4
Ushbu darslikda Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini
o‘qitishning maqsad va vazifalari – bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim-
tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga doir bilimlar bilan
qurollantirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar,
tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllan-
tirishning pedagogik asoslari kabi masalalar yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi
bilan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida Oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, jismonan
sog‘lom ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy
nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq, yoshlarni tarbiyalash, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni ijodiy va
intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berilgan
Dostları ilə paylaş: