100
6.2. Oqsillarning fermentlar ta‘sirida parchalanishi.
Ovqatlanish mahsulotini, jumladan, oqsillarning manbayi hayvon va o‗simlik
tabiatiga ega bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlaridir.
Oqsillarga, asosan,
hayvon
(go‗sht, baliq, pishloq) va ba‘zi o‗simlik (no‗xat, loviya, soya) mahsulotlari boy
bo‗ladi, lekin ba‘zi o‗simlik tabiatli oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil miqdori
juda kam.
Quyida ba‘zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi
oqsilning foiz miqdori
haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan (9-jadval).
9-jadval.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsilning miqdori
(% hisobida).
Oziq-ovqat
mahsulotining
nomi
Oqsilning
miqdori %
Oziq-ovqat
mahsulotining
nomi
Oqsilning
miqdori %
Go‗sht
18 – 22
Marjumak uni
11
Baliq
17 – 22
So‗k (psheno)
10
Pishloq
20 – 36
O‗rmon
yong‗og‗i
12
Tuxum
13
Kedr yong‗og‗i
4
Sut
3,5
Kartoshka
1,5 – 2
Qora non
7,8
Karam
1,1 – 1,6
Guruch
8
Sabzi
0,8 – 1,6
No‗xat
26
Lavlagi
1,6
Soya
35
Olma
0,3 – 0,4
Makaron
9 – 13
Gilos
1 – 1,1
Oshqozon-ichak yo‗lida ovqat tarkibilagi oqsillarni hazmlanishini o‗z ichiga
qamrab olgan murakkab jarayon aminokislotalarning hosil bo‗lishi
bilan
nihoyasiga yetadi. Ovqat tarkibidagi oqsillarning 95-98 % ichak devori orqali
qonga avminokislota tarzida so‗rilishi isbotlangan. Oshqozon-ichak yo‗lida
fermentlar ta‘sirida bosqichma-bosqich peptid bog‗larning
parchalanishi yuz
beradi. Oshqozon-ichak yo‗li fermentlari jumlasiga: pepsin, rennin, gastriksin
(me‘da shirasi), tripsin, ximotripsin, kollagenaza, karboksipeptidaza, elastaza
(oshqozonosti bezi shirasi), aminopeptidaza, leysinpeptidaza, enteropeptidaza,
tripeptidaza,
dipeptidaza,
prolindipeptidaza
(ichak
shirasi)lar
kiradi.
Peptidazalarning ikki xili ma‘lum:
-
endopeptidazalar-bu fermentlar, asosan, polipeptid zanjirning o‗rtasida
joylashgan peptid bog‗larni uzilishini gidrolizlaydi;
101
- ekzopeptidazalar-bu fermentlar, asosan, polipeptid zanjirning (N-yoki C-)
uchida joylashgan aminokislotani uzib olinishi bilan
boradigan reaksiyalarni
katalizlaydi.
Dostları ilə paylaş: