14
– maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga
hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil
etiladi:
– umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
– ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
– inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
– qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy
rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga
oshirilishi ta’minlanadi.
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoni-
yatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish
orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida
jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida
nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda,
shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: