16
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir:
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul
qilinadilar. Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni
umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim,
ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Umumiy
o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o‘quvchilarga
bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o‘rta ta’lim DTS da
belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga
yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va
iste’dodini
rivojlantirish
maqsadida
muayyan
yo‘nalishdagi
ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-internatlar,
musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar
va tarbiyaviy fan yo‘nalishlar bo‘yicha
chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil
etish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi
tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat
tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim
muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-
tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini
tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-
estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash
sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
– birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Dostları ilə paylaş: