Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Tadqiqot ob`ekti va predmetining belgilanishi



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə8/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Tadqiqot ob`ekti va predmetining belgilanishi. Ishning asosiy ob`ekti sifatida SHukur Xolmirzaev esselari olindi. SHu bilan birga adib bilan bir davrda yashagan ijodkorlar tomonidan yaratilgan esselarga ham murojaat qilindi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida o`zbek adabiyotining etuk vakili, adib SHukur Xolmirzaev yaratgan esselarni monografik tarzda o`rganish maqsad qilib olingan. Bu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni echish belgilandi:
- o`zbek adabiyotida yozuvchi essenavisligi taraqqiyotini o`rganish va SH.Xolmirzaevning essenavislikda tutgan o`rnini ko`rsatish;
- esse janriga oid nazariy qarashlarni o`rganish;
- yozuvchi esselarining mavzular va obrazlar olamini tadqiq etish;
- adibning esselarini tasnif qilish; obrazlar olamini yoritib berish;
- adib esselarini tahlil etish jarayonida uning o`ziga xos uslubini belgilash;
- adib asarlariga, xususan, esselariga mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan baho berish;
- adib ijodiga, essenavisligiga xos xususiyatlarni aniqlash, uning uslubi va mahoratini o`rganish orqali mahoratini ochib berish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:

  1. O`zbek adabiyotida mustaqillik yillarida essenavislikda yangilanish jarayonlari kechayotganligi.

  2. Essenavislikka bag’ishlangan tadqiqot va maqolalarda janrning turlicha talqini masalasining olib chiqilganligi.

  3. Essenavislikda milliy ruhning kuchayishi, zamonaviy qahramonlar yaratishdagi yangilanishlar va uning taraqqiyot tamoyillaridagi oldinga siljish, o`zgarishlar ekanligini yorituvchi tadqiqotlar soni oshayotganligi.

  4. Istiqlol davri o`zbek adabiyoti shakl va mazmun jihatidan yangicha ruhdagi adabiyotga aylanib bormoqda. Bunda esse janridagi o`ziga xosliklarni ochish yo`lidagi izlanishlarning ko`payayotganligi va bunda SH.Xolmirzaevning o`rni ko`rsatilganligi.

  5. Adabiyotshunoslik oldida ana shu ijobiy o`zgarishlarni tahlil va talqin etish muammosi turganligi.

  6. Istiqlol davri o`zbek essenavisligidagi ijodiy izlanishlarning SH.Xolmirzaev ijodi misolida umumlashtirilganligi.

  7. Esse janri nazariyasining keng miqyosda tadqiq etilganligi. Janr poetikasidagi o`zgarishlar tadqiqiga yangiliklar kiritilganligi va bunda SH.Xolmirzaevning qo`shgan hissasi ko`rsatilganligi.

9. essenavislikda janrning ilmiy-nazariy asosini tashkil etuvchi yondashuv va usullar talqini. Adib esselari tahlili.
10. Adib esselari tasnifi va badiiy-estetik tamoyillarning yangicha talqini masalasi.
11. O.YOqubov, P.Qodirov, SH.Xolmirzaev kabi ikki asr bo`sag’asida ijod etgan iste`dod sohiblari asarlari talqinlaridagi yangilanish tamoyillari.
13. Adabiy jarayondagi yangilanish va essenavislikdagi bahs-munozaralarga munosabat.

Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin