201
kalsiy va fosforning kamayishi bilan tavsiflanadi. Agar qonda kalsiyning me‘yoriy
miqdori 9-11 mg %,
fosfor esa, 5-7 mg % bo‗lsa, raxitga chalinganda bu
ko‗rsatkichlar 2-3 baravarga kamayadi. Raxitning rivojlanishi ichakdan kalsiyning
so‗rilishini izdan chiqishi asosida yuz beradi.
Qondagi
kalsiy
miqdorining
pasayishi
qalqonoldi
bezi
gormoni‒paratgormonning faollashuviga olib keladi.
Bu gormon suyaklardagi
kalsiyni harakatchan qilib qo‗yadi, shuningdek, buyraklarda
fosforning qaytadan
so‗rilish jarayonlarini susaytiradi, bu esa fosforning siydik bilan ko‗p
miqdorda
chiqarilishiga olib keladi. Qondagi fosfor yetishmasligi uni suyaklardan yuvilishi
evaziga to‗ldiriladi. Jarayonni ishqoriy
fosfataza katalizlaydi, uning faolligi raxit
kasalligida 1,5-4 birlikdan 180 birlik darajasigacha oshib ketadi.
Kasal bolaning
qorni osilib qoladi. Bolada hayajonlanish, qaltiroq paydo bo‗ladi. Bolalar uchun D
vitaminining kunlik me‘yori o‗rtacha 10-15 mkg ni, kattalar uchun 20-25
mkg ni
tashkil qiladi. D vitamini manbalari sifatida sarig‗ yog‗, tuxum sarig‗i, baliq yog‗i
xizmat qiladi. O‗simlik mahsulotlaridan D vitamini o‗simlik moylari (kungaboqar,
kunjut, paxta chigiti yog‗lari)da yetarli miqdorda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: