49
ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlagan ma’lum
maqsad va vazifalarni mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab
etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat va jamiyat
hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom aqlli, xushxulqli tarbiyalash
vazifasi qo‘yiladi.
Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga
yetishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti
millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sog‘lom avlodni
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Davlat va
jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida
rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Shunga ko‘ra “Maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga
tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim
tarbiya berish maqsadida 2002-yilda “Uchinchi ming yillikning
bolasi” dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratiladi.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning 17 foizi
ta’lim-tarbiya muassasalarida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada
tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota-
onalarga mo‘ljallangan.
2010-yilda “Bolajon” o‘quv dasturi ta’sis etildi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ijtimoiy tarbiyani tashkil
etish borasida olib borilgan barcha ezgu ishlar, maktabgacha ta’limni
kelgusida yanada rivojlanib, takomillashuvida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: