167
bosqichda ovqat mahsulotlari tarkibidagi energiyaning taxminan 0,1 % gina ajralib
chiqadi.
Energiya ajralishini
ikkinchi bosqichi
organizm hujayralari va to‗qimalarida
monomerlarning almashinuvining turli xil jarayonlarini o‗z ichiga oladi,
bunda
asosiy energiya materiali
deb nomlangan moddalar hosil bo‗ladi. Bularga,
birinchi
navbatda, atsetil-KoA (СН3‒СО–С-KoA) kiradi. Shunday qilib, atsetil-
KoA karbonsuvlar va yog‗ kislotalarining oksidlanish jarayonida hosil bo‗ladi;
glitserin ham bir necha bosqichdan keyin shu mahsulotga aylanadi.
Aminokislotalarning almashinuvida atsetil ‒ KoA bilan
bir qatorda shu turdagi
boshqa birikmalar ‒ α-ketoglutar va otquloqsirka kislotalar va boshqalar ham hosil
bo‗ladi. Ikkinchi bosqichda keltirilgan birikmalarning almashinuvi natijasida
ratsion tarkibiga kiradigan mahsulotlar energiyasini 1/3 qismi ajraladi.
Nihoyat,
uchinchi bosqich
da yuqorida aytib o‗tilganidek, di- va trikarbon
kislotalar (Krebs) sikli orqali energiyaning qolgan qismi (taxminan 2/3 qismi)
ajraladi.
Tibbiy amaliyotda energetik balansni aniqlash katta qiziqish uyg‗otadi. Uni
aniqlashda organizm qabul qilgan kislorod va almashinuv natijasida hosil bo‗lgan
karbonat angidridning hajmiy nisbat ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi.
Bunda CO
2
ning O
2
ga nisbati
Dostları ilə paylaş: