishi. Ayniqsa, bu holat O`lmas Umarbekov, Uchqun Nazarov, Botir Zokirov, Mutal Burhonov kabi qahramonlar nutqida bo`rtibroq ko`rinadi. Albatta, bu SH.Xolmirzaev tanlagan xos uslub. CHunki o`sha paytdagi davr va muhit 60-yillar avlodiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmagan, ular bolaligidan rus maktablarida tahsil olgan, oilada, do`stlar davrasida, jamoa joylarda ham rus tili orqali muloqot kuchaygan bir davr bo`lgan. SHularni anglab etgan essenavis ularning nutqidagi jargon va dialekt, o`zga til unsurlarini hayotda qanday bo`lsa shundayligicha kitobxonga takdim etadi. Fikrlarimizni isbotlash uchun SHukur Xolmirzaev bi­lan Botir Zokirov suhbatidagi bir parchaga e`tibor beraylik:
" - Hikoya menga yokdi, - dedim. Gapim shu. Qanday qabul qilsangiz shu, o`zingiz bilasiz.
- Neujeli?
-Da" (165-bet).
YOki O`lmas Umarbekov nutqidan:
"... Nizom, Abdullajon, bizziyam bitta kitobni U.Nazarovnikiga o`xshatib chiqarib beringlar. Duo qilamiz. Botir, chto s toboy?". Kompozitor Mutal Burhonov nutqida esa ruscha ibora va jumlalar haddan ziyod ko`p qo`llanilishini ko`rishimiz mumkin. Xususan:
"- Vsyo taki nado borot’sya! Za pravdu, za spravedlivost’! Za svobodu!"
esse qahramonlaridan O`lmas Umarbekov, Botir Zokirov, O`tkir Hoshimov nutqida esa Toshkent shevasi ustunlik qiladi.
SH.Xolmirzaev adabiy til me`yoriga amal qilmaydi, ya’ni "sabzi"ni "savzi" shaklida ishlatadi. Sababi qahramonlar mahalliy vakil - toshkentliklar, yoki viloyatdan shaharga kelib toshkentliklashib ke- tishgan.
SH.Xolmirzaev ijodida tabiat va hayvonot dunyosiga murojaat katta o`rganish manbai bo`la oladi. esse matnida metofora, metonimiya, o`xshatish, sifatlaga singari badiiy tasvir vositalarini kuzatish mumkin. CHunonchi: "50-yillarda onam, demak, o`gay otamni boshiga pana qilgan edi". Oysha momo nutqida: "Peshonam tor ekan, nima qilay?" - deydi. Peshona - metonimiya hodisasi bo`lib, u o`zining asl ma`nosidan tashqari ko`chma ma`noda, ya`ni peshona - taqdir ma`nosida istifoda etiladi. SHuningdek, frazeologizmlardan ham keng foydalanilgan: bir yoqadan bosh chiqarmoq, ensasi kotmoq, ko`ngli yumshab ketmoq, aqlini jeb ketmoq va h. k. YOzuvchi xalk maqollarining Surxon viloyati shevasidagi variantidan o`rinli foydalanadi: enkayganga enkaygin - boshing jerga tekkincha, qakqayganga qaqqaygin - boshing ko`kka jetgincha; birovga o`lim tilagandan ko`ra, o`zingga umr tilamaysanmi?; tug’ishgandan tutingan abzal; birovga choh qazsang, o`zing jig’ilasan va h.k. SHuningdek, original o`xshatish va sifatlashlardan foydalangan: "oltmishinchi-etmishinchi yillardan chiqib kelayotgandek", "o`tmishdan chiqib kelgan ajabtovur mehmonlar", "etmishinchi yillar bag’ridan chiqkanga o`xshab..." kabilar. Oysha momo timsolida poydevori bo`sh jamiyat uchun fidoiylarcha mehnat kilgan, xizmatlari uchun ordenu medallarga aldangan shaxe fojeasi ko`rsatilgan. Qolaversa, tashki va ichki "men" o`rtasidagi kuchli kurash jarayonini yoritgan ajoyib esse namunasi hisoblanadi. Qarama-qarshilik kechayotgan inson ruhiyati SH.Xolmirzaev esse va badi`alarida ijodkorlar, adabiyotning tom ma`nodagi jonkuyarlarining hayoti va ijodi, qismatida muhrlangan.
"SHimol yog’dusi" essesida Surxondaryolik jurnalist va yozuvchi Zoyirjon Mamajonovning ziddiyatli hayoti aks ettirilgan. SHimol — oppok koru muzliklar makoni bo`lishi bilan nurlik va pokizalik ram- ziga o`xshatiladi. SHu ma`noda, SH.Xolmirzaev o`z kahramonini shimol yog’dusiga o`xshatadi. Go`yoki u oppoq tuyg’ular, tilaklar singari atrof- dagilarni o`ziga tortadi.
essenavisning bir turkum Surxon jamoat arboblariga bag’ishlab yozilgan esselarida qahramonni o`z tilidan gapirtirish uslubidan foydalangan. Xususan, "Arbob armoni" turkum esselarida bu holat yakkol ko`rinadi.
Iste`dodli jurnalist SHodmon Otabek "Adabiyot kismat bo`lsa..." maqolasida o`zbek essechiligida barkali ijod qilgan SH.Xolmirzaev haqida shunday deydi: "... SHukur Xolmirzaev esselarini xotira sifa­tida yozilgan memuar adabiyotning ajoyib namunalari deynsh mumkin. e`tirof etish kerakki, yozuvchi hnkoyachilikda qanday maktab yaratgan bo`lsa, esse janrida ham o`ziga xos bir yo`nalishni boshlab berdi1. Darhakikat, SH.Xolmirzaev 60-yillardan boshlab o`zbek memuar adabiyotini o`zining 20 dan ziyod esse-xotiralari bilan boyitdi. "Binafsha hidlang, amaki" turkum esselarida 60-yillar avlodi hayotini xolis va haqqoniy kuzatdi. Ba`zi esse-xotiralarida adib qahramonlarini o`z tilidan gapirtirdi. Jumladan, "Bir oqshom suhbati" essesi rassom bilan suhbat asosiga qurilgan.
Tabiat tasviri esse-xotirada etakchi komponent sanaladi. Xotirada, SH.Xolmirzaev badiiyat unsurlaridan bo`lgan peyzaj vositasiga murojaat etish bilan o`zbek essechiligida yangicha ko`rinishdagi esse-xotira yaratdi. CHunki esseda peyzaj tasvirlari qahramonlar ruhiyatnga monand aks ettirishi bo`lib, bu epik turning hikoya, ro­man, qissalardagi kabi badiiylikni, obrazli ifodani esga soladi. Avvalo, peyzaj tasviri esseda qahramonlarning kayfiyatini ochishga karatilgan. "Ro`paradagi daraxtlar biram qalin, xuddi kech kuz nafasi bularga kor qilmagandek, anhor ham sovub ulgurmagandek bosik shovullar, goho-goho shoxlar orasidan elib o`tgan sho`x shabada yon tomondan urilar, u ham yoqimli edi'"63. SH.Xolmirzaev bilan A.Oripov o`rtasidagi suhbat ham kuzning shabadalari singari mayin va yokimli, ayni paytda samimiy va do`stona kechadi. Ikkala do`st o`rtasidagi o`zaro suhbatdan so`ng muallif-qahramon ilk bor A.Oripovning ijod qilishini, unda shu kungacha sezgan she`riyatga bo`lgan salohiyatini ay­nan shu do`stona suhbatda kashf etadi. esse-xotira ikkita talaba o`rtok kuzning xazon faslida, yoqimli shamollari bag’rida suhbatlashishadi. essenavis aynan kuz fasliga doir badiiy detallarni mantiqiy davom ettirib, asar echimida shunday jumlalar bitadi: "Kuz havosi ham bezovta, kechagi shamol yana kuchaygandek, endi yo`l bo`yidagi o`ris daraxtlarning so`nggi barglarini uchirib tushirardi"( 189-bet).
Bizningcha, muallif kuz havosining bezovtaligini, shamolning kuchayganligini, daraxtlardagi so`nggi barglarni uchirib tushirganligini ta`kidlash bilan yangi chinakam iste`dodning ko`z ochganligiga ishora kiladi. Zero, inson umrining yoshlik davrida shoshqin, hissiyotlarga beriluvchan, ruhan tetik, hayotga, bilimga va muhabbatga chanqoq bo`ladi.
Umuman, esse-xotirada tabiat lavhalari sochma holda ruhiyat holatlariga mutanosib ravishda berilgan. Asarda kuzning yoqimli shamollari qo`ynida ketayotgan ikki qahramon tabiat bilan uyg’unlikda tasvirlanadi: "E-e, SHukurjon, - dedi u shlyapasi qoshiga tushgan boshini egib shamolni suzgandek". Bu xotirada ajib tarzda aks ettirilgan vaziyat va kayfiyatga esh tasvir hisoblanadi. SH.Xolmirzaev bunday tabiat tasvirlarini chizar ekan, qahramon xarakterida ham samimiylik va beg’uborlikni ko`radi: "Endi o`ylab qarasam, qanday pokiza damlar ekan - o`sha damlar! O`sha shamol ham o`zgachadek, plashlarimizning etaklari elpinishi ham, surilib - shamolni suzib olg’a jilishimiz ham..."
SH.Xolmirzaev do`stining she`r yozilgan daftarini o`qib chiqar ekan, aynan "Kuz" she`ri diqkatini o`ziga tortadi. Muallif shoirning "Kuz" she`ri haqida mulohaza yuritganida, tanlangan she`r xotira matnida mantiqiy izchillik va xotira-kechinma real voqealarni ma`lum bir tizimga keltirishda fokus vazifasini o`tagan. SHu o`rinda essenavis esse janrining paradoksli mulohazakorlik xususiyatidan unumli foydalanib, she`rdagi "erinchoq kuyosh", "sovuk yaltirayotgan xazonlar" haqidagi obrazli fikrlarini bayon etib, o`z shaxsiy, erkin munosabatini bildiradi.
Xulosa shuki, "Yo`llar ayro tushdi, ammo ..." essesida kuz peyzaj tasviri birinchidan qahramon kayfiyati va holatini ochishga xizmat qilsa, ikkinchidan asardagi holat va vaziyatga mutanosib ravishda voqealar mantikiy izchillikda yoritilib, falsafiy-ramziy ma`no kasb etgan.
Kuzatganimizdek, SH.Xolmirzaev qator esse-xotiralarida qah­ramon haqida to`liq tasavvur paydo qilish maqsadida badiiy tasvir vositasi bo`lgan portret, peyzaj unsurlaridan xam mahorat bilan foydalanadi. Xotiralar kundalik hayotning quruq bayonlaridangina iborat emas. Unda shaxsiyatlar ochiladi. SHaxslar biografiyasi, jamiyatga ko`rsatgan foydali xizmatlari, o`ziga xos xarakteri, fe`l-atvorini yorqin ifodalash maqsadida essenavislar xotira janriga xos hujjatlilik, xronologik bayoi elementlarini badiiy, obrazli tasvir bilan boyitishdi. Natijada, esse-xotiralar mazmuni quyuqlashib, shaxslar talqini bo`rtib ko`rinadi. Bundan tashqari, yozuvchi qahramon nutqida Surxon va Qashqadaryo dialektini ham qo`llaydi: "- Xo`p deng, - tazyiqmi-zulmmi qilib - xullas, unga dovib dedim..." (Surxon shevasidan).
Umuman "Yo`llar ayro tushdi, ammo..." essesida tabiat lavhalari kahramon kayfiyati va holatini ochishdan tashqari, xotira kechinmalar tizimini bitta joyga ugoshtiruvchi muhim komponent sifatida ishtirok etadi.
SH. Xolmirzaev esse-xotiralari, ko`pincha favqulodda kutilmagan tadorik bilan boshlanib, ularda yozuvchi kuzatuv, mulohaza, xotira, tafsilot, kontrast tasvir vositalaridan unumli foydalanib, pishiq va puxta kompozitsiyali xotiralar yaratadi. "Binafsha hidlang, amaki", "Yo`llar ayro tushdi, ammo...", "Takdir bashorati" kabi esselari ana shular jumlasidan sanaladi.


Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin