Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


SH.Xolmirzaev esselari tasnifi



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə15/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

SH.Xolmirzaev esselari tasnifi.
esse –yozuvchi xotiralari, uning o`y-kechinmalari, u his qilgan,uning aql-idrokin band etgan tasvirlar bayonidir. Bu janrning adabiyotimizga kirib kelganiga uncha ko`p vaqt bo`lgani yo`q. O`zbek adabiyotini nasrning turli janrlari bilan bir qatorda esse janri bilan ham boyitgan va bu borada o`z o`rniga ega bo`lgan ijodkor SHukur Xolmirzaevdir. Ijodkor esseni “…inson qismatining ma’lum davri bo`lagiga nisbatan o`z munosabatini ochiq-oshkor bildirib turish barobarida o`z ko`nglida tug’ilgan qandaydir his-hayajonini ham, hatto shaxsiy mulohazalarini ham bemalol yozish imkoniga ega” bo`lgan “yorqin janr, bundan tashqari, u agar ta’bir joiz bo`lsa, “razmersiz janr”, deya ta’riflaydi8.
“Essening hajmi va shakllari xilma-xil. Ikki-uch satrdan iborat kichkina bir hayotiy manzarani yoki voqealar tasvirini ifodalashi, fikr yoki kechinmaning aforistik talqinidan to epik janrga xos katta hajmli asar ham bo`lishi mumkin”. SH.Xolmirzaev ijodida roman, qissa, hikoyalari katorida esse va badi`alari ham salmoqli o`rin tutadi. Adibning "Tog’larga qor tushdi" to`plamiga beshta essesi kiritilgan: "Tog’larga qor tushdi", "Takdir bashorati", "Oldi ortingga qara", "Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev", "Tanqidchiga uch maktub". SHu jihatdan qaraganda, SH.Xolmirzaev ijodida essening turli xil yo`nalishlari uchrashi kuzatiladi. Adibning qizi yozuvchi saylanmasining to`rtinchi jildiga yozgan so`zboshisida ularni quyidagi turlarga ajratadi. Masalan, badiiy, tarixiy, xotiraviy, publitsistik yo`sindagi esselar.
1. Badiiy esselar: “Taqdir bashorati” (SHukur Burhonov haqida), “Binafsha hidlang, amaki”.
2.Tarixiy esselar: “Qadimgi Baqtriya tuprog’ida”
3.Xotiraviy esselar: “Ay, SHuhrat akam-a...”, “Odil aka haqida o`ylasam...”
“Bu kishim – ustoz, men –shogird”
SH.Xolmirzaevning barcha esselarini mavzu jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1) San`at ahli haqidagi esselar: "Binafsha hidlang, amaki" turkumi, "Odil aka haqida o`ylasam...", "SHaydolik", "Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev", "Tanqidchiga uch maktub", "Taqdir bashorati", "Ay, SHuhrat akam-a", "Yo`llar ayro tushdi, ammo...", "SHimol yog’dusi" va "Kashf etmoq zavqi", "U kishim - ustoz, men - shogird";


  1. Yüklə 233,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin