PATRIK GENRYNING NUTQI
VIRJINIA DELEGATLARI YIG‘ILISHIDAN AVVAL
Deyl Karnegining “Ommaviy nutq san’ati” asaridan
Janob Prezident, umid haqidagi puch xayollar kishini o‘ziga maftun etishi
tabiiy hol. Biz og‘riqli haqiqatni ko‘rganda ko‘z yumishga o‘rganib qoldik va
sirenaning kuyini to u bizni mahluqlarga aylantirguniga qadar tinglashda davom
etdik. Ozodlik uchun buyuk va og‘ir kurashga shaylangan dono kishilarning
qismati shumi? Nima, dunyoni qutqarishga urinayotgan bizdaylar ko‘zlari bo‘la
turib ko‘rmasdan, quloqlari kar bo‘lmay turib eshitmasdan o‘tib ketaveradiganlar
qatorida turishimiz kerakmi? Garchi qiynoqlarga solinish evaziga bunga
yetishisahimga to‘g‘ri kelsada, men butun haqiqatni to‘liqligicha bilishni, hatto
eng yomonlarini ham bilishni va ularni ko‘z oldimda gavdalantirishni istayman.
Hozir mening oyoqlarimni o‘z ortidan ergashtirayotgan faqat bittagina nur
bor, u ham bo‘lsa tajriba nuridir. Men o‘tmishga qarab kelajakni xulosa qilishning
hech bir yo‘lini bilmayman. Shu o‘rinda men o‘tmishga qarab fikr yuritish oxirgi
o‘n yil davomida Britaniya boshqaruviga yoki Britaniya hukumatidan ozodlik
so‘rab shunga umid qilib yurganlarga nima yengillik berganini bilishni istardim.
Bizning ozodlik so‘rab murojaaat qilganimiz haqidagi arznomani qabul qilib
ayyorlarcha jilmayib qo‘yishmi – bu? Ishoning, Janob, bu sizni oyog‘ingizdan
133
chalishdir, undan boshqa narsa emas. Aldamchi bo‘salarga ishonganlar kabi o‘z
joningizni azobga qo‘ymang. Bir o‘zingizdan so‘rab ko‘ringchi, bizning
suvlarimizni loyqalab butun diyorimizni zulmatga aylantirayotgan urushga
tayyorgarlik harakatlari to‘g‘risidagi bu kamtaringina arznomamiz qanday qarshi
olinarkan. Muammoni tinch yo‘l bilan hal etish uchun dengiz flotlari va
harbiylarning keragi bo‘larmikan? Nahotki, biz o‘zimizni shunchalik tinch
kelishuvga norozidek ko‘rsatgan bo‘lsak? Nahotki, bizni rozi qilish uchun harbiy
kuch chaqirib olishga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa? Janob, keling ortiq o‘zimizni
aldamaylik. Bularning barchasi qirolning oxirgi muzokaralardan so‘ng urush
qilish va bo‘ysundirish uchun harbiy kuchlarni yanada rivojlantirish maqsadida
qilayotgan harakatlaridir.
Hozir men shu yerdagi jentlmenlardan agar bizni o‘zaro birlashishga chorlay
olmasa harbiy intizomning nima keragi borligini so‘ramoqchiman. Buni qanday
izohlash mumkin? Dunyoning bu chekkasida Buyuk Britaniyaning qo‘shin
to‘plashiga yoki harbiy flot tuzishiga ehtiyoj tug‘diradigan hech bir dushmani
bormi? Yo‘q janob, uning bu yerda hech qanday dushmani yo‘q. Bu flot boshqa
biron bir maqsad uchun emas balki aynan bizlarni ushlab turish uchun tashkil
qilingan. Angliya hukumati juda uzoqni ko‘zlab bizning birlashmasligimiz, o‘z
kuchlarimizni bir joyga yig‘masligimiz uchun ularni bu yerga jo‘natgan.
Shuningdek ,axir nimaga ham bizning ularga qarshi isyon ko‘tarishimizga to‘g‘ri
kelsin? Aqalli biror marta ular bilan bahslashishga harakat qilib ko‘rganmizmi
o‘zi? Janob, biz bunga oxirgi o‘tgan o‘n yil davomida harakat qilib kelyapmiz.
Ammo bu muammoni hal etish uchun birontamiz biror yangilik taklif qila
oldikmi? Hech narsa taklif qilolmadik. Biz vaziyatni qo‘limizdan kelgunga qadar
yengillashtirishga harakat qildik, ammo bu harakatlarning barchasi behuda edi.
Nima endi biz ularning poyiga yiqilib iltijo qilishimiz kerakmi? Shuncha vaqtdan
buyon shunday qilib charchamadik, ammo bundan nima topdik? Sizdan o‘tinib
so‘rayman, Janob, bizga bundan buyon o‘zimizni aldamay yashashimizga izn
bering. Janob, biz hozir ustimizga yopirilib kelayotgan dovulni qaytarish uchun
qilinishi kerak bo‘lgan hamma narsani qildik. Biz iltimos qilib so‘radik, biz
norozilik bildirdik, biz yalinib yolvordik, biz qirol hukumati ostiga o‘zimizni
tashlab undan Vazirlik va Parlamentning zulmkor qo‘llaridan bizni xalos etishini
so‘rab o‘tindik. Bizning iltimoslarimiz pisand ham qilinmadi, bizning
noroziligimiz yanada kuchliroq bosim va tahqirlashlarni olib keldi, bizning
o‘tinishlarimiz nazarga ham ilinmadi va biz taxtning oyoqlari ostida nazar-pisand
etilmay, toptalib qolaverdik. Shuncha behuda narsalardan keyin ham biz tinchlik
umidida hammasiga ko‘naverib yashay olarmikanmiz? Ortiq bizning qalbimizda
umid uchun joy qolmadi. Agar biz erkin bo‘lishni istaymiz, agar biz bir necha
yillardan beri erishish uchun kurashib kelayotgan bebaho huquqlar uzoq muddat
134
saqlanishini xohlaymiz, agar biz bir necha yillardan buyon bizni o‘ziga chorlab
kelayotgan sharafli kurashlardan qochmaymiz, to g‘alabaga erishgunga qadar bu
ishga o‘zimizni bag‘ishlaymiz desak, unda biz jang qilishimiz kerak. Yana bir
bora qaytaraman janob, biz jang qilishimiz kerak! Bu yo‘lda qo‘llarimizdagi
qurollarni va urush xudosini bunga dalil qilib ko‘rsatish, bizdan qoladigan yagona
narsa shudir.
Janob, ular bizga o‘zimizning kuchsiz ekanligimizni aytadi – bunday
shiddatli raqibga bas kela olmasligimizni uqtiradi! Ammo biz qachon kuchliroq
bo‘lamiz? Kelasi haftami yoki kelasi yilmi? Yoki bu bizlar butunlay
qurolsizlantirilganimizda va Britaniya qo‘shini har bir ko‘cha hovlilarimizni
o‘zining harbiy bazasiga aylantirganda yuz beradimi? Biz kuchlarimizni
o‘zimizga ishonqiramay, pala-partishlik bilan bir joyga yig‘ishimiz kerakmi?
Yoki to dushmanlarimiz kelib oyoq-qo‘llarimizni bo‘g‘lab olib ketgunga qadar,
qarshi kurashishga kuchimiz bo‘la turib, hech narsa qilmasdan umidning soxta
ko‘lankasiga burkanib yotaveraylikmi? Janob, agar biz ona tabiat bizga in’om
etgan kuchni to‘g‘ri ishlata olsak, biz kuchsiz bo‘lmaymiz. Buyuk ozodlik uchun
kurashga chog‘lanib qo‘liga qurol ushlagan uch millionlab xalqni bu zaminda
dushmanlarimiz bizga qarshi kurashish uchun yuborgan hech qanday qo‘shin
mag‘lub eta olmaydi. Bundan tashqari, janob, biz jang maydonlarida yolg‘iz
o‘zimiz jang qilmaymiz. Butun xalqning taqdiri uchun boshqaruvni o‘z qo‘liga
olishga shay dovyuraklar, jang maydonlarida biz uchun kurash olib borishga
tayyor do‘stlarimiz talaygina. Janob, urush yolg‘iz o‘zi kuchli bo‘lganlar uchun
emas, urush – sergaklar, charchash nimaligini bilmaydiganlar, dovyuraklar
uchundir. Shuningdek, Janob, hozir bizda tanlash imkoni yo‘q. Garchi biz buni
juda xohlagan taqdirimizda ham endi jang qilishdan qochishga juda kech bo‘ldi.
Endi yana qulday bo‘ysunib yashash uchun orqaga yo‘l yo‘q. Chunki bizning
kuchlarimiz zanjiri allaqachon bir-biriga ulandi. Uning gumburlashi Boston
kengliklarini larzaga solmoqda. Urush muqarrar; va agar shuday bo‘lsa mayli
bo‘la qolsin! Men qaytarib aytaman , Janob, mayli urush bo‘la qolsin! Bunday
holatda vaziyatni yumshatishga urinishning o‘zi asossizdir. Kishilar “Tinchlik,
tinchlik” deb hayqirishadi, biroq tinchlik emas! To‘g‘risini aytganda, urush
allaqachon
boshlangan!
Shimoldan
yopirib
kelayotgan
keyingi
dovul
quloqlarimiz ostida avtomatlar gumburlashiga sabab bo‘ladi! Bizning yor-u
birodarlarimiz allaqachon urush maydonlarida jang qilmoqda! Shunday ekan
nimaga biz bu yerda vaqtimizni behuda sarflab o‘tiribmiz ? Bu insonlar istagan
narsa o‘zi nima? Ular nimani xohlagan bo‘lardi? Hayot shunchalik qadrlimi, yoki
qul bo‘lish evaziga erishilgan tinchlik shunchalik totlimi? Ey yaratgan Egam
bunga o‘zing barham ber. Men boshqalar bu ikkisidan qaysi birini ma’qul
135
ko‘rishini bilmayman; lekin shaxsan men uchun yo ozodlik beringlar, yo
o‘ldiringlar.
Dostları ilə paylaş: |