204
Vitamin K qatorining barcha hosilalari antigemorragik omillar hisoblanib,
qonning ivishi jarayonida ishtirok etadi. Bir kishining bir kunlik ehtiyoji 1 mg ni
tashkil qiladi.
10.4. Suvda eruvchi vitaminlar, ularning tuzilishi,
xossalari va biologik roli
10.4.1. Suvda eruvchi vitaminlarning umumiy xossalari
Shartli ravishda suvda eruvchi vitaminlarning o‗ziga
xos xossalari, ularning
ko‗pchiligi fermentlarning nooqsil tabiatli qism(koferment)lari
sifatida ularning
molekulalarini shakllanishida ishtirok etuvchi past molekulali organik moddalar
ekanligi hisoblandi. Kofermentlik roli quyidagi
vitaminlar va vitaminsimon
moddalar: B
1
, B
2
, B
6
, B
12
, PP, biotin, fol, paraaminobenzoy, pantoten va lipoy
kislotalarga,
shuningdek, yog‗da eruvchi koenzima Q ga xosligi isbotlangan. Bu
vitaminlar va vitaminsimon moddalarning deyarli barchasi odam va hayvonlar
organizmida sintezlanmaganligi uchun ovqat tarkibida
ularning yetarli miqdorda
bo‗lmasligi moddalar almashinuviga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi va tegishli gipo- yoki
avitaminozlarga xos sindromlarning namoyon bo‗lishiga sababchi bo‗ladi.
B guruhiga mansub qator vitaminlar mavjud, ular jumlasiga: B
1
, B
2
, B
6
va
B
12
vitaminlarini kiritish mumkin. Bu vitaminlar qator
fermentlarning nooqsil
tabiatli qismi hisoblanib, hujayralarning subhujayraviy
organellalari darajasida
kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizida ishtirok etadi. Ularning
ishtirokisiz moddalar va energiya almashinuvini tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: