171
hayvonlarida yog‗ qatlamlari
suvni iqtisod
qilishni ta‘minlaydi. Ko‗p hayvonlarda
yog‗ to‗shamlari
mexanik
ta‘sirdan saqlash,
terini
moylab
turish uchun xizmat
qiladi. O‗simliklarda barglarning va mevalarning sirtidagi
mum
,
ularni oshiqcha
miqdorda
suvni
bug‗latishdan
himoyalaydi. Ba‘zi lipidlar oqsillar va
karbonsuvlar bilan birikib hosil qilgan birikmalari (glikolipoproteinlar)
immunitet
uchun ham daxldor bo‗ladi
.
5. Lipidlar molekulyar darajada sodir bo‗ladigan
boshqaruv jarayonlari
da
qatnashadi.
Membranalar bilan bog‗langan fermentlarning (masalan, oksidlanuvchi
fosforlanishda ishtirok etuvchi)
faolligi
lipidlarning xossalari va strukturalariga
bog‗liq bo‗ladi. Glikolipidlar nerv to‗qimasining muhim komponenti bo‗lganligi
sababli nerv tizimi funksiyasiga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi.
Shunday taxmin borki, unga ko‗ra lipidlarning membranadagi ta‘sirini eng
muhim
funksiyalaridan biri, ularning
fermentativ reaksiyalarda noyob tartibli,
ma‘lum yo‗nalishdagi, gidrofob yuzali ―kofaktorligining uyushgan holati‖
darajasini tuzish uchun xizmat qilishdan iborat. Glikolipidlar asab to‗qimalarini
eng muhim komponentlari bo‗lib, asab tizimi funksiyasini boshqariluviga ta‘sir
ko‗rsatadi. Lipidlar bakteriyalar
uchun alohida ahamiyatga ega, ularning
taksonomik induvidualligini,
turga oid farqli jihatlarini, patogenlik tipi va boshqa
xususiyatlarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: