1 боб. Jun xomashyosini texnologik ko’rsatkichlari, titish jarayonidagi texnika va texnologiyalarining tadqiqotlari tahlili



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/6
tarix21.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133410
  1   2   3   4   5   6
1-BOB.ILHOM


1 БОБ. JUN XOMASHYOSINI TEXNOLOGIK KO’RSATKICHLARI, TITISH JARAYONIDAGI TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARINING TADQIQOTLARI TAHLILI.


1.1 Junning turlari va tuzilishi
Jun tolasi o’zining kimyoviy tuzilishiga ko’ra boshqa tolalardan tubdan farq qilib, bunday kimyoviy tuzilish uning mustahkamligiga, egiluvchanligiga, shtapelligiga hamda kirishuvchanlik hususiyatlariga tahsir qiladi. Jun protein tola bo’lib, tarkibida 20 dan ortiq aminokislotalar mavjud. Bu aminokislotalar protein polimerlaridir. Shuningdek, jun tarkibida oz miqdorda yog’, kaltsiy va natriy mavjuddir. Junni qayta ishlashda bu omillarga alohida e’tibor berish lozim.
Jun tarkibidagi ifloslik 40-70 % ni tashkil etadi. Jun xomashyosini asosan 2 xil usul yordamida tozalanadi: mexanik va kimyoviy usullarda. Mexanik usul titish agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Dastlab saralangan jun tolalari qo’l yordamida toylardan ajratiladi va titish agregatlariga ta’minlagich yordamida uzatib beriladi. 2 yoki 3 barabanli qoziqchali barabanlardan tashkil topgan titish agregatlari bir-biriga juda kirishib ketgan tolalar tutamini qisman ajratib berishga va tarkibidagi organik va mineral chiqindilarni ajralishiga yordam beradi. Qisman iflosliklardan tozalangan jun tolalari yuvish agregatlariga uzatib beriladi. Jun tarkibidagi qiyin ajraluvchi o’simlik qoldiqlari esa ajralmay qoladi. Bunday turdagi iflosliklarni tozalash uchun korxonalarda ko’p sarf-xarajatlar qilinadi. Kimyoviy usulda tozalashda karbon kislotasidan foydalanilib o’simlik qoldiqlari bir necha qozonlardan tashkil topgan agregatda kuydirish yo’li bilan tozalanadi. Bu usulning afzallik tomonlari jun tolalari tarkibidagi o’simlik qoldiqlaridan holos bo’lish bo’lsa, kamchiligi agregatning gabarit o’lchamlari, ortiqcha ishchi kuchi va energiya sarfi, ortiqcha maydon va suv sarfi kabi omillardir. Shuningdek, inson salomatligi uchun ham sezilarli darajada zararli bo’lib, allergik hastaliklar qo’zg’ash holatlari ham uchrab turadi.
Jahon amaliyotida jun xomashyosini tozalash keng o’rganilgan. O’zbekistonda mahalliy jun tolalarining xususiyatlarini inobatga olgan holda texnologik va tozalash jarayonlarini yaratish, ularni tatbiq qilib iqtisodiyot tarmog’iga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yetarli darajada o’rganilgan emas. Ko’plab xorijiy davlatlarda jun xomashyosini tozalash bo’yicha muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O’tgan asrning 60-yillarida ishlab chiqarish darajasi oshib borib, sifatli, raqobatbardosh xomashyoni ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilmiy izlanuvchilarda yuqori sifatli xomashyo ishlab chiqaruvchi texnik va texnologiyalarga qiziqishini orttirdi. Shu bilan bir qatorda jun xomashyosini tozalash agregatlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan.
To’qimachilik sanoatida qo’llaniladigan tolalar asosan ikki turga bo’linadi: tabiiy va kimyoviy. Tabiiy tolalarga — tabiatdan hosil etilgan jonivor, o’simlik va mineral tolalar kiradi, ya’ni — chigitli paxta, kanop, lyon, o’simlik, jun-jonivor va mineral tolalarga esa — asbest kiradi. Kimyoviy tolalarga yuqori molekular birikma ta’sirida kimyoviy yo’l bilan olinadigan tolalar kiradi.
Junni qayta ishlash tarmog’i xalq xo’jaligida o’z o’rniga ega bo’lib, u iste’molchilariga jun asosidagi gazmollarni va texnik maqsad uchun qo’llanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Junni qayta ishlash texnologik jarayoni quyidagilardan iborat: qishloq xo’jaligidan olingan junni qayta ishlash uchun fabrikalarga keltiriladi. U yerda jun tarkibidagi iflosliklardan tozalanadi va navlarga ajratiladi.
Junni ifloslikdan tozalash ikki xil usulda amalga oshiriladi:
1. Quruq usulda — taroqlar yordamida junni titib, tarkibidagi ifloslik ajratiladi.
2. Ho’l usulda — junni ma’lum konsentratsiyada yuvib, tozalaniladi va quritiladi.
Jundan tayyor mahsulot olishga qadar mavjud texnologik jarayonlar:
Junni qayta ishlash jarayonlari quyidagilar, navga ajratish-toylash fabrikaga jo’natish-titish-quruq tozalash-ho’l tozalash-quritish-yigirish- to’qish-bo’yash-tayyor mahsulot.
Xonaki va yovvoyi hayvonlar terisida joylashgan tola qatlam jun bo’lib, u o’z xususiyatlariga ega.
Jun tolasining piyozchasi, ildizi va sterjeni barchasi terining yuzasiga joylashgandir. Ildiz yonida joylashgan yog’ va ter ajratib chiqaruvchi bezlar hayvon terisining xususiyatiga qarab, har xil miqdorda yog’ ajratib chiqaradi. Junning tolasi qancha dag’al bo’lsa, undan ajralib chiqayotgan yog’ miqdori kamayib boradi.
Masalan, mayin jun tarkibida salkam 11 % yog’ va 7 % ter bo’ladi, dag’al junda esa 4 % yog’, 8 % ter bo’ladi.
Jun qatlami ko’ndalang kesimi bo’yicha uch qatlamdan iborat bo’lib, sirtqi, ichki va o’zak qatlamlardan iborat.
1.Sirtqi qatlami — tolaning tashqi qatlamini tashkil etadi. Bu qatlam halqasimon ravishda joylashgan bo’lib, 40—70 ta qavatni tashkil etadi.
2.Ichki qatlam — sirtqi qatlamdan so’ng joylashgan bo’lib, qalinligi 3—10 mkm ni, uzunligi esa 80—100 mkm ni tashkil etadi. Bu qatlamda bo’yash moddalari mavjud bo’lib, pigmentni tashkil etadi.
3.O’zak qatlam — ushbu qatlam barcha turdagi junlarda bo’lavermaydi. Junning dag’alligi qancha oshsa, uning o’zak qatlami oshib boradi.
Jun tashqi ko’rinishdan hamda tuzilishi bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ajraydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin