198
Bundan
tashqari, A
1
va A
2
vitaminlari, ikkalasi ham sis va trans shakllarda
uchraydi va aldegid guruhi mavjudligi sababli retinal deb nomlanadi.
Quyida A
1
vitaminining sis- va trans- shakllari formulalari (sis- va trans-
retinal) keltirilgan:
A vitamini och sariq rangli kristall moddadir. Kislorodsiz sharoitda A
vitaminini 120-130°
gacha qizdirish mumkin, bunda uning kimyoviy va biologik
xossalari o‗zgarmaydi. Kislorod ishtirokida A vitamin parchalanib ketadi. A
vitamini bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlarini va bu vitamin preparatlarini saqlashda
uning bu xususiyatini e‘tiborga olish lozim bo‗ladi. A vitamini organizmning
jigarida sirka yoki palmitin kislotasining barqaror murakkab efiri shaklida zaxira
tarzida saqlanishi mumkin. Organizmda A guruhi vitaminlari eng muhim va xilma-
xil funksiyalarni bajaradi. Ularning asosiy ta‘siri epitelial to‗qimalarining me‘yoriy
holatini ta‘minlash va uning keratinizatsiyasini oldini olishdan iboratdir. Ular
shuningdek, oqsil va nuklein
kislotalarning almashinuvida, qator gormonlarni,
jumladan, oshqozonosti bezi gormoni ‒ insulinning faollashuvida, organizmda
kechadigan oksidlanish jarayonlarida ham ishtirok etadi.
A guruhi vitaminlari
ko‗rish jarayonlariga ta‘sir qiladi, uning mexanizmi quyidagicha.
Ko‗rish gavhari ‒ rodopsin tarkibiga opsin oqsili va nooqsil qismi ‒ A
vitaminining aldegidi retinal kiradi. Yorug‗likda rodopsin tarkibiy qismlargacha
parchalanib, opsin va retinalni hosil qiladi, ular qaytarilish natijasida yana A
vitaminiga aylanadi.
A vitaminining retinalga teskari izomerizatsiyasi jarayoni
faqat jigarda sodir
bo‗ladi, bu yerda jarayonni katalizlashda ishtirok etadigan maxsus fermentlar
mavjud. A vitamini yetishmaganda ko‗rish sikli izdan chiqadi, ya‘ni retinal va
199
opsindan rodopsinning resintezi sodir bo‗lmaydi.
A vitamini gipovitaminozida
gemeralopiya (tungi ko‗rlik, shabko‗rlik) yuz beradi, ya‘ni qorong‗ilikda ko‗zning
ko‗rish qobiliyati yo‗qoladi.
Gipervitaminoz A uni ortiqcha iste‘mol qilganda paydo bo‗ladi, chunki u
tanada yig‗ilishi mumkin. So‗nggi paytlarda gipervitaminoz bolalarda tez-tez
uchraydigan bo‗lib qoldi, chunki A vitaminining sintetik preparatlarini berish
tufayli ularning organizmdagi miqdorini suni‘y oshirib
yuborish holatlari uchrab
turadi. Uning klinik ko‗rinishlari ko‗ngil aynish, qusish, soch to‗kilishi va
suyaklarning tez-tez sinib turishi orqali namoyon bo‗ladi. Gipervitaminozning
oldini olish uchun to‗g‗ri ovqatlanish va A vitaminini iste‘molini jiddiy nazorat
qilish lozim.
A vitaminining manbalari sariyog‗, tuxum sarig‗i, dengiz hayvonlarining
jigari va baliq hisoblanadi. O‗simlik mahsulotlari (sabzavot, mevalar) karotinlarga
boy bo‗lib, ularning parchalanishi natijasida organizmda A vitamini hosil bo‗ladi.
Tabiatda karotinning uchta izomeri (α-, β- va γ-karotinlar) mavjud bo‗lib, ular
odam va hayvonlar organizmida A vitaminiga aylanishi mumkin. β-karotin
gidrolizida, uning bir molekulasidan ikki molekula
A vitamini molekulasi hosil
bo‗ladi:
Dostları ilə paylaş: