122
bayti epigraf sifatida qo‘yilgan asari “Avval tinglashni o‘rgan” da’vati bilan
boshlanadi.
Tinglash kommunikantlar maqsadida uyg‘unlik mavjud bo‘lgan taqdirdagina
amalga oshadi. Suhbatdoshlar orasida maqsad uyg‘unligi bo‘lmasa, xalq iborasi
bilan aytganda, suhbat
qovushmaydi yoki uziladi, ya’ni muloqot jarayoni
maqsadga erishmaydi. Tilshunos S. Mo‘minov bu haqda fikr yuritib, choyxonada
o‘ta ta’sirchanlik va kuchli hissiyot bilan Yusufjon qiziq uchun mutlaqo maqbul
bo‘lmagan mavzuda – qudalaridan shikoyat qilib “dardini to‘kayotgan” kishi
suhbatiga chek qo‘yish uchun o‘rnidan turib itga salom berganligi lavhasi
keltirgan
65
.
Shunga yaqin, lekin endi kishi tabiati bilan aloqador holatni Tohir
Malikning “Shaytanat” asaridagi Jamshid ismli qahramon tasvirida ham ko‘rish
mumkin. Muallif tasvirlaganidek,
“Jamshid gapdan ko‘ra ishni ma’qul
ko‘radigan yigit edi. U bilan o‘n kun turib, birga yurib, to‘rttagina gap
so‘rasangiz, hushiga kelsa, ikkitasiga javob qaytarar, xohlamasa, shu ikkita gap
ham yo‘q edi. ….Jamshid hamisha dangal gaplashishga o‘rgangan”
66
. Shunday
kamgap odam suhbatini yozuvchi quyidagicha tasvirlaydi:
Elchin uni gapga solish uchun:
– Cheksam maylimi? – deb so‘radi. Jamshid yo‘ldan ko‘z uzmagan holda
“ha”, deb qo‘ydi
67
.
– Bek akangiz salomatmilar, ko‘rmaganimga ham o‘n yil bo‘ldi, – dedi
Elchin.
Jamshid unga bir qarab oldi-yu, indamadi. Demak, ahvol chatoq, deb
o‘yladi Elchin
68
.
Kommunikantlar maqsadida uyg‘unlik bo‘lmasa – ko‘p hollarda adresant
maqsadini adresat qabul qilmasa – yuqorida ko‘rganimizdek,
muloqot buziladi,
maqsadiga erishmaydi va uziladi.
Kommunikantlarning madaniy saviyasi, ijtimoiy-ma’naviy dunyosi va yana
juda ko‘p omillarni hisobga olgan holda muloqot turli ko‘rinishlarda uziladi.
Masalan, S. Mo‘minov tasvirlagan holatda adresat adresant maqsadidan tamoman
boshqa mavzuga yoki faoliyatga o‘tadi (“dard”ini to‘kayotgan kishi iztiroblariga
mutlaqo befarqligini namoyish qilish uchun tamoman boshqa ishga –
suhbatdoshini qo‘yib, o‘rnidan turib itga salom beradi)
69
. “Shaytanat”dan
keltirilgan lavhada esa adresat muloqotga aslo kirishmaydi. Muloqot ba’zan
65
. Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol. fan. doktori. ... diss. –
Toshkent, 2000. – 235 b.
66
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 30.
67
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 34
68
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 34.
69
Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol. fan. doktori. ... diss. – Toshkent,
2000. – 235 b.
123
adresat tomonidan ancha keskinlik, hatto qo‘pollik bilan to‘xtatilishi mumkin.
Masalan:
– Tanimaysiz. Bir yaxshi odamni duo qilavering. Shu odam sizga muruvvat
qilmasa, qamoqda chirib ketardingiz.
– Yaxshi odam… Qilich Sulaymonovmi?
Yigit javob bermadi.
–
Asadbekmi ?
–
Sergap odam ekansiz! – yigit shunday deb jerkib berdi
70
.
Yuqoridagilardan
xulosa qilib ayta olamizki, NM tushunchasi mohiyatan
so‘zlovchining maqsadi bilan bog‘liq ekan, so‘zlovchi o‘z faoliyatini tinglovchiga
moslashtira bilishi, tinglovchi esa so‘zlovchi saviyasini bilishi, tinglashga tayyor
bo‘lishi kerak; so‘zlovchi va tinglovchining har biri o‘ziga xos bo‘lishiga
qaramay, maqsadlarida uyg‘unlik bo‘lmasa, muloqot samara bermaydi.
Muloqot jarayonida
fonatsion noverbal vositalar
sirasiga
Dostları ilə paylaş: