120
Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga singdirishga,
uning bayoniga avvalo, har xil ifodaviy usullar (yuz, ko‘z, va boshqa a’zolarning
har xil holati) bilan munosabat bildirish (asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish,
hayrat, tushunmaslik kabilar)ga qaratilgan bo‘ladi. Refleksiv tinglashda adresat
muloqotga so‘zlovchi mavqeida kirishganda
uning fikri kommunikator
(so‘zlovchi) bayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma (musibat, alam
yoki aksincha shod-xurramlik) larni boshdan kechirayotganda va tushunadigan
tinglovchiga muhtoj bo‘lganda qo‘llanadi, ya’ni suhbatdosh o‘z kechinmalari
bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lganda ishlatiladi.
Norefleksiv
tinglashda
javoblar
minimallashtiriladi.
Ular
neytral,
suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘lishi kerak. Ularning
eng keng tarqalganlari “Shundaymi?”, “Davom eting, bu juda qiziq-ku”, “Ha, ha
tushunayapman”, “Buni eshitishdan juda xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”,
“Shunaqa gaplar deng” kabilar. Bunday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi.
Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi
kabi texnikasi, usullari bor. Masalan,
so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi suhbatdoshni
qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul – so‘zlovchining so‘zlarini tinglab,
undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari,
tinglash jarayonida “Yo‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!”
kabi luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi.
Mutaxassislarning
aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45% ini
kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda
bo‘ladigan – savdo xodimlari, aloqachilar,
rahbarlar, muxbirlar 35-45% oylik
maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olar ekanlar
62
. Bundan xulosa
chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin tarkibiy qismidan
hisoblangan tinglash
qobiliyati odamga so‘zlashga nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida tinglashning foydasi, so‘zlash
mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr bildiradi:
Bu Aytoldы aydы sөzүg bilgәdin
Eshitgu biligsizkә aysa kedin
Ulug‘dыn eshitgү kerәklig sөzүg
Kichigkә ayu bergү tusa өzүg
Өkүsh tыңlag‘u sөz birәr sөzlәgү
Menә mundag‘ aydы biliglig bөgү
62
Мадэлин-Беркли Ален. Забытое искусство слушать. – Санкт-Петербург:Питер,1977. – С. 41.