Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə9/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). O`zbek adabiyotshunosligida esse janri haqidagi mulohazalar ba`zi tadqiqotlarda ko`rinadi. Masalan, adabiyotshunos O`.O`taev munaqqid I.G’afurov ijodida adabiy tanqidning maqola, taqriz, ijodiy portret, ochiq xat, dialog, bahs, adabiy fel’eton, adabiy o`ylar, adabiy qahramonlarga xatlar, badia kabi janrlar uchrashini qayd qiladi1. Adabiyotshunos N. Rahimjonov, qoraqalpoqlik olim B. Paluanovning nomzodlik dissertatsiyasida, adabiyotshunos olima M.Qo`chqorovaning nomzodlik dissertatsiyasida esse janri, uning xususiyatlari, SH.Axmedovaning o`zbek adabiy tanqidi janrlariga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyalarida adabiy-tanqidiy esse janrining tabiati, taraqqiyoti tadqiq etilgan1.
B.Valixo`jaevning «O`zbek adabiyotshunosligi tarixi» kitobi mumtoz adabiyotshunosligi va tanqidchiligidagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqid janrlari haqida ilmiy-nazariy qarashlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda esse haqida alohida to`xtalmasa-da, olim uning belgilari mumtoz adabiyot va adabiyotshunoslikda mavjudligini ko`rsatadi2.
esseistika alohida soha sifatida allaqachonlar shakllanib ulgurgan, essening turli ko`rinishdagi shakllari yaratilgan bo`lsa-da, uning ilmiy-nazariy jihatlarini o`rganishga XX asrning 90-yillaridan boshlab kirishildi N.Rahimjonov), uning janriy xususiyatlari haqida (M.Qo`chqorova), qoraqalpoq adabiyotida esse janri paydo bo`lishi va shakllanish muammolarini o`rganishga qaratilgan tadqiqot yaratildi (B.Paluanov). Ikkala tadqiqotda ham sof belletristik ijod namunalari bo`lgan badiiy esselar o`rganilgan. SH.Axmedova esa adabiy-tanqidiy esselarni o`rgangan.
O`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida yozuvchi, shoirlar hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy-biografik xarakterdagi tadqiqotlar oltmishinchi-etmishinchi yillarda ko`plab yaratilgan. SHu bilan birga Fitrat, CHo`lpon, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor kabi yozuvchilarning adabiy-tanqidiy merosiga, faoliyatiga bag’ishlangan shu tipdagi asarlar ham shu yillarda ancha yaratilgani ma`lum. O`zbek yozuvchisi SHukur Xolmirzaev essenavislik faoliyatiga, qarashlariga bag’ishlangan ba`zi maqolalar, tadqiqotlarni hisobga olmaganda, uning shu sohadagi faoliyati yaxlit holda kam o`rganilgan. Adabiyotshunos olima M.Qo`chqorovaning nomzodlik dissertatsiyasi ayni shu muammoni tadqiq etishga qaratilganligi bilan ilmiy-nazariy qimmatga egaligi ko`rinadi.Olima SH.Xolmirzaev esselarini sof belleteristik esse nuqtai nazaridan tadqiq etgan.

Yüklə 233,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin