12
Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini
boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi
fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi
va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan
holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va
hokazo) tadqiq qiladi.
Yosh psixologiyasi maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish
fanini turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu
tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini aniqlashda yordam
beradi.
Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga
xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim
berishning ratsional mazmun, metodini asoslash va shaxsning
shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi.
Pedagogika jamoani tashkil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni
jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda
sotsial psixologiya bilan qurollanadi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jismoniy
rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish,
uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy
va sotsial gigiyena, mehnat gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya
va boshqa fanlarning erishgan yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani
tashkil etish fani umumiy peda-
gogika bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning
umumiy qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tar-
Dostları ilə paylaş: