114
3. Didaktik materiallar.
SALOM BERISH MADANIYATIGA DOIR
Salom berish – kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan urf. Har bir
so‘zlovchi so‘zini salomdan boshlaydi. Qadimdan nafaqat har ikki mo‘min-
musulmon, balki har qanday dindagi kishi uchrashib qolsa, bir-biriga do‘st yoki
dushman bo‘lishidan qat’i nazar, salomlashish shart hisoblangan.
Bu haqda
Qur’oni Karimda “...bu dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga
“Sen mo‘min emassan!” demanglar...”
53
, ya’ni salomga doimo alik olish shart
deyilgan. Shuning uchun salom berish sunnat (ya’ni
qilish yaxshi, maqbul, lekin
majburiy, zaruriy emas), lekin alik olish, salomga
muvofiq va munosib javob
berish farz sanaladi. Bu yerda ikki qadimiy rivoyatni eslab o‘tish foydadan xoli
emas. XVI asr yozma yodgorligi bo‘lgan “Gulzor”da va Koshifiyning
“Futuvvat”ida shunday rivoyat keltiriladi: Mahmud G‘aznaviy bir jangda juda oz
sonli qo‘shin bilan g‘animining juda qo‘p sonli lashkarini yengadi va g‘alabadan
keyin shukrona aytish
uchun otini chekkaga surib, ko‘zini yumadi. Allohga
hamdlar o‘qish bilan band bo‘lganida, kimdir otining tizginini ushlab, “sen
kimsanki, men sunnatni bajarsam, farzni ado etmaysan?” degan xitobidan ko‘zini
ochadi kechirim so‘raydi. Bunda kinoya usuli bilan “Men salom berdim, sen nega
javob bermaysan?” degan ma’no yashiringan.
Boshqa bir rivoyatda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan bo‘lgan bir voqea bayon qilinadi. Payg‘ambarimiz
hujrada hazrat Umar bilan o‘tirganlarida bir g‘ayri din kirib, “
Dostları ilə paylaş: