1 боб. Jun xomashyosini texnologik ko’rsatkichlari, titish jarayonidagi texnika va texnologiyalarining tadqiqotlari tahlili



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/6
tarix21.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133410
1   2   3   4   5   6
1-BOB.ILHOM

Mayin jun turi — ushbu jun turi qalinligi 30 mkm bo’lib, u juda mayin bo’ladi. Bu turdagi junda faqatgina sirtqi va ichki qatlam mavjud xolos. Bunday junlardan yuqori sifatli matlar to’qiladi.
Oraliq jun turi — ushbu jun turi mayin va o’qloqsimon tiplar orasida joylashgan bo’lib, uning qalinligi 30—50 mkm ni tashkil etadi.
O’qloqsimon jun turi — ushbu turdagi junning qalinligi 50— 150 mkm ni tashkil etadi. Bu jun tipi 32 qatlam sirtqi, ichki va o’zak qatlamlardan tashkil topgan.
O’lik tola turi — ushbu jun turi nihoyat dag’al bo’lib, o’zak qatlami katta miqdorni, salkam 90 % ni tashkil etadi.
Hayvon junini bahor faslida katta tutamda olingan massasida runo deb ataladi.
Junni teridan ajratib olishga qarab, jun quyidagi turlarga bo’linadi:
Tabiiy jun — mavsum paytida jonivorlar terisidan qirib olish natijasida barpo etilgan jundir.
Korxona sharoitidagi jun — korxonada terilardan kimyoviy usul bilan ajratib olingan jun.
Tabiiy holda junlar asosan qirib yoki qirqib olinadi. Jun turlari quyidagicha bo’ladi:

        1. qo’y (yilqi) juni — ushbu jun asosan so’yilayotgan yilqilarning terisidan qirib yoki bahor va kuz mavsumida ulardan qirqib olinadi. Ushbu jun xalq xo’jaligida asosiy manba hisoblanadi;

        2. echki juni — ushbu jun nihoyat mayin hisoblanib, nihoyatda pishiq, yaltiroq hamda yengil bo’ladi. Ayniqsa, kashmir, angor junlari yuqori sifatli hisoblanadi. Ularning keng tarqalgan joyi Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon va Qozog’iston hisoblanadi. Ushbu junlar asosan ko’ylak, qo’lqop, trikotaj matolar tayyorlashda keng qo’llaniladi;

          1. tuya juni — bu jun tuyalardan olinib, ularning uzunligi 40—60 mm ni tashkil etadi. Ular asosan O’zbekiston, Turkmaniston, Rossiyaning Volgograd va Saratov viloyatlarida yetishtiriladi;

          2. ot va mol juni — ushbu jun uzunligi bo’yicha kalta hisoblanadi (30—40 mm). Qalinligi esa 40—70 mkm bo’ladi. Boshqa junlarga qaraganda dag’alroq hisoblanadi;

          3. kiyik juni — bu junlar ancha kam yetishtirilib, ular asosan astar uchun qo’llaniladi.

Yilqi juni asosan xususiyatiga ko’ra, merinos, nomerinos, ingichka, sigay; tolasining qalinligi bo’yicha esa — ingichka, yarim ingichka, yarim dag’al va dag’al turlariga bo’linadi.
D 14 - 25 mkm, 1 = 20 - 31 mm < 60k.
D 25,1 - 31 mkm, 1 = 58 - 50k.
D 31,1 - 40 mkm, 1 = 48 - 44k.
1. Bahor faslida qirqib olinadigan jun ancha mayin hisoblanib, asosan xom to’qima ip uchun ishlatiladi. Kuz faslidagisi esa ancha dag’al hisoblanib, astar uchun ishlatiladi. Barcha yilqilarni to’rt guruhga bo’lib, junni ajratiladi:
2. Ingichka mayin tur — D 14,5 - 25 mkm 80 — 60k.
3. Yarim ingichka mayin tur — D 25,1 — 29 mkm 58 — 50k.
4. Yarim dag’al tur — D 30 -37 mkm 48 — 40k.
5. Dag’al tur — D 38 - 67 mkm 36 — 32k.

1.1-rasm. Jun zonalari:
1.- biqin; 2- bel; 3- kurak; 4- son; 5- qorin;
6- bo’yin; 7- orqa qismlar.

Sanoatda qo’y, echki, tuya va boshqa hayvonlaming junidan foydalaniladi Hayvonlardan qirqib, tarab yoki tullash natijasida olinadigan tola — tabiiy jun tolasi, terilardan qirib olinadigan tola — sanoat jun tolasi va turli uvadalarni titish orqali olingan tola tiklangan jun tolasi hisoblanadi.


Umumiy yetishtiriladigan jun lolasining 97—98 % qo’ylardan, 2 % echkidan, 1 % tuyalar va boshqa hayvonlardan olinadi. Jun yetishtirishda Avstraliya, Yangi Zellandiya va Argentina yetakchi o’rinni egallavdi.
Hayvonlarda tola qoplami uning embrionlik paytidan rivojlanib keladi (1.2-rasm), Tola 1 asosi teri bo’ginlarining kichik oraliqlarida joylashgan bo’lib, tolaning teri bilan birlashib ketgan qismi

1.2- rasm. Jun tolasining ildizi (a) va tuzilishi (b, d).
tola so’rg’ichi 2, 3, 4deb, tolaning so’rg’ichini o’rab turgan pastki qismi esa tolaviy ildiz 5, 6 deb yuritiladi. Ildiz so’rg’ichlar orqali oziqlanadi va o’sib tola hosil qiladi. Tolaning teri ichidagi tomir qismi tirik bo’g’inlardan iborat. O’sish davomida yuqoriga siljigan sari ular o’lib boradi. Tolaning teri yuqorisidagi qismini o’lgan va qotgan holatdagi mustahkam jipslashgan bo’g’inlar tashkil qiladi. O’zining maksimal hisoblanmish uzunligiga yetganda tola o’sishdan to’xtab, so’rg’ichdan ajraladi va to’kilib ketadi. Bu jarayon tullash deb yuritiladi. To’kilgan tola o’rniga so’rg’ichlardan yangi tola o’sib chiqa boshlaydi. Qo’ylarda 1 sm2 teri yuzasida qo’y zotiga qarab 1600 tadan 12000 tagacha tola joylashgan bo’lishi mumkin.
Jun tolalari (qillar) ildiz va tana qismlaridan iborat. Ildiz - junning teri qatlami ostidagi qismi, tana — teridan chiqib turgan va tabiiy oqsil — keratindan iborat bo’lgan qismidir.
Jun tolasi tangachali, qobiq va o’zak qatlamlardan iborat (3 -rasm).
Tangachali qatlam — tola tanasini tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat. Tangachali qatlam tola tanasini yemirilishdan saqlaydi, tolani tovlantirib turadi va tolalarning bosiluvchanlik xossasini yaxshilaydi (1.3-rasm).
Qobiq qatlam — jun tanasini hosil qiladigan urchuqsimon hujayralardan iborat bo’lib, uning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi (1.3-rasm).
O’zak qatlam — tola o’rtasida yotadi, u havo bilan bo’lgan hu­jayralardan iborat (1.3-rasm).


1.3-rasm. Jun tokening tashqi ko’rinishi.
Yo’g’onligi va tuzilishiga qarab, jun tolalari quyidagi tiplarga bo’linadi:

  • momiq;

  • oraliq tola;

  • dag’al tuk;

  • o’lik tola;

Momiq — mayin junli qo’ylarning butun jun qoplamini tashkil qiladigan va dag’al junli qo’ylarning tepasiga yopishib yotadigan ingichka buramdor tolalar. Momiq ikki: tangachali va qobiq qatlamdan iborat. Tangachali qatlam odatda halqalar va yarim halqalar shaklida bo’ladi.
Dag’al tuk — momiqdan dag’alroq va yo’g’onroq tola bo’lib, deyarli buramdor bo’lmaydi, u yarim dag’al junli va dag’al junli qo’ylarning jun qoplamidan olinadi. U uch qatlamdan: plastinkasimon tangachali qatlam, qobiq va yaxlit o’zak qatlamdan iborat.
Oraliq tolalar — momiq bilan dag’al tuk o’rtasida oraliq holatni egallaydi. Duragay zotli qo’ylarning butun jun qoplami shu oraliq tolalardan iborat bo’ladi. Oraliq tola uch qatlamdan: tan­gachali, qobiq va uzuq - uzuq o’zak qatlamdan iborat.
O’lik tola — dag’al, to’g’ri, qattiq tola bo’lib, yomon bo’yaladi va qayta ishlash jarayonida sinib ketadi. U ba’zi dag’al junli qo’ylarda bo’ladi. O’lik tola ham uch qatlamdan: tangachali, yupqa qobiq va keng o’zak qatlamdan iborat. O’zak qat­lam tolaning deyarli butun ko’ndalang kesimini egallaydi.
To’qimachilik sanoatida, asosan, qo’ylar junidan foydalaniladi. Barcha qo’y junlari tuzilishi va tolalarning xili jihatidan 2 guruhga bo’linadi: bir jinsli, ya’ni tashqi ko’rinishi va xossalari bir xil bo’lgan tolalardan iborat va aralash, ya’ni turli xil tolalardan (momiq, oraliq, dag’al va o’lik tolalardan) tashkil topgan jun.
Bir jinsli jun tolalar uni tashkil qiladigan tolalarning xiliga qarab quyidagi 4 ta guruhga bo’linadi.
— mayin jun (yo’g’onligi 25 mkm gacha) — momiq tola­lardan iborat;
— yarim mayin jun (25 dan 34 mkm gacha ) — momiq va oraliq tolalardan iborat;
— dag’al jun (40 mkm dan yo’g’on) — tarkibida barcha xildagi tolalar bo’ladi.
Bir jinsli jun yo’g’onligi jihatidan sifatlarga, aralash jun esa — navlarga bo’linadi. Bir jinsli tolalar uchun 14 ta sifat mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
280k, 74k, 70k, 64k, 60k, 58k, 56k, 250k, 48k, 46k, 44k, 40k, 36k, 32k.
Aralash junli navlar esa quyidagi 5 ta navdan iborat: O — oliy, 1 -, 2-, 3- va 4-navlar.
Qo’ylardan jun olish ma’lum tartibda olib boriladi. Bunga asosan ingichka va yarimingichka junli qo’y zotlaridan yiliga bir marotaba — bahorda, dag’al junli qo’y zotlaridan esa yiliga ikki marotaba — bahor va kuzda jun olinadi. Ba’zan qirqish oldidan qo’ylarni soy va suv havzalaridan haydab o’tiladi va oshqozon- ichak traktini tozalash uchun 10—12 soat suvsiz va 12—24 soat yemsiz ushlab turiladi.
O’rtacha bir qo’ydan bir yilda 6—14 kg jun olinadi. Jun tolasi ning o’rtacha uzunligi l=50—80 mm, chiziqli zichligi T=190— 640 m. teks, pishiqligi Ro —15—19 sN/teksni tashkil qiladi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin