209
ishtirok etadi.
B
12
vitamini fol kislotani faol shaklga
aylanishida va karotinning
ichak devorlari orqali so‗rilishida ishtirok etadi. Organizmda uning asosiy
yig‗iladigan joyi jigar hisoblanadi.
Shunday qilib, kobalamin gematopoezni va uni boshqarilishi jarayonlarida,
oqsillar, yog‗lar,
karbonsuvlar, ba‘zi vitaminlar (fol kislotasi va boshqalar)ning
almashinuvida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u jigardagi eng muhim
biokimyoviy jarayonlarni amalga
oshishida ishtirok etadi, nerv tizimidagi lipidlar
va nuklein kislotalarning almashinuvini ta‘minlaydi. Oshqozonda
B
12
vitamini
oqsil birikmasi va murakkab polisaxarid-mukopolisaxarid bilan birikadi (Kastlning
―ichki omili‖) va gastromukoproteinga aylanadi. Bu
oqsil-karbonsuvli kompleks
B
12
vitaminini mikroblar tomonidan foydalanilishini oldini oladi, ular uchun bu
vitamin moddalar almashinuvini eng muhim omili hisoblanadi. B
12
vitamini
ichakning shilliq pardasida gastromukoproteiddan ajraladi va shu silliq pardasidagi
maxsus oqsil bilan birikkib, keyin so‗riladi.
B
12
vitamini bilan bog‗liq bo‗lgan kasallikni o‗rganishda,
avitaminoz, uni
so‗rilishini izdan chiqishi natijasida kelib chiqishi aniqlandi. Bunda oshqozonda
Kastning ―ichki omili‖ hosil bo‗lmaydi va B
12
vitamini, asosan oshqozon-ichak
trakti mikroflorasi tomonidan o‗zlashtiriladi. Vitamin
yetishmasligi natijasida
xavfli anemiyaning klinik ko‗rinishi rivojlanadi. B
12
vitaminini manbayi
faqat
hayvon
mahsulotlari va mikroorganizmlar hisoblanadi. Bu vitaminga jigar, sut,
tuxum, buyraklar boy bo‗ladi. Odamlarning bu vitaminga bo‗lgan
bir kunlik
ehtiyoji 0,003 mg ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: