I-bob. 20-asr boshlarida bolani rivojlanishi nazariyalari



Yüklə 100,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü100,14 Kb.
#205505
  1   2
KIRISH



KIRISH……………………………………………………………………………… 
I-BOB.
20-ASR BOSHLARIDA BOLANI RIVOJLANISHI NAZARIYALARI 
1.1.
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ 
yo’nalishlarni
asoschisidir
…………………………………………………………………………………
.. 
1.2.
10.Ta’lim –
tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan 
iboratdir
……………………………………………………………………………………………………………
.. 
II-BOB.
BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA SUB’EKTIV, YA’NI O‘Z–O‘ZINI 
KUZATISHDAN FOYDALANILMAYDI.
 
2.1.
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija 
beradi
2.2.
Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak. 
3.
XULOSA………………………………………………………………………..
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………..


20-ASR BOSHLARIDA BOLANI RIVOJLANISHI NAZARIYALARI 
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ 
yo’nalishlarni
asoschisidir. 
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ 
yo’nalishlarni asoschisidir. Bine bolalarda tafakkur rivojlanishining darajalarini 
eksperimental tadqiq etdi. Ularni oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig`ini 
qo’ygan holda (“stul” nima, “ot” nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalarning 
javoblarini umumlashtirib 3 yoshdan 7 yoshgacha u bolalar tushunchalarini 
rivojlanishini 3 bosqichini aniqladi-sanoq bosqichi, ta`riflash bosqichi va 
interpretatsiya bosqichi. Har bir bosqich ma`lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine 
intellektual rivojlanishini ma`lum normativlarini mavjudligi haqida xulosa qildi. 
Ta`lim vazirligi talabiga ko’ra Bine rivojlanishda normadan og`ishgan va shu tariqa 
yordamchi maktabda ta`lim olishga muhtoj bo’lgan bolalarni ajratib oluvchi metodni 
ishlab chiqdi. Keyinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni intellektual 
rivojlanishini umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab chiqdi. Har bir yosh 
davri uchun Bine mos topshiriqlarni tanlab oldi murakkablik darajasi bo’yicha 
variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlarini tadqiq etuvchi 
topshiriqlarni. Ularga so’z boyligini, sanoqni xotirani, umumiy bilimini, makoniy 
mo’ljalga olishni,mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlarni 
kiritilgan.bine g`oyasiga ko’ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bolalarga xos 
bo’lgan minimal malakaga yo’naltirilgan. Faqat shundagina teng diagnostik 
sharoitda tug`ma yuqori intellektual darajali bolalar ya`ni qobiliyatli va o’rgatilgan 
bolalar bo’ladilar. Binening shogirdi T.simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala 
yordamida bolaning aqliy yoshi hisoblangan. 
Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi V.SHtern intellekt 
koeffitsentini kiritishni taklif etdi. Bine intellekt darajasi tug`ma qobiliyat sifatida 
hayot mobaynida o’zgarmaydi va turli topshiriqlarni bajarishga yo’naltirilgan. 
Intellektual norma 70dan 130% koeffitsent deb hisoblangan. SHunga ko’ra aqlan 
qoloq bolalar 70% dan past ko’rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 130% dan yuqori 
ko’rsatkichni olganligini ko’rishimiz mumkin. 
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan etuklik davrigacha inson 
psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq 
bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va 
xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib 


o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o‘sib yetilish davri) 
taraqqiyot yo‘li deyiladi. 
Bolalar 
psixologiyasi 
bola 
psixikasining 
taraqqiyoti 
hamda 
shaxsiy 
xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bolalar 
psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos 
vazifalarni hal etmog‘i lozim. 
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va 
amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy 
muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning 
idrokiga, sezgi – tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, 
xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish; 
I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar 
psixik prosesslari hususiyatlariniing nerv– fiziologik asoslarni o‘rganish; 
Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir kiluvchi omillarni aniqlab berish; 
Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish; 
Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish; 
Bolani maktab ta’limiga tayyorlash; 
Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish; 
Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish; 
Ta’lim – tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish; 
10.
Ta’lim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning 
amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir 
bilimlarni tarbiyachilir, o‘qituvchilar, ota – onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng 
yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola 
ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual 
munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik 
bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Jamoatchilikni 
psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va oynomalarga maqolalar yozish, 


radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota–onalar bilan 
suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar 
uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil 
insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, 
ularga rioya etishi lozim bo‘ladi. 
Bu qoidalar quyidagilardan iborat; 
1). Ob’ektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini 
aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola 
oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi 
ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning 
talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak 
chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining 
so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin. 
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini 
ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. 
Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu 
hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola 
e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan 
material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k; 
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, 
bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. 
Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan; 
a) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak: 
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim: 
s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. 
Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir 
sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt 
tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan 
bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir. 
Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi: 
1) ob’ektiv ; 2) sub’ektiv kuzatish metodi. 


Bolalar psixologiyasida sub’ektiv, ya’ni o‘z–o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. 
Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri sub’ektiv, ya’ni bolalarni 
tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Ob’ektiv kuzatish metodi har doim ma’lum 
maksadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik protsesslari 
hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va 
tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq – atvorlari va xatti harakatlarini ularning turli 
– tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob’ektiv kuzatish 
metodi quyidagi koidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har kanday 
kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining 
barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini 
kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik 
nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) 
Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini 
mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli 
sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib) 
sistemali tarzda kun sayin o‘rganish kerak. 
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli uyin faoliyatlari, didaktik 
mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma–xil psixik– protsesslarning va individual 
xususiyatning namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin. 
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti – vaqti bilan o‘tkazilishi 
mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l 
– atvorlari va xatti – harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda 
o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan 
so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika 
tuziladi, vaqti – vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq – atvori va hatti 
– harakatlari emas, balki faqat ma’lum hatti – harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan 
bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi. 
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini 
sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borish 
o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning 
ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng I.Madыginakote, 
N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan sistemali 
tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar. 
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment 
metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisoblanadi. 


Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib 
o‘tirmay, bu protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. Shuningdek 
o‘rganilayotgan psixik protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish 
mumkin, yana kulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt 
talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) 
tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement metodi. Laboratoriya 
eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan 
o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus 
sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala 
turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida 
foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya 
sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan 
eksperimentlarning farqiga bormaydilar. 
II-BOB.

Yüklə 100,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin