116
Salomlashish odobi haqida gap borganda “Qaysi holatlarda salom
berilmaydi?» deganda verbal, fonetik (tovush bilan) salom berish man qilingan
holatlar sanab o‘tildi. Lekin bu holat salomlashish pragmatik tizimining qolgan
tarkibiy qismlariga aloqador emas. Masalan, Qur’on tilovat qilinayotgan/amri
ma’ruf bo‘layotgan/ma’ruza o‘qilayotgan (ya’ni baland ovoz bilan salom berish
maqbul ko‘rilmagan sharoitdagi) xonaga kechikib kelgan kishining baland ovoz
bilan “
Assalomu alaykum
”
deyishi odobsizlik, lekin xonaga kirayotganda u
estetik salomlashish o‘zbekona odatining boshqa tarkibiy qismlarini odob
yuzasidan amalga oshirishi shart va zarur – xonaga kirayotganda qo‘lini ko‘ksiga
qo‘yib, boshini egib, jamoaga yengil ta’zim bajo qilib, bo‘sh joyga o‘tirib
tinglovchilarga qo‘shilishi kerak.
Shuning uchun tizimi tarkibiy qismlaridan qay birining muayyan bir
sharoitda ahamiyatliligi ma’lum vaziyat bilan belgilanadi. Oddiy suhbat- gurung
bo‘layotgan xonaga verbal, fonetik “
Assalomu alaykum
”siz
kirish qanchalik
xunuk va odobsizlik bo‘lsa, jamoa diqqat bilan tinglayotgan xonaga verbal,
fonetik salomlashish bilan kirish shunchalik xunuk va odobsizlikdir.
“Salom”
so‘zining o‘zi bir necha mazmun kasb etishini E. Qilichev o‘zining
“Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” kitobida quyidagicha bergan:
Salom
! – “Keling”
Salom
! – “Xo‘sh, xizmat”
Salom
?! – “Yana keldingmi?”
Salo-o-o-m
! – “Juda vaqtida kelding”
Salom
!!! – “Gap tamom”
Salom
! – “Ha, ishing tushdimi?”
Salom
! – “Bir past kutib turing”
Salom
! – “Vaqtim yo‘q, ketaver”
Sa-
lom
! – “Mana ishim bitdi, gapir endi”.
58
O‘zbek formal tilshunosligi yutuqlari asosida bu yerda zarurat –
munosabatlarni o‘rganish uchun zamin, tayanch material sifatida – berilgan
yuzaki bayondan ko‘rinib turibdiki, situativ-pragmatik vaziyat ([SPS])ning
lisoniy mimik noverbal vositalari ham ulkan rang-baranglikka ega va verbal
lisoniy birliklarga, odatda, hamroh bo‘lib, ularning ifodaviyligini kuchaytirib,
ta’kidlab, “bezab” keladi. Lekin zarur o‘rinlarda –
sharoit imkoniyati yoki
taqozosiga ko‘ra, noverbal vositalar verbal vositalarni almashtirishi, adresat yoki
kommunikasiya ishtirokchilariga adresant yetkazishi zarur bo‘lgan axborotni
noverbal usul bilan to‘laqonli, ta’sirchan uzatishi va u samarali bo‘lishi mumkin.
58
Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2002. – B. 15.
117
Nutqiy muloqotning ichki omillari ham, tashqi omillari ham hatto nisbatan
qisqa bir davr uchun mutlaq, o‘zgarmas emas – ular davr bilan o‘zgarib,
me’yoriylik (ijobiy~salbiy sifatida baholash mezonlarini yangilab) turadi.
Udumda “an’anaviylikka sadoqat” fetishistik omil istagan turdagi yangilikka
salbiy munosabatda bo‘lganligi buning asosi bo‘lsa, insoniyatda azaliy va abadiy
bo‘lgan “otalar va bolalar” muammosi – uning farzandi, mahsulidir. Masalan,
bundan 100 yil avval tanish erkakning qon-qarindosh bo‘lmagan tanish ayol bilan
qo‘l berib ko‘rishisha olishi o‘zbekning xayoliga ham kelmas edi. Hozir atigi
“xunuk” ko‘ringan, qarindosh bo‘lmasa ham, yaqin (sinfdosh,
kursdosh,
kasbdosh) begona erkak va ayollarning o‘pishib ko‘rishishlari ham, yoki
yoshlarning qomatlari va ko‘kslarini oldinga chiqarib, qo‘llarini baland ko‘tarib
salomlashishlari ham odat, yillar o‘tib “me’yor” tusini oldi. Axir, Ayniy
“Doxunda”
va
“Esdaliklar”asarida
guvohlik
berishicha,
Buxoroda
1915-1920-yillarda yaktak emas, yevropacha kamzul kiyib, chilim emas, papiros
chekkanlar “jadid” sifatida rasman qatl qilingan edi.
Tarix uchun nisbatan qisqa bo‘lgan keyingi 80 yillarda o‘zbek milliy kiyimi
kamida uch-to‘rt marta tubdan yangilandi. Bugungi kunda 20-yillar uchun me’yor
bo‘lgan
qiz-juvonlar
va
ayollar
milliy
kiyim-kechagini
hozir
faqat
muzeylardagina ko‘rish mumkin. O‘tgan asrning 30-yillarida qiz-juvonlar uchun
kostyum-yubka, erkaklar uchun kostyum-shim milliy bo‘lmagan, o‘ta rasmiy
ovrupoviy va, asosan, rasmiy-marosimiy yoki rasmiy ish kiyimi mavqeida bo‘lsa,
o‘sha asrning 60-yillariga kelib, bunday kiyinish odatiy,
aytish mumkinki,
milliylashgan, o‘zlashgan o‘z kiyimiga aylandi. Bundan yigirma yilcha oldin
milliy bo‘lmagan, hatto vulgar ovrupoviy kiyinish sanalgan qiz-juvonlar uchun
shim bugun o‘zbek qiz-juvonlarining odatiy, aytish mumkinki, milliylashgan ish
kiyimiga aylandi. Bugungi kunda, hatto sof milliy mato – atlas, xonatlas va har
xil zardo‘zi matolardan shunday zamonaviy milliylashtirilgan bichim va
rusumlarda tashqi kiyim-boshlar amalda qo‘llanilmoqdaki, ularni sof
milliy ham,
tub ovrupoviy deb bo‘lmaydi.
Bunday tarixiy o‘zgarishlar nafaqat kiyim-kechakda, balki nolisoniy
noverbal vositalar sirasida ham sodir bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan asr boshlarida
o‘zbeklar uchun bir qo‘l bilan – o‘ng qo‘llar kaftlarini yopishtirib, qo‘lni qisib
salomlashish odati mutlaqo yo‘q edi. O‘sha davrda o‘zbekona qo‘l berib
ko‘rishish, asosan, teng saviyali va darajali kommunikantlar orasida, shunda ham
rasmiyatchilik
59
munosabatlari saqlangan holda odatiy salom-alikdan keyin
59
Yaqin munosabatdagilar quchoqlashib,aytib o‘tganimizdek, bir-birlarini yelka va ko‘kraklarini
yengil
silashardi.