206
Riboflavinning biologik ahamiyati shundaki, u flavinli kofermentlar tarkibiga
kiradi, xususan, FMN va FAD flavoproteid-fermentlarning
nooqsil komponenti
hisoblanadi. Riboflavin suvda yaxshi eriydi, nordon eritmalar ta‘siriga chidamli,
lekin neytral va ishqoriy muhitlarda tezda parchalanadi. Yorug‗likka va
ultrabinafsha
nurga nisbatan sezgir, bu xildagi ta‘sir riboflavin halqasidagi
qo‗shbog‗ tutib turgan joyga vodorod qo‗shib olinishi va natijada uni rangsiz
holatga o‗tishiga bog‗liq. Bu xususiyatiga muvofiq ravishda riboflavin, kofaktor
vazifasini bajaradi va hujayrada amalga oshadigan biologik oksidlanishda ishtirok
etadi. B
2
vitamin yetishmasligi eksperimental hayvonlarda yaxshi o‗rganilgan.
Bunda o‗sish to‗xtab qoladi,
jun tushadi, til va lab yallig‗lanadi. Shuningdek,
ko‗zning shamollashi, ko‗z
gavharini xiralashuvi, muskullarning bo‗shashishi,
yurak muskullarining nimjonlashuvi kabi o‗zgarishlar yuzaga chiqadi. Asab
tizimida gipovitaminoz tiaminning gipovitaminoziga oid belgilarning kuchsizroq
darajada rivojlanishi orqali namoyon bo‗ladi. Riboflavinning boy manbalari
o‗simlik mahsulotlari (g‗allasimonlarning urug‗lari, loviya, yangi sabzavotlar),
xamirturushdir. Sut, pishloq, tuxum, go‗sht tarkibida ham ko‗pgina
miqdorda
riboflavin uchraydi. Voyaga yetgan odamlar uchun kunlik ehtiyoj 1,5-2,5 mg ni
tashkil qiladi. Keksa odamlar va jismoniy mehnat bilan mashg‗ul bo‗lgan odamlar
bu ko‗rsatkichlarni biroz oshirishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: