170
9.
LIPIDLAR. ULARNING TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA
ALMASHINUVI
9.1. Lipidlarning umumiy tavsifi
Lipidlar bu-yuqori molekulyar organik moddalar hisoblanib, hayvonlar,
o‗simliklar va mikroorganzmlar
hujayralaridan spirt, efir, xloroform, to‗rt xlorli
uglerod, atseton, benzol, toluol va ksilol kabi qutbsiz erituvchilarda
eritib ajratib
olinadi. Ular barcha tirik organizmlarning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Lipidlar hujayra membranalarining asosiy komponentlaridan biri bo‗lib, ularning
o‗tkazuvchanligiga, hujayralararo o‗zaro
bog‗lanishlarni yuz berishiga
, nerv
impulslarining o‗tkazilishiga
ta‘sir etadi. Lipidlarning
boshqa funksiyalari
jumlasiga energetik zaxira hosil qilish, hayvonlar va o‗simliklarning nam va
issiqlikdan himoya
qoplamini shakllantirish, organ va to‗qimalarni mexanik
ta‘sirlardan himoyalash kiradi.
Shunday qilib, lipidlar deb qutbsiz organik erituvchilar: efir, spirt, atseton,
xloroform, to‗rt xlorli uglerod, benzol, toluol h.k.larda erishi bilan umumiy xossasi
umumlashtiriladigan moddalarga aytiladi. Ular kimyoviy jihatdan glitserin va
boshqa spirtlarning yuqori molekulyar yog‗ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab
efirlaridir. Bu biopolimerlar bir-biridan tarkibidagi kimyoviy birikmalarning xillari
bo‗yicha farqlanadi. Masalan, neytral yog‗lar
glitserin, mumlar bir-ikki atomli
spirtlardan va yuqori molekulyar yog‗ kislotalaridan tashkil topgan bo‗lsa,
fosfoglitseridlarning tarkibida ulardan tashqari fosfat kislota qoldig‗i va bironta
azotli (xolin,
etanolamin, serin) asos yoki siklik spirt-inozitol uchraydi.
Sfingomielinlar tarkibida sfingozin spirti qatori yog‗ kislotasi, azotli asos,
fosfat
kislota, ba‘zan galaktoza, glyukoza, ularning hosilalari bo‗ladi. Sterin va steridlar
esa siklopentanpergidrofenantren halqasining hosilalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: