1. Etiket haqida ma’lumot. Etika



Yüklə 53,09 Kb.
səhifə1/4
tarix18.04.2023
ölçüsü53,09 Kb.
#100025
  1   2   3   4
Kasbiy etika va etiket to’g’risida tushuncha.


Mavzu:Kasbiy etika va etiket to’g’risida tushuncha.
Reja:
1.Etiket haqida ma’lumot.
2.Etiketning “oltin qoidasi” tasnifi.
3.Xushmuomalalik haqida ma’lumot.
4.Umumiy ma’lumot.
5.Adabiyotlar.


1.Etiket haqida ma’lumot.
Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] — „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) — „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir.U„toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-yomon"tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. Etikaning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, etika psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me“ qonunlar majmuida uchraydi. Undagi „namlul“ tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari“, „Misr mayyitlar kitobi“, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning „Manuqonunlari“, „Dhammapada“, „Patanjali“ kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar etikasida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar etika taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi.

Yüklə 53,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin