128
“SO‘Z SIRI”
Bilasizmi?
So‘zlar ham odamlarga o‘xshaydi. Tug‘iladi, shakli va ma’nosi o‘zgarib,
rivojlanadi, ya’ni o‘sib-ulg‘ayadi...
Qolaversa, qarib, umrini yakunlaydi – jonli
nutqda qo‘llanmay qo‘yadi, faqat lug‘atlardagina saqlanib qoladi.
Bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga odamlar kirib kelganligi kabi bir
tilga boshqa tillardan ham so‘zlar kirib keladi. Biz uni o‘zlashma so‘zlar deb
ataymiz. Shuningdek, boshqa tillarga ham so‘zlarimiz kirib boradi. Axir, bugungi
kunda
ona tilimizga mansub
kurash, chala, yonbosh, g‘irrom, halol
kabi
so‘zlarimiz jahongashta so‘zlarga aylanib ketmadimi!
Davrlar o‘tishi bilan so‘zlarning ma’nosi ham goh kengayib, goh torayib
boradi. Ba’zilarining asosiy ma’nosi
unutilib, ikkinchi darajali ma’nosi
faollashadi. Quyida ulardan biriga to‘xtalamiz.
QURALAY.
Bu so‘zni eshitishingiz bilan gap ko‘z haqida ketayapti, deb
o‘ylaysiz. Albatta, to‘g‘ri: chiroyli, go‘zal ko‘zlar haqida.
Chunki xalqimizda
quralay ko‘z, ko‘zlari quralayday degan ifodalar bor. Yoki mashhur:
Quralay ko‘z, quralay,
Derazangdan mo‘ralay
degan xalq qo‘shig‘ini eshitgandirsiz.
Quralay ko‘z deganda qizlarning chiroyli, katta-katta,
ikki cheti biroz
qiyilgandek ko‘zlari tushuniladi. Masalan,
Mehribon ko‘zlari jigarga moyil,
quralay. («Yoshlik» jurnali)
.
Quralay ko‘z, bodomqovoq, sarv qomat (S.Siyoyev,
“Avaz”)
.
Ammo aytib o‘tish lozimki, bu ma’no so‘zning bosh ma’nosi emas.
Bunga
amin bo‘lish uchun so‘zning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi izohiga e’tibor
qaratamiz:
“QURALAY
1
Kiyik yoki ohularning yosh bolasi.” (5-tom)
Lug‘atda bosh ma’no arab raqami 1 bilan beriladi. Yuqoridagi 1 soni –
shunga ishora.
Endi hozirgina tug‘ilib, chopqillab yurgan kiyik bolasini ko‘z oldingizga
keltiring. Uni siz kitoblarda, televizorda yoki hayvonot bog‘ida uchratgansiz,
albatta. Agar siz uning ko‘zlariga e’tibor bermagan bo‘lsangiz,
keyingi safar,
albatta, diqqat qiling. Beg‘ubor, mas’um va hayotga hayrat va tashnalik bilan
boquvchi chanqoq bu ko‘zlar tasavvuringizda bir umr mixlanib qoladi.
Qizlarning chiroyli ko‘zlari ana shu murg‘ak ohuning ko‘zlariga
o‘xshatiladi.
129
Ko‘rdingizmi, inson o‘xshatish asosida ham go‘zallikni baholaydi. Chunki
biz borliqni tasavvurlarimiz asosida ko‘ramiz.
Demak,
quralay
so‘zining bosh ma’nosi ma’lum
darajada kuchsizlanib,
bugungi kunda ko‘chma ma’nosi faollashgan, xalq ongida asosiy ma’noga
aylangan.
Dostları ilə paylaş: