1 боб. Jun xomashyosini texnologik ko’rsatkichlari, titish jarayonidagi texnika va texnologiyalarining tadqiqotlari tahlili


Jun xomashyosini qayta ishlashga qabul qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/6
tarix21.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133410
1   2   3   4   5   6
1-BOB.ILHOM

1.2 Jun xomashyosini qayta ishlashga qabul qilish

Tayyorlov punktlaridan keltirilgan jun tolalari junga birlamchi ishlov berish fabrikalarida miqdoriga, xiliga va sifatiga qarab qabul qilinadi. Har bir partiya alohida qabul qilinadi. Yuk xati bilan jo’natilgan toylar soni partiya deyiladi. Jun tolasi partiyasi, u bilan birga jo’natilgan hujjatlar — veterinar guvohnomasi va toylar soni, har bir toyning og’irligi hamda jun tola holatini o’zida aks ettirgan spetsifik yorliq asosida qabul qilinadi.


Navlarga ajratishning mohiyati shundan iborat ki, sinflarga ajratilgan jami jun tolalaridan standart talablariga asosan rangi, holati va fizik-mexanik xossalari bir xil bo’lgan ishlab chiqarish qo’llaniladigan navlar tayyorlanadi.
Navlarni ajratishda shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, hayvon terisi sirtining har xil maydonidan qirqib olingan jun har xil texnologik qiymatga ega. Kurak va biqindan qirqib olingan jun alo­hida qadrlanadi: u eng ingichka, pishiq va qalindir.
Hayvonning (qo’y, echki, tuya) peshona, dum, qorin qismlari va oyoqlaridan qirqib olingan jun kam qadrlanadi. Bo’yin va sirtidan qirqib olingan jun tolalari esa baholanishda oraliq holatni egallaydi.
Jun tolalarini navlarga qo’lda ajratiladi. Bu usul yakka pog’onaviy va konveerli usullarga bo’linadi. Navlarga ajratishdan avval jun tolalaridan ishlab chiqarish partiyalari shakllantiriladi. Yilning sovuq fasllarida esa ter va yog’ qoldiqlarini yumshatish uchun yuvilmagan jun tolalari isitiladi.
Navlarga ajratish jarayoni quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi:
— g’aramdan qayta sinflar va navlarni ajratib olish.
— ishlab chiqarish standartlari yoki texnik shartlarga muvofiq holda jun tolalarini uzunligi va chiziqli zichligi bo’yicha ajratish.


1.3 Junning sinflanishi va standartlashtirish

Tabiiy qo’y juni chorvachilik xo’jaliklarida yetishtirilib, asosan, qo’ylarning junini qirqib olish yo’li bilan tayyorlanadi. Jun olish vaqti asosan ikki faslda amalga oshiriladi.



                1. bahor paytida (issiq vaqt boshlanishida);

                2. kuz paytida (sentabr oyida).

Mayin jun olinadigan qo’ylar bir yilda faqat bir marotaba — bahor faslida, dag’al jun olinadigan qo’ylar esa bir yilda ikki marotaba olinadi. Qo’yning tana qismidan olingan jun bosh, oyoq hamda dum qismidan olingan junga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Qirib olingan junlar sinflarga ajratiladi. Kasal qo’ylardan ajratib olingan junlar barcha kasalliklarning (Sibir yazvasi, brutsillyoz) oldini olish uchun dezinfeksiya qilinadi. Jun runo ko’rinishida ajratib olinib, tayyorlov punktlariga topshiriladi. Har bir partiya o’zining veterinar ko’rigidan o’tgan guvohnomasi va sertifikatsiyasi bilan bo’lishi shart. Jun tayyorlash punktlariga og’irligi 150—200 kg qilib toy ko’rinishida presslanadi. So’ngra JDI fabrikalariga jo’natiladi. Jun tashqi ko’rinishiga, qalinligi va uzunligiga qarab sinflarga ajratiladi.
Albatta, qirqib olingan mavsumi ham bir xil bo’lishi shart. Tolaning tarkibi bo’yicha jun bir tekisda va aralash ko’rinishda bo’ladi.
Texnologik xususiyati bo’yicha jun mayin, yarim mayin, yarim dag’al va dag’al bo’ladi.
Junni sinflarga ajratishda Angliyada Bralford tizimi joriy etilgan bo’lib, u faqat bir tekisdagi junlar uchun qo’llaniladi.
Ushbu tizim bo’yicha 14 ta sinf mavjud: 90k, 80k, 70k, 64k, 60k, 58k, 56k, 50k, 46k, 44k, 40k, 36k, 32k, 28k.
Ko’rsatilgan son qancha kichik bo’lsa, jun tolasi shuncha yo’g’on bo’ladi, agar ikki sinf orasida bo’lsa, unda kasr ko’rinishida bo’ladi, ya’ni 58/56k.
Ilmiy-texnik sinflanishi bo’yicha junning nafaqat qalinligi, balki uning uzunligi, yigirilish xususiyati va ilashuvchanligi ham hisobga olinadi.
1.1-jadval
Junning qalinligi bo’yicha sinflanishi

Tayyorlov punktlaridan JDI (Junni dastlabki ishlash) fabrikalariga jo’natishda jun sinflarga va navlarga ajratiladi. Dag’al jun asosan uch sinf va navga ajratiladi. Junning tashqi ko’rinishi orqali mehyorli, sarg’aygan, repey bilan ifloslangan, sarg’ayib repey bilan ifloslangan guruhlarga bo’linadi.


Junlarni saralash — uning turlari bo’yicha saralanadi.

Merinos junlari Davlat Standartlari bo’yicha to’rt guruhga bo’linadi (uzunligi bo’yicha).


1— 70 mm va yuqori.
2— 50 — 70 mm.
3— 40 — 50 mm.
4 — 25 — 40 mm.
Qalinligi bo’yicha: 80k, 70k, 64k, 60k. Junlar mayin, yarim mayin, dag’al, yarim dag’al turlarga bo’linadi.
Dag’al qo’y junlari 19 turga hamda 4 ta navga bo’linadi.
Tashqi ko’rinishi bo’yicha me’yorli /N/,
sarg’aygan /R/,
repey bilan ifloslangan /S/
sarg’ayib repey bilan ifloslangan /S’/,
iflos va nuqsonli / SRD/ sinflarga bo’linadi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin