113
Zero, yaralangan, ikki dushmanini o‘ldirgan
51
, ashaddiy dushmani bo‘lmish
Homidboyning xanjarli qo‘lini qisib turgan Otabekning dushmanini sizlab
gapirishi, lekin ko‘pchilik qarindoshlari huzurida halol xotinini haromi,
buzuq
deb so‘kishi – u odam o‘ldirgan bo‘lsa-da – hech o‘zaro mos kelmaydigan
holatlardir.
Bu lavhaning siri muhit – Otabek yashab turgan davrning mutlaq Qonuni –
o‘sha davr Konstitutsiyasi bo‘lmish shariat ahkomlari bilan bog‘liq. Hozirgi
kitobxon bu ahkomlardan yiroq bo‘lganligi uchun ham Otabekning haqorat so‘zni
ishlatgani sabablari unga uncha ayon emas. Gap shundaki, shariat amriga ko‘ra er
xotinni guvohlar huzurida buzuq deb atasa, uning so‘zi isbotsiz qabul qilinadi. Bu
haqda Qur’oni Karimning “Nur” surasi 6-oyati karimasida erning guvohlarsiz
yakka holda o‘z
xotinini oshkor ravishda, ya’ni boshqalar huzurida buzuq deb
atashi xotin buzuqligini ko‘rgan to‘rt guvohning shohidligiga teng ekanligiga
ishora mavjuddir
52
.
Shariat ahkomlari bo‘yicha ma’lumki, er xotinni taloq qilsa,
yana qayta
nikoh qilib olishi, hatto uch taloq qilganda ham, “halola” qilib (ya’ni xotinini
boshqa birovga nikoh qildirib), qaytadan uylanishi va nikoh qilishi mumkin.
Lekin xotin er tomonidan buzuqlikda ayblansa, bu er shu xotiniga boshqa uylana
olmaydi, ya’ni o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan er-xotinlik munosabatlarida
bo‘la olmaydi. Agar u xotinini buzuqlikka oshkoro
ayblasa va yana u bilan
yashab ketsa, o‘sha davr jamoasi uni
mardud
sanaydi hamda jamoadan
chetlashtiradi, u bilan aloqalarni botil qiladi. Mana shuning uchun Otabek
Dostları ilə paylaş: