103
polipeptidning C-uchida joylashgan aromatik aminokislotalar
hosil qilgan peptid
bog‗larni uzsa, karboksipeptidaza B polipeptidnineg lizin yoki arganin joylashgann
peptid bog‗larni uzishi isbotlangan. Bu fermentning tarkibida rux bo‗lib, uni kalsiy
bilan almashtirish peptidaza faolligini tamoman yo‗qolishiga olib keladi.
Aminopeptidaza
polipeptid zanjirni aminoguruh joylashgan chekkasidan
uzib olib parchalanishini katalizlaydi. Ichak shirasi tarkibida alaninaminopeptidaza
va leysinamino-peptidazalar borligi aniqlangan bo‗lib,
ulardan birinchisi
polipeptidning N-uchida alanin bo‗lgan oqsilni gidrolizlasa,
ikkinchisi aniq
maxsuslikka ega bo‗lmasdan har qanday N-uchli peptid bog‗ gidrolizini
katalizlaydi.
Dipeptidazalar.
Peptidlarning hazmlanish
jarayoni ingichka ichakda
dipeptidlarni alohida aminokislotalargacha parchalanishini amalga oshiruvchi
dipeptidazalar nihoyasiga yetkazadi. Oqsillarning har
xil fermentlar ishtirokida
to‗liq gidrolizlanishi natijasida erkin aminokislotalar hosil bo‗ladi.
Aminokislotalarning so‗rilishi ham o‗ziga xos maxsuslikka ega va buning
uchun energiya manbayi sifatida ATF xizmat qiladi. Aminokislotalar o‗xshash
tarzda natriy ionlari ishtirokida so‗riladi. Lizin, sistein, sistin, glitsin, prolinlar
uchun bittadan ziyod transport tizimi mavjud. Ba‘zi
aminokislotalar boshqa
aminokislotalarning so‗rilishiga raqobatli ta‘sir ko‗rsatadi, bu narsa esa
aminokislotalar uchun umumiy ko‗chirish tizimining yoki umumiy mexanizmining
mavjudligi ehtimolini bildiradi. Masalan, lizin mavjudligida argininning so‗rilishi
tormozlanadi,
lekin alanin, leysin va glutamatlarning so‗rilishida o‗zgarish yuz
bermaydi.
Dostları ilə paylaş: