169
matriksi bilan, metalloflavoproteinlar, ubixinon (KoA)
va sitoxromlar esa ichki
membranining lipid tuzilmalari bilan bog‗langan.
Nafas olish katalizatorlarining muhim funksiyasi, elektronlarni nafas olish
substratlaridan kislorodga ko‗chirish
bilan birga, ajralib chiqqan energiyaning bir
qismini
makroenergetik
birikmalarning
fosfat
bog‗lanishlari
tarzida
akkumulatsiyalashidir. NADH
2
dan ekvivalent elektron juftligi juftini molekulyar
kislorodga ko‗chirishda tizimning erkin energiyasining pasayishi 220 kDJ (52,7
kal) ga teng bo‗ladi,
ADF va H
3
PO
4
dan ATF hosil bo‗lishining standart erkin
energiyasi (ya‘ni ADF + H
3
PO
4
= ATF + H
2
O) 30,2 kDJ yoki 7,3 kkal atrofida
bo‗ladi.
Krebs siklining
energiya qiymatiga kelsak, u 12 molekula ATF dan tashkil
topadi, ulardan 11 molekulasi oksidlanuvchi fosforillanishdan hosil bo‗ladi va bir
molekulasi substratli fosforillanish yo‗li bilan sintezlanadi.
Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, ATFning hosil bo‗lishi, energiyani
substratdan fosfat kislota qoldig‗ini ADFga ko‗chirilishi orqali yuz berishidir.
Biologik oksidlanish va oksidlanuvchi fosforlanish jarayonlari mitoxondriyada
sodir bo‗lganligi sababli, ularni hujayraning ―energiya stansiyalari‖ deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: